MASHG’ULOT: Matematika
MAVZU: “Quvnoq doira, kvadrat, uchburchak shakllari.”
MAQSAD: Doira, kvadrat, uchburchak geometrik shakllarini mustahkamlash.
TA’LIMIYLIGI:
-Bolalarni doira, kvadrat, uchburchak geometrik shakllari bilan tanishtirishni davom ettirish.
-Ularda shakllarni va ranglarini to’g’ri topib ajrata bilishni
tarbiyalash.
-Geometrik shakllarni bir-biridan farqlashni tarbiyalash.
-Doira, kvadrat, uchburchak bo’lgan predmetlar nomini topib ayta bilishni tarbiyalash.
-Geometrik shakllar: Doira, kvadrat, uchburchaklardan foydalanilgan xolda kuchukcha uchun yucha yasash.
TARBIYAVIY RIVOJLANTIRUVCHI:
-Tasavvur qilish xotirasi rivojlantiriladi.
-Yelim bilan ishlashda, pokizalik va ehtiyotkirlik tarbiyalanib rivojlantiriladi.
KUTILAYOTGAN NATIJALAR:
-Bolalar doira, kvadrat, uchburchak tasavvurlariga atroflicha ega bo’ladilar.
-Bolalarda mantiqiy tafakkur rivojlanadi.
КЕРАКЛИ ЖИҲОЗ:
-Ko’rgazma uchun doira, kvadrat va uchburchak shakllari to’plami.
-Har-xil rangdagi katta va kichik doira, kvadrat va uchburchaklar.
-Har-bir bola uchun qirqilgan rangli doira, kvadrat va uchburchaklar.
-Yelim.
-Oq list.
QO’LLANILADIGAN USUL:
-Ko’rsatish, tushuntirish,o’yin, savol-javob, she’riy uslub, guruhlarga bo’linish.
МАSHG’ULOTNING BORISHI:
Tarbiyachi: Bolajonlar qani stulchiklarimizga yaxshilab o’tirib olaylikchi. Endi diqqatimizni mana bu magnitli doskaga qaratamiz. Doskamizda nimalar ilinib turibdi?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: To’g’ri bolajonlar shakllar ekan a! Qanaqa shakllar ekan?
(Bolalar javoblari)
- Tarbiyachi: Judayam to’g’ri, bu shakllar doira, kvadrat, uchburchaklar ekan a bolajonlar! Oldin ham bu shakllarni uchratganmizmi?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: To’gri oldin ham bu shakllarni uchratganmiz. Bolajonlar bugun bizning guruhimizga kuchukcha tashrif buyurgan. (Tarbiyachi bolalarga yumshoq o’yinchoq kuchukchasini ko’rsatadi) Kelinglar unga biz geometrik shakllarni qanday yaxshi bilishimizni aytib beraylik. Bolalar mana bu qo’limdagi shakl qanaqa shakl ekan?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: To’gri bu doira shaklidir. U qanaqa rangda ekan?
(Bolalar javobi)
Do'stlaringiz bilan baham: |