Mashgʻulot turi: ma‟ruza


Download 284.85 Kb.
bet7/11
Sana02.06.2024
Hajmi284.85 Kb.
#1833317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6- Mavzu

Sog‟lomlashtirish vazifalari - bola hayotini muhofaza yetish, sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm ish qobiliyatini funksional takomillishtirish va ish qobiliyatini oshirish, shuningdek chiniqtirish eng muhim vazifalardir. Bular asosan maktabgacha yoshdagi bolalar organizmning ximiyaviy xususiyatlari uncha rivojlanmagan, tashqi muxitning noqulay shartlariga tez bo‘ysinadigan, ko‘p kasal bo‘lishlari natijasida vujudga kelgan noxushliklarni bartaraf qilishdan iboratdir. Bu xususiyatlarni hisobga olgan holda sog‘liqni mustahkamlash vazifalari har bir tizimida, aniqroq shaklda yechilishi shart

Suyak, pay, bo‘g‘in tizimi holatini, shuningdek qismlarining turli yo‘nalishlarda harakatlanish imkoniyatini ta‘minlaydi. Suyak apparati bog‘lam va bo‘g‘inlarni to‘g‘ri va vaqtida rivojlantirish tanani me‘yorda ushlab turishga hamda hamma organ va tizimlarni rivojlantirishni ta‘minlaydi. Umurtqa pog‘onasining qiyshayishi, bukirlik, yassi oyoqlik muhim organlarning ish faoliyatlarini buzadi, bu yesa kelajakda kasallikka olib keladi. Bolalarda suyak tizimi nisbatan bo‘sh, chunki unda bir qancha pay hujayralari bo‘ladi: bo‘g‘inlar ancha harakatchan, bog‘lash apparati oson cho‘ziladi, paylari kattalarnikiga qaraganda bo‘sh va kalta. Shu munosabat bilan suyakning qotishini umurtqa pog‘onasi yegilishlarini bog‘lash bo‘g‘in apparat oson chњzilishini mustahkamlashni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yordam berish zaruriyati kelib chiqadi. Undan tashqari tana qismlari nisbatan to‘g‘ri rivojlantirishga, bo‘yi va tana massasini boshqarishga imkon berish zarur. Mushak tizimi tananing ayrim qismlarini ma‘lum holatda mustahkamlaydi va bu holatni o‘zgartiradi, ya‘ni muvozanatni saqlagan holda harakatni bajaradi, shuningdek ximoya vazifasini bajaradi, suyak tizimini ichki organlar urilishlardan, sovuq oldirishdan saqlaydi.
O‘quvchilarda mushaklarga nisbatan bo‘sh rivojlangan va tana massasini 20- 22%ini tashkil yetadi. Ayniqsa, yangi tug‘ilganlarda qo‘l va oyoq mushaklari bo‘sh, sekin qisqarib uzoq vaqt to‘g‘rilana olmaydilar. Chaqaloqning birinchi oylarida mushaklarning yegilish tonusi to‘g‘rilanish tonusi yuqori bo‘ladi. Bolalar mushaklarida suv ko‘p bo‘lib, oqsil moddalari va yog‘ kam bo‘ladi. Ayrim mushaklarining rivojlanishi bir tekisda bo‘lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mushaklarning hamma guruhlari (tana, orqa, qorin, oyoq, qo‘l, barmoq, panja, oyoq tagi, bo‘yin, yuz, ko‘z, hamma ichki organlar bog‘lami va mushaklari)ni rivojlantirish zarur. Mushaklarning sust rivojlangan guruhlarini mustahkamlashga alohida e‘tibor berish kerak.

Download 284.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling