Mashg‘ulot: “Oshpaz” kasbi haqida suhbat


Download 1.05 Mb.
bet2/2
Sana13.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1769837
1   2
Bog'liq
Ошпаз касби билан таништириш

Hididan top” o‘yini
O‘yin tafsiloti: Tarbiyachi oldindan turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlarini, turli ko‘katlarni tayyorlab qo‘yadi. Chaqirilgan bolaning ko‘zi bog‘lanadi. Bolaga mahsulotni, ko‘katlarni hidlab ko‘rib, nomini aytib berish tavsiya etiladi. To‘g‘ri javob bergan bola rag‘bat kartochkasini oladi.
Ta’midan top” o‘yini
O‘yin tafsiloti: Tarbiyachi oldindan bir necha mahsulotni tayyorlab qo‘yadi. Chaqirilgan bolaning ko‘zi bog‘lanadi. Tayyorlab ko‘rilgan mahsulotlardan bolaga yeb ko‘rib, nomini aytib berish taklif etiladi.
Tarbiyachi yuqorida qayd etilgan o‘yinlardan boshqa o‘z xohishiga ko‘ra “Milliy taomlar oshxonasi” o‘yinini bolalarga taklif etishi mumkin.
Milliy taomlar oshxonasi”
O‘yin tafsiloti: Milliy taomlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash. Taomlar nomini ularga kerakli mahsulotlar nomini to‘g‘ri aytishga o‘rgatish . So‘zlashuv nutqini shakllantirish.
(O‘zbek milliy taomlarining suratlari).
O‘yinning borishi:
Tarbiyachi: oshxona tashkil etadi. Tokchalarga o‘zbek milliy taomlarining tasviri solingan rasmlar qo‘yadi. “Bolajonlar bizning oshxonamizda juda mazali taomlar bor. Siz ularni xarid qilishingiz mumkin, faqat Siz xarid qiladigan taomingizni nomini, unga qanday mahsulotlar kerak bo‘lishini aytishingiz kerak”.
Masalan: Menga palov kerak. Palovga piyoz, go‘sht, sabzi, guruch, yog‘, tuz solinadi. Menga chuchvara bering. Chuchvara xamirdan, go‘sht bilan piyoz aralashma qiymadan tayyorlanadi.
O‘yin shu tariqa davom etadi.
Tarbiyachi bolalarga “Oshpaz” she’rini o‘qib berishi mumkin.

Yoqdim olov,
Yondi lov-lov
Shirin bo‘lib
Pishdi palov.
Qo‘lni yuving,
Qani yuring,
Tana yayrab
Oshni uring.
To‘yib yoysiz, “Rahmat”deysiz!
Tuz solmabman,
Uzr, essiz.





Tarbiyachi: bolalar endi siz bilan oshpaz va unga kerakli buyumlar tasvirini chizamiz.





Tarbiyachi: bugun qaysi kasb bilan tanishdik? (oshpaz kasbi bilan). Oshpaz nima qiladi? (Oshpaz yeguliklar pishiradi). Oshpaz qaerda ishlaydi? (Oshxonada). Tarbiyachi bolalar fikrlarini umumlashtirib, mashg‘ulotni yakunlaydi.
Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling