mashg‘ulot.( soat)


Kasallik haqida umumiy ma’lumot


Download 12.11 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi12.11 Kb.
#1160036
1   2
Bog'liq
4 seminar

Kasallik haqida umumiy ma’lumot.


Kasallikni davolashdan oldin ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Biologiya fani ta’limotiga ko‘ra, organizm tashqi muhit bilan chambarchas bog‘langan. Demak, kasallik organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikning biror darajada buzilishi natijasida organizm faoliyatining o‘zgarishidir.


Kasallikning kelib chiqishida organizmning reaktivligi ham benihoya katta ahamiyatga ega. Reaktivlik organizmning tashqi muhit ta’siriga o‘z hayot faoliyatini o‘zgartirib javob berish qobiliyati demakdir. Organizmning reaktivligida nerv tizimi, bosh miya po‘stlog‘i alohida o‘rin tutadi. Kasalliklarning ro‘yobga chiqishida organizmning xususiy reaktivligi katta ahamiyatga ega.
Kasallik bu turmushning bir shakli bo‘lib, o‘zining kechish jarayoni va kechishiga ega.
Ba’zi hollarda bir kasallikning o‘zi turli organizmda turlicha belgilar bilan o‘tadi. M, zotiljam bir bemorda yo‘talish, balg‘am ko‘chirishi, nafas olishning qiyinlashuvi bilan kechsa, boshqasida bu belgilar bo‘lmasligi, bemor faqat bosh og‘rig‘i va ishtahasi yo‘qligidan shikoyat qilishi mumkin. Bu hodisa organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatiga va kasallikdan himoyalanish kuchiga bog‘liq. Kasallikning avj olishi esa uni keltirib chiqargan sababga bog‘liq. Kasallik sababini aniqlash uning oldini olish, to‘g‘ri diagnoz qo‘yish va davolashda katta ahamiyatga ega. Bu haqda I.P.Pavlov shunday degan edi: “ Kasallikning kelib chiqish sababini aniqlash, uning oldini olish va tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik demakdir”.Sun’iy nafas oldirish usullari
Nafas to‘xtashi belgilari: og‘iz va burunda havo oqimining yo‘qligi, ko‘krak qafasining ko‘tarilib tushmayotganligi kabilarda ifodalanadi.
Sun’iy nafas oldirish uchun bemor chalqancha yotqiziladi. Og‘zini ochib tozalanadi, tish protezlarni olinadi. Boshni orqaga engashtirib, til halqumni yopmasligiga e’tibor beriladi. Sun’iy nafas oldirish maqsadida hozir Silvestr, SHefer, Lobardo, Ruben usullaridan keng foydalaniladi. Sun’iy nafas oldirishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri Silvestr usulidir. Bu quyidagicha bajariladi: Bemor chalqancha yotqizib qo‘yiladi. Sun’iy nafas oldiradigan odam bemorning bosh tomoniga o‘tib, uning ikki bilagidan tutadi. Qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, bosh tomoniga keltiradi. Bunda ko‘krak qafasi kengayadi va bemor nafas oladi. Bemorning qo‘llarini tezlik bilan pastga tushirib, ko‘krak qafasining pastki qismiga bosiladi va nafas chiqariladi. Bunday harakat ritmik ravishda minutiga 16-18 marta takrorlanadi va nafas olish yaxshilanguncha davom ettiriladi.
Asfiksiya vaqtida SHefer usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda bemor qorni bilan yotqiziladi. YOrdam beruvchi bemor dumbasiga o‘tirib oladi va qo‘llari bilan bemor ko‘krak qafasining pastki qismini bosadi - natijada bemor nafas chiqaradi. Ko‘krak qafasini bosish to‘xtatilgach, u asl holatiga qaytadi, nafas olinadi. Qovurg‘alar chetini qo‘l bilan yuqoriga ko‘tarish va uni kengaytirish nafas olish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Bunday harakat minutiga 16- 18 marta takrorlanadi.
Download 12.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling