Mashg`ulot ishlanmasi. Mavzu: “Buyuk allomalar”


Download 204.13 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi204.13 Kb.
#1266660
Bog'liq
Mashg`ulot ishlanmasi Mashg`ulotning maqsadi


Mashg`ulot ishlanmasi.
Mavzu: “Buyuk allomalar” 16.02.2023-yil
Mashg`ulotning maqsadi: Bolalarga Buyuk allomalar haqida tushuncha berish va uni mustahkamlash. Mavzu asosida bog‘langan nutqni rivojlantirish, nutq ohangi, ifodasi va ritmi ustida ishlash. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida nutqni rivojlantirish, o‘qish va savodga tayyorgarlikni amalga oshirish,voqea va hodisalarga o‘z fikrini bildirishga erishish.
Mashg`ulotning vazifasi: Bolalarga Buyuk allomalar haqida ko`proq ma`lumot berish, ularni so`zlarni to`g`ri talaffuz qilishga hamda nutq ma’daniyatiga amal qilishga o`rgatish.
Kutilayotgan natijalar: Bolalarga Buyuk allomalarning yashab o’tgan hayoti ,olib borgan faoliyati shuningdek, yosh avlodga qoldirib ketgan merosi,kitoblari,yozib qoldirgan g’azallari,ruboiylarini yod oldirib ular ongiga singdirish.Bolalarning mashg`ulot orqali so`z boyliklari oshadi.
Kerakli jihozlar: Buyuk allomalar tasvirlangan foto suratlar, video roliklar.
Mashg`ulotni tashkil etish usullari:
Bolalar bilan suhbat.
Ko‘rgazmalilik.
Tushuntirish.
Savol-javob.
Rag‘batlantirish.
Mashg`ulotning borishi
Bolalarga ko`rgazmali qurollardan foydalanilgan holda yangi mavzuni tushuntirib, buyuk allomalar haqida tushuncha berib, ularning bilimini mustahkamlanadi.
Til shirinligi — ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa — foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansa ko’pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa harom bo’ladi. Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam — halvofurush kabi sevimlidir. (Alisher Navoiy)
Alisher Navoiy ushbu ibora orqali tilning inson hayotidagi o’rni naqadar beqiyos ekanligini ta’riflab o’tgan.Ko’p tilni bilish inson hayotida muhim ro’l o’ynashini ifoda etgan.

O`zga yurtda shoh bo`lguncha- o`z yurtingda gado bo`l.(Z.M.Bobur)
Buyuk alloma,shoh va shoir Z.M.Bobur ushbu ibora orqali vatanni sevish,vatan tuprog`I naqadar aziz ekanligini ta’riflab o`tganlar.Buyuk alloma o`zining har bir yozgan g`azal va ruboiylarida ona vatan sog`inchini aks ettirgan.

Tole’ yoqki, jonimg`a balolig` bo`ldi.


Har neniki ayladim, xatolig` bo`ldi.
O`z yerim qo`yib, hind sori yuzlandim.
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.


TARBIYACHI:
 — Bolalar, biz qaysi allomallar bilan tanishdik?
Bolalar javobi.
— Bolalar, yana qanday allomalarni bilasiz?
Bolalar javobi

- Bolalar bugun qaysi allomalar bilan tanishdik?
Bolalar javobi


Bolalarga allomalarning g`azal va ruboiylarini yodlatiladi.





.

Download 204.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling