VI. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Talabalarni inklyuziv ta’lim fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’qitish jarayonida ma’ruza hamda amaliy mashg’ulotlarga mos ravishda ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy metodlar, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo’llanilishi nazarda tutilgan:
Ushbu fanning ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron didaktik texnologiyalaridan, amaliy mashg’ulotlarda esa guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalari, kichik guruhlar musobaqalari, blits texnologiyasi, zig-zag usuli, aqliy xujum, T tizimidan, guruhli fikrlash, mustaqil ish, bahs-munozara usullaridan foydalaniladi.
4
|
VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlar qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
|
5
|
VIII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish. O’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |