Mashg’ulot №5 bolalarni operatsiyaga tayyorlashni asosiy tamoyillari. Xirurgik kasalliklar bilan kasallangan bolalarni operatsiyadan oldingi va keyingi davrda parvalishlash


Bemor bolalarni operatsiyaga umumiy tayyorlash


Download 48.04 Kb.
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi48.04 Kb.
#214379
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mashg’ulot №5

Bemor bolalarni operatsiyaga umumiy tayyorlash. Ba’zi xirurgik kasalliklar: chov churrasi, moyak istisqosi, kriptorxizm, kichkina o’smalar bemor gospitalizatsiya qilingandan keyingi kuniyoq operatsiya qilinadi. Bunday holatlarda operatsiyadan oldingi laborator tahlillar gospitalizatsiyagacha poliklinikada tayyorlanib olib kelinadi.

Ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i, buyrak va siydik chiqarish a’zolaridagi katta va travmatik operatsiyalardan oldin, shuningdek ba’zi ortopedik operatsiyalardan oldin maxsus tekshiruvlarga qo’shimcha ravishda bolaning hayotiy zarur a’zolari holati tekshiriladi. Buyrak faoliyatini, umumiy qon hajmini va qon tarkibini, plazma va eritrotsitlardagi asosiy elektrolitlarni miqdorini, azot balansini, gormonal holatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zi holatlarda qon ivish faktorlarini va qon ivishiga qarshi faktorlarni bilish juda zarur.

Ushbu harakatlarga binoan xirurgik bo’lim profiliga ko’ra bemorlarni operatsiyaga tayyorlash o’ziga xos xususiyatlarga ega.

Operatsiyadan oldingi asosiy tekshiruvlarga kiradi: bola bo’yi va tana vaznini o’lchash; arterial qon bosimini o’lchash; qon va siydik tahlili; qon guruxi va rezus-faktorni aniqlash; ko’krak qafasi a’zolari rentgenoskopiyasi. Qon bioximik tahlillari natijalariga qarab quyidagicha kompleks davo muolajalari buyuriladi: ratsional va to’g’ri ovqatlantirish, qon va boshqa oziqlantiruvchi suyuqliklar, vitamin, aminokislota quyish, davolovchi fizkul’tura va h.o. Tayyorlov ba’zan bir necha haftagacha cho’zilishi mumkin. Tayyorlov bosqichini samaradorligi bemor umumiy ahvolini, qon ko’rsatkichlarini yaxshilanishi, tana vaznini ortishi bilan baholanadi. SHuning uchun ham buyurilgan muolajalarni o’z vaqtida va to’g’ri bajarilishini ta’minlash, davriy bemor tana vaznini o’lchash zarur hisoblanadi. Ba’zi bemorlar bo’limga kasallik xarakteriga bog’liq holda yoki organizmdagi ikkilamchi o’zgarishlar natijasida o’rta og’ir yoki og’ir ahvolda yotqiziladi. Ikkilamchi o’zgarishlar surunkali ochlik, intoksikatsiya, qaytalanuvchi qon ketishlar va boshqa sabablarga ko’ra bo’ladi. Tashqaridan bu teri rangparligi, bola aktivligini pasayishi va h.o. belgilardan bilinadi. Asosiy kasallikni bartaraf etuvchi operatsiya muolajasidan oldin individual qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi, ya’ni bemor umumiy ahvoli yaxshilanpdi, ikkilamchi o’zgarishlar korreksiya qilinadi.

Bolani operatsiya psixologik tayyorlash ham katta ahamiyatga ega. Operatsiya uchun yotqizilgan bemor psixik holati konservativ davo uchun yotqizilgan bemor psixik holatidan katta farq qiladi, sababi operatsiya katta fizik va psixik travma hisoblanadi. Bu davrda hamshira rolini baholash juda qiyin.

His-hayajonga beriluvchi, operatsiyadan qo’rquvchi bolalar ko’pincha gapirishadi: ”Meni operatsiya qilishlarin hohlamayman” yoki “Meni qachon operatsiya qilishadi?”, “Menga og’riqli bo’ladimi?”. Bunday bolalar og’riqni juda qiyin qabul qilishadi, og’riqqa sezgirligi yuqori bo’ladi, operatsiyadan keyingi davrda o0riqni yengishga juda qiynalishadi. SHu sababli ham ular operatsiyaga juda yaxshi tayyorlanishi, kerak bo’lsa dorilar bilan tayyorlanishi, ota-onasi chaqirilishi lozim. Vrach o’z vaqtida bemor negativ psixik holati to’g’risida ogohlantirilishi, o’z navbatida bemorga operatsiya kerakligi, zarurligi to’g’risida yumshoq darajada tushuntirishi lozim.

Ba’zan savol tug’iladi, ya’ni bolaga operatsiya bo’lishi to’g’risida gapirish kerakmi? Bu savol bir tomonlama hal etilishi kerak emas. Masalan, maktab o’quvchisi bo’lsa kerak. Katta yoshli bolalar operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi to’g’risida bilishadi (nonushtani to’xtatish, anesteziolog ko’rigi, premedikatsiya va h.o.), hattoki bo’ladigan soatigacha. SHuning uchun ham ulardan yashirishni hojati yo’q. Maktabgacha yoshdagi bolalar esa “operatsiya” so’zidan qo’rqishadi, vaholanki uning ahamiyatini, mohiyatini tushunishmaydi. SHu sababli ham ularga “Seni stolga yotqizamiz va qorningni chiroq bilan isitamiz” yoki shunga o’xshash so’zlar bilan aldash lozim. Bolaga baqirish, so’kish umuman mumkin emas. YUqori sezgirlikka ega, allargik reaksiya va astma xurujiga moyilligi bor bolalarga tinchlantiruvchi – “kichik trankvilizatorlar” beriladi.


Download 48.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling