mashg‘ulot soat Zararlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun ishlatiladigan tibbiy muhofaza vositalari


Zararlangan materiallarga maxsus qayta ishlov berish


Download 11.29 Kb.
bet2/2
Sana05.02.2023
Hajmi11.29 Kb.
#1168466
1   2
Bog'liq
3 seminar

Zararlangan materiallarga maxsus qayta ishlov berish


Dushman tomonidan qo‘llanilgan qirg‘in qurollari oqibatida insonlar, atrof-muhit, suv, oziq- ovqatlar, texnika, transport vositalari va inshootlar radioaktiv zarrachalar, zaharli moddalar va bakterial moddalar bilan zararlanishi mumkin. SHu sababdan fuqarolarni mana shu zararlanishdan saklashda maxsus ishlov berish omillari bajariladi. Maxsus ishlov berish omili – umumiy qirg‘in qurollari talafotlarini yo‘qotish jarayonining asosiy qismini tashkil etib, u qutqaruv va tiklash ishlarini olib borishda kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi. Maxsus ishlov berish omili – to‘liq hamda qisman ishlov berish xillariga bo‘linadi. To‘liq ishlov berish omili deyilganda qo‘yilgan vazifalarni bajarishda hech qanday himoya vositalarisiz amalga oshirish, ya’ni xavfsiz sharoit yaratish tushuniladi. Qisman ishlov berish omillarida esa qo‘yilgan vazifalarni faqat terini himoyalovchi vositalarsiz amalga oshirish sharoiti tushuniladi. Maxsus ishlov berish omili – atrof-muhitni zararsizlantirish hamda fuqarolarni sanitar ishlovdan o‘tkazishdan tashkil topgan.
Texnika va transport vositalarini zararsizlantirish avtoservis va boshqa ta’mirlash korxonalarida amalga oshiriladi. Fuqarolarni sanitar ishlovdan o‘tkazish esa, hammom, dushxona va boshqa maxsus yuvinish joylarida amalga oshiriladi.
Zararsizlantirish omiliga dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya jarayonlari kiradi.
Dezaktivatsiya deyilganda, zararlangan vositalardan (kiyim-kechak, himoya vositalari, suv, texnika, transport vositalari) hamda inshootlardagi radioaktiv moddalar aktivligini yo‘qotish tushuniladi. Dezaktivatsiyaning to‘liq hamda qisman xili mavjud bo‘lib, u asosan mexanik va fizik-kimyoviy usul bilan olib boriladi. Mexanik usulda – radioaktiv moddalar bilan zararlangan sirt yuzalarini artish orqali yo‘qotiladi. Fizik-kimyoviy usulda esa radioaktiv moddalar turli xildagi kimyoviy modda eritmalari bilan yuvish amalga oshiriladi. Dezaktivatsiyada asosan suv ishlatilib, radioaktiv moddalarning yuviluvchanligini oshirishda, sirt-aktiv hamda kompleks hosil qiluvchi moddalar, kislota va ishqorlar ishlatiladi. Bular: SF-2, OP-7, OP-10, Na3PO4, trilon B, shavel, limon kislotalari va uning tuzlaridir.
Download 11.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling