Mashg‘ulot: Oziqalarning proteinli to‘yimliligi. Mashg‘ulot maqsadi


Protein etishmovchiligining oldini olish chora-tadbirlari


Download 20.9 Kb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi20.9 Kb.
#1450100
1   2   3
Bog'liq
5-amaliy mashg‘ulot. Oziqalarning proteinli to‘yimliligi. (1)

Protein etishmovchiligining oldini olish chora-tadbirlari: ratsionni protein bilan tenglashtirish, cho‘chqa va parrandalar ratsioniga proteinga boy bo‘lgan (dukkakli donlar, hayvonot olamidan olingan) oziqalar bilan boyitish zarur.
Kavsh kaytaruvchi hayvonlar ratsioniga proteinga boy oziqalardan kiritish yoki proteinga bo‘lgan talabining 20-25% miqdorda oqsilsiz azotli birikmalarni (mochevina, diamoniyfosfat, sulfatamoniy va boshq.) kiritish mumkin, buning uchun ratsionni engil hazmlanuvi uglevodlar va minerallar bilan boyitish shart.
Aminokislotalar etishmovchiligi natidasida organizmda yuz beradigan simptomlar: aminokislotalar etishmovchiligi natijasida yosh mollarda ishtaxa yo‘qoladi, o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Katta yoshdagi mollarda holsizlik holati kuzatiladi, mahsuldorlik va oziqalardan foydalanish samardorligi pasayadi.
O‘rinalmashmaydigan aminokislotalarning etishmovchiligi yoki mavjud bo‘lmasligi asab va gormonal tazimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, modda almashinuvi buziladi, reproduktiv funksiya yo‘qoladi.
Lizin, triptofan va arginin etishmovchiligi erkak hayvonlarda jinsiy faoliyatining susayishi, testikulaning atrofiyasi, aspermiyaga sabab bo‘ladi; urg‘ochi hayvonlarda pushtsizlik, tuxumdonning degeniratsiyasi va jinsiy siklning buzilishi, jinsiy faoliyatining susayishi; metionin etishmaganda homilaning so‘rilishi yuz beradi.
Gistidin, treonin, fenilalanin va metionning keskin kamayishi natijasida gipofiz va uning gonadotrop xo‘jayralarning, jinsiy bezlarning endokrin to‘qimalari va epiteliy murtagining atrofiyasi kuzatiladi.
Triptofan etishmovchiligi natijasida tuxumdon va urug‘donning faoliyatining susayishi yoki ularning atrofiyasi, homilaning nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Argininning etishmovchiligiga naslli erkak hayvonlar sezuvchan bo‘ladi, bunda yosh mollar o‘sishdan orqada qoladi, holsizlik kuzatiladi, ishtaxa yo‘qoladi, spermotogenez jarayoni susayadi, mollar oriqlaydi, mollarning o‘sishi uchun oziqa sarfi ko‘payadi.
Lizin etishmovchiligi natijasida barcha mollarda kalsiy, fosfor, magniy, temirning o‘zlashtirilishiga salbiy ta’sir etadi, suyakning o‘sishi sustlashadi. A vitamini va karotinning so‘rilishi pasayadi. Parrandalarda pat qatlamining depigmentatsiyasi kuzatiladi.
Lizin, metionin, triptofan, sistin etishmaganda junning yaltiroqligi yo‘qoladi, jun dag‘allashadi yoki to‘kiladi, parrandalarda pat cho‘chqalarda esa qil sifati yo‘qoladi.
Metionin va sistinning kamligi muskullar distrofiyasining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Lizinning 1,5-2 barobar ko‘payib ketishi natijasida intoksikatsiya va dipressiya rivojlanishiga sababi bo‘ladi, argininga bo‘lgan talab keskin ortadi. Metionning ko‘payib ketishi azotli moddalarning o‘zlashtirilishini pasaytiradi, siydik bilan ajraladigan miqdori me’yordan ziyod bo‘ladi, organizmda yog‘ning to‘planishi kamayadi, oshqozon osti bezi, buyrak va jigarning degeniratsiyasi yuz beradi, taloq va limfoid to‘qimalarning atrofiyasi, modda almashinuvi buziladi, o‘sishdan orqada qoladi; arginin va glitsinga bo‘lgan talab oshadi.

Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling