Mashg‘ulot №3 Avtomatning asosiy qism va mexanizmlari mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish uslubiyoti. O‘quv savollari


Download 0.61 Mb.
bet1/4
Sana02.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1147471
  1   2   3   4
Bog'liq
Мавзу 21-3 amaliy


Mavzu: 21 Kalashnikov avtomati, stvol osti granatamyot GP-25 va parchalanuvchi qo‘l granatalarining qismlari mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish uslubiyoti.
Mashg‘ulot 3 Avtomatning asosiy qism va mexanizmlari mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish uslubiyoti.
O‘quv savollari:
1. Avtomatning asosiy qism va mexanizmlarining umumiy tuzilishi, vazifalari.
2. Avtomatni o‘q otishga tayyorlash.
3. O‘q otish vaqtida avtomatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklar va ularni bartaraf etish usullari.


O‘quv, tarbiyaviy maqsad
1.Talabalarga mavzu bo‘yicha mashg‘ulotni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma berish.
2. Talabalarga mavzu bo‘yicha adabiyotlarni tanlash va o‘rganish, o‘quv moddiy bazani tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiya berish.
3. Talabalarga mashg‘ulotni reja-konspektini tayyorlash va mashg‘ulotni o‘tkazish uslubiyotini o‘rgatish.


Adabiyot va qo‘llanmalar:
1. Sotvoldiev A.Yu “CHaqiruvga qadar harbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O‘quv qo‘llanma Ι qism. Toshkent – 2007 y.
2. Sotvoldiev A.Yu “CHaqiruvga qadar harbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O‘quv qo‘llanma ΙΙ qism. Toshkent – 2007 y.
3. O.Ortikov, Sh. Ubaydullaev, I. Tuxtashev, B. Gafurov “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” Ι qism. Toshkent – “ILM ZIYO” – 2005 y.


1-o‘quv savoli Avtomatning asosiy qism va mexanizmlarining umumiy tuzilishi, vazifalari.
Avtomatning vazifasi va jangovar xususiyatlari, umumiy ishlash jixatlari.
Taniqli rus konstruktori Mixail Timofeyevich Kalashnikov tomonidan yaratilgan avtomat xozir ham bir qancha mamlakatlarning Qurolli Kuchlarida qo‘llanilib kelinmoqda. U otish qurollarining eng asosiysi xisoblanadi. Bu qurol tuzilishi va qo‘llanilishi jixatidan qulayligi bilan boshqa qurollardan ajralib turadi.
Jaxonda birinchi avtomat quroli rus qurolsozi V.G.Fyodorov tomonidan yaratilgan. Keyinchalik ikkinchi jaxon urushi davrida konstruktorlar V.A.Degteyarova G.S.SHpaginlar avtomat qurollarining yangi turlarini ixtiro qilishgan.
M.T.Kalashnikov tomonidan yaratilgan avtomat o‘zining ixchamligi, jangovar ko‘rsatkichlarining ustunligi, qo‘llash qulay bo‘lganligi uchun xozirgi kunda Qurolli Kuchlarimizda ham qo‘llanilmoqda, Kalashnikov avtomati askarning shaxsiy quroli bo‘lib, dushman kuchlarini safdan chiqarish uchun qo‘llaniladi. Avtomatga nayza pichoq o‘rnatiladi undan qo‘l jangi olishuv paytida qo‘llaniladi.
Qurollanishga V.Sobelnikovning raxbarligida bir gurux muxandis-ixtirochilar tomonidan 1974-yilda kalibri kichikroq bo‘lgan yangi 5,45 mm li patron-o‘qlar qabul qilindi.
Shu patron asosida yangi avtomat AK-74 quroli ixtiro qilindi. AK-74 ning qismlari AKM qurolidan olingan. AK-74 qurolining stvoli og‘ziga silindr shaklida tormozlovchi kompensatorlarni o‘niatilishi, otish davrida turtuvchi kuch taasirini kamaytirish bilan birga, o‘qlarni g‘uj bo‘lib, bir yerdagi nishonlarga aniq tegishini taminlaydi. AK-74 qurolining og‘irligi o‘qdon bilan birgalikda xisoblaganda 3,6 (3.5) kg o‘qlar bilan to‘ldirilmagan o‘qdon og‘irligi 0.23 kg, avtomatning uzunligi 956 mm, stvol uzunligi 415 mm. mo‘ljalga otish masofasi 1000 m. harakatlanuvchi nishonlariga to‘g‘rilab o‘t ochish masofasi 625 m. otishning tezlik surati bir daqiqada 600 marta, otishning tezllk miqdori, avtomalik (to‘xtovsiz) bir daqiqasiga 100 taga, yakka tartibda esa 40 tagacha bo‘lib, o‘qdonga o‘qlar sig‘imi 30 taga mo‘ljallangan.

AK-74 quroli AKM quroliga nisbalan o‘q uzishning samaradorligi 1,2-1,6 baravariga ortiqligi bilan birga, bir qancha qulayliklariga ham egadir. Otishni amalga oshirishda oddiy va xavoda otilganda iz qoldiruvchi o‘q (patron)lardan foydalaniladi. Qo‘l jangi mashqlarida esa AKM qurolinikiga o‘xshash og‘irligi biroz soddalashtirilgan nayza-pichoq ham o‘rnatiladi. AK-74 avtomatiga o‘t ochish samaradorligini yanada oshirish maqsadida, stvol ostiga kalibri 40 mm GP-25 granatamyoti o‘rnatiladi. AK-74 avtomati bilan bir vaqtda qo‘ndog‘i metalldan yasalgan, yon tomonga buklanadigan AKS-74 quroli yaratildi.
AK-74 quroli asosida RPK-74, RPKS-74 (qo‘ndog‘i yon tomonga buklanadigan) qo‘l pulemyotlari ham ishlab chiqarildi, Ular avtomatga nisbatan biroz uzun stvol esa og‘ir, tirgagi taxlanishi, mo‘ljallagichi yonidan qaytarilgan tuzatishlar kiritilib mexanizmi va qo‘ndog‘ining tuzilishi boshqaruvchanligi bilan boshqa qurollardan ancha farq qiladi. Pulemyotning kalibri 5,45 mm.li. og‘irligi 5,46 kg, uzunligi - 1060 mm, mo‘ljalga otish masofasi 1000 m. Jangovor otish tezligi bir daqiqada, to‘htovsiz (avtomatik) tarzda 150 ta, yakka-yakka tarzda esa 50 tagacha, o‘qdonga o‘qlarning sig‘imi 45 taga mo‘ljallangan. Qo‘l pulemyotlarida ham tunda mo‘ljalga olib otish moslamasini o‘rnatish uchun joy qilingan.
1991-yilda AK-74 avtomatining turi asosida undan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan. AK-74 M quroli yaratildi va foydalanishga tatbiq etildi.
AK-74 M avtomatini ikki kamerali stvoli og‘zining tuzilishi o‘zgartirilgan. Uning og‘iz qismidagi tormozi, alangani o‘chirish bilan kompensator vaztfasini bajarishi uchun stvolning og‘iz qismiga o‘rnatilgan. YAngi bir turdagi ikki kamerasi ifloslanishdan saqlasa, stvol qutisining chap tomonida tunda mo‘ljalga olish mexanizmni o‘rnatish shakli dastak o‘rnatilgan. Stvol qutisi mustaxkamroq (qattiq) tayyorlangan. Stvol ostiga o‘rnatiladigan GP-25 granatamyoti qaytaruvchi prujinani yo‘naltiruvchi tayoqchasini o‘zganirilmagan xolda otish uchun qulaylik yaratildi (AK-74 qurolida o‘zgartirishi talab etar edi).

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling