Mashgʻulot turi: ma‟ruza
Download 284.85 Kb.
|
6- Mavzu
Ta‟limiy vazifalari – o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta‘limiy vazifalarni: harakat ko‘nikmalarini va malakani shakllantirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena qo‘nikmalarini singdirib borish, maxsus bilimlarni yegallash, mustaqillik ko‘nikmasini singdirish kabilarni ham hal etib borish zarur.Ko‘pgina harakatlar (emaklab yurish, yurish, yugurish, velosoped uchish va boshqalar) oddiy hayotda bolalar tomonidan ko‘p foydalaniladi, bu yesa atrof- muhit bilan aloqani yengillashtiradi va uni bilish imkonini beradi. Yemaklay boshlagan bolaning o‘zi uni qiziqtirayotgan buyum oldiga kelib kuzata boshlaydi. Velosipedda uchuvchi bola havoni, suzishni biluvchi bola yesa suv hossalarini yaxshi bilib oladilar. Mustahkam harakat ko‘nikma va malakalari jismoniy kuchni tejashga imkon beradi. Chunki u oson, kuchlanish katta bo‘lmagan holda bajaradi hamda mashq bajarishga asab-mushak energiyasini kam sarflaydi.
Mustahkam shakllangan harakat malaka va ko‘nikmalaridan foydalanish harakat jarayonida, ayniqsa o‘yin faoliyatida ko‘nikmagan holatlarda vujudga keladigan vazifalarni tushunib olishga imkon beradi. Masalan: yugurib kelib uzunlikka sakrashni o‘rganib olgan bola Fovurdagi Bo‘ri o‘yinida chuqur ustida qanday sakrash haqida o‘ylamasdan, balki Bo‘ridan qanday qutilish kerakligini o‘ylaydi. 7 yoshgacha bolalarda shakllanib olingan harakat malaka va ko‘nikmalari maktabda uni takomillishtirib borish uchun fundament bo‘ladi, murakkabroq harakatlarni egallashni yengillashtiradi va kelajakda sport sohasida yuqoriroq natijaga yerishishga imkon beradi. O‘quvchilarda shakllantirib borish zarur bo‘lgan harakat malaka va ko‘nikmalarni hajmi barcha jismoniy tarbiya dasturida berilgan, lekin u tarbiya muassasalaridagi sharoit, bolalarning tayyorgarligiga, tarbiyachilar tajribalari va bilimlarini hisobga olib kengaytirilishi mumkin. Erta yoshdan boshlab bolalarda jimoniy sifatlarni (chaqqonlik, tezkorlik, yegiluvchanlik, kuch, chidamlilik, harakat koordinatsiyasi, ko‘z bilan chamalash va shu kabi) rivojlantirib borish zarur. Agar bolada u yoki bu asosiy jismoniy sifatlar u yoki bu darajada rivojlanmagan bo‘lsa, u hatto oddiy mashqlar ham bajara olmas yedi. O‘quvchilarda o‘tirgan, turgan va yugurgan vaqtda tanani to‘g‘ri shakllantirib borish juda muhimdir. To‘g‘ri qaddi-qomat butun ichki organlar va o‘quvchi organizmi tizimining bir me‘yordagi faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Muassasa va oilada shaxsiy va jamoa gigiyenasi malaka va odatlarini (qo‘llarni yuvish, jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin zarur xonaga borish, tana, kiyim, oyoq kiyim, o‘yinchoq, jihozlar, xona va h.k. tozaligi haqida g‘amho‘rlik qilish) singdirib borishga katta e‘tibor berish zarur. Yoshlarning sog‘ligi ko‘p jihatdan shularga ham bog‘liq. O‘quvchilar uchun qulay tilda jismoniy tarbiya bilan bog‘liq bilimlarni (mashg‘ulotlar foydasi, mohiyatini, jismoniy shakllar va jismoniy tarbiya sifatlarini ahamiyati va h.k.) berish va singdirib borish muhimdir. O‘quvchi tana qismlarining nomlarini, harakat yo‘nalishlarini (yuqori, pastga, oldinga, o‘ngga, chapga), jihozlarining nomlarini bilishlari zarur. Download 284.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling