Mashg‘ulot shakli: ma’ruza Mavzu: Umumta’lim maktablarida tashkil etiladgan o‘quv va pedagogik amaliyotga tayyorlash


Download 25.37 Kb.
bet3/4
Sana06.01.2023
Hajmi25.37 Kb.
#1080688
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan

Amaliyot yakunida natijadorlik:
- umumiy о‘rta ta’lim muassasasi tо‘g‘risida tasavvurga;
- muassasa rahbariyatining jamoa bilan ishlashi tо‘g‘risida tushunchaga;
- pedagogik jamoa о‘rtasidagi munosabatlar tо‘g‘risida;
- о‘quvchilarning о‘zaro va pedagoglar bilan munosabatlari, о‘quvchilarning yosh xususiyatlari tо‘g‘risida;
- ota-onalar murojaatlari va ular bilan maktab jamoasining munosabati;
- darsda va sinfdan tashqarida о‘quvchilar bilan ishlash mexanizmlari;
- о‘quv-meyoriy hujjatlarning yuritilishi;
- sinf xonalariga qо‘yilgan gigiyenik talablar tо‘g‘risida;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar о‘tkazilishi va ularning meyoriy hujjatlarini rasmiylashtirilishi va boshqalar tо‘g‘risida kо‘nikmalarga ega bо‘lishadi.
Amaliyotchi talabalarning pedagogik faoliyati mazmuni
Amaliyot yakunida quyidagi vazifalar bajarilishiga kо‘ra amaliyotchi talaba 100 ballik tizimda baholanadi. Amaliyot kreditlarini egallash uchun minimum 60 ball tо‘plash zarur. Amaliyot davomiyligi: 24 akademik xafta (xaftada 1 kun) jami 24 kun.

“4+2” tartibdagi amaliyot pedagogika oliy ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limga hozirgi kunning zamonaviy talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimining samaradorligi va sifatini oshirish uchun ikkinchi kursdan boshlab ta’lim yo‘nalishlari mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni o‘quv darslariga muvofiq tashkil etishni belgilaydi.


“4+2” tartibidagi malakaviy amaliyot 2-kurslarda ─ “Oʻquv tanishuv” amaliyoti, 3-kurslarda ─ “malakaviy oʻquv” amaliyoti va 4-kurslarda ─ “Malakaviy pedagogik” amaliyot tarzida tashkil etiladi.
“4+2” tartibidagi amaliyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga muvofiq ikkinchi kursdan boshlab tizimli ravishda oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishib tasdiqlanadigan amaliyot dasturi asosida amalga oshiriladi.
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagogik mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan amaliyot ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo‘llayotgan, bu borada yetarli darajada ish tajribalariga ega bo‘lgan, o‘quv-moddiy ta’minoti bugungi kun talabalariga javob beradigan uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, maxsus maktab internatlar, akademik litsey va kasb-xunar ta’limi muassasalarida o‘tkaziladi.

Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling