Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. REJA 1. O‘qituvchining faoliyati va pedagogik mahorati; 2. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda ta’lim berishning kadrlar tayyorlash milliy dasturining mazmuni, tahlili; 3. O‘qituvchiga qo‘yiladigan pedagogik, ilmiy, texnik, etik, estetik, ahloqiy, pedagogik talablarni ko‘rib chiqish O‘qituvchining faoliyati va pedagogik mahorati. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bo‘lishi, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishi hisoblanadi. Har bir yetuk mutaxassis ta’lim beradigan fanlari turkumini ilmiy – nazariy jihatdan - O‘qituvchining faoliyati va pedagogik mahorati. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bo‘lishi, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishi hisoblanadi. Har bir yetuk mutaxassis ta’lim beradigan fanlari turkumini ilmiy – nazariy jihatdan
- o‘zlashtirishi, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar va qonuniyatlarning mazmun – mohiyatini bilishi lozim. Ilmiy nuqtai nazardan nazariya – bu jarayon mohiyati haqidagi haqiqiy isbotlangan, tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Ilomiy bilishning oily shakli bo‘lib, tadqiq etilayotgan obyektning tarkibini, funksiyasini hamda rivojlanishini, uni tashkil etgan elementlar o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqlikni ochib beradi. Nazariya – obyektlar mohiyatini, ularning amal qilish, o‘zaro bog‘liqlik, o‘zgarish hamda
- rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish asosida voqealarni izohlash, yangi ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar hamda ularni tavsiflovchi qonuniyatlarni, tadqiq etilayotgan tizimning istiqboldagi qonuniy holatini bashorat qilish imkonini beradi. Nazariyaning muhim elementlari tamoyillar va qonuniyatlardir. Tamoyillar – nazariyaning umumiy va muhim fundamental asosidir. Muayyan nazariyada avvalgi bilimni umumlashtirish natijasi sifatida tamoyillar har tomonlama asoslanadi. Nazariyalarning paydo bo‘lishi va izohlanishida tamoyillar tayanch vazifasini o‘taydi. Qonunlar tamoyillar aniqlashtirib, ularning amal qilish “mexanizmi” ni, oqibatlarning bog‘liqligini ochib
- beradi. Fan qonunlari – obyektiv qonunlarni nazariy tasdiqlashshaklida ifodalanishidir (ya’ni tadqiq etilayotgan jarayonlarning, obyektlarning , voqealarning umumiy va zaruriy bog‘liqlik qonunlarini ifodalaydi). Shuni qayd etish kerakki, o‘qitish qonun va qonuniyatlari uzluksiz ta’lim tizimining oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy hayotdagi ma’naviy – ma’rifiy o‘zgarishlar, ta’lim – tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalari, fanning rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq holda o‘zgarib yangilanib turadi. Bugungi talablaridan kelib chiqib quyidagi o‘qitish qonuniyatlarini pedagogic amaliyotga qo‘llash maqsadga muvofiqdir:
- 1. O‘qitish maqsadi, mazmuni, vositalari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog‘liqlik qonuni. Mazkur qonuniyat ta’lim – tarbiya jarayonining tarkibiy qismlarini tanlash va shakllantirishda jamiyatdagi ijtimoiy – iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy o‘zgarishlar, ijtimoiy munosabatlarning ta’sirini o‘zida aks ettiradi. Mazkur qonuniyat ta’lim oluvchilarda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirishga imkon beradi. Keyingi yillarda yuqorida qayd etilgan fikrlar, o‘qitish maqsadi va vazifalari hisobga olinib ta’lim mazmuni yangilanib, ta’lim mazmuni jamiyatda amalgam oshirilayotgan yangilanish, rivojlanayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashib boradi. O‘quv fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalarning yangi
- avlodi yaratilmoqda. Yangi pedagogic axborot texnologiyaarini ta’lim amaliyotiga tadbiq etish , uzluksiz ta’lim tizimi moddiy – texnik ta’minotini takomillashtirish amamalga oshrilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |