Mashg‘ulotning mazmuni. Organizmlarda va alohida organlarda har XIL qon aylanish buzilishlari bo‘lishi mumkin. Ko‘p qonlik


Download 0.96 Mb.
bet3/4
Sana26.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1233083
1   2   3   4
Bog'liq
1 amaliy

Gaz emboliyasi — tomir yulida bosimning pasayishi natijasida, qonda erigan gazlarning ajralib chiqishi bilan harakterlanadi. Bu hayvonarda bilinmaydi, ahamiyatga ega emas. Lekin uchuvchilarda, vodolazlarda yuqori bosimli sharoitdan, past bosimi sharoitda o‘tganda sodir bo‘ladi. (dekompressionli kasallik). Hayvonlarda parazitar, bakterial, to‘qimali emboliyalar ko‘p uchraydi. O‘sma hujayralari va mikrob to‘plamlaridan tuzilgan emboliyalar fibrinli jarayonlarini tarqalishiga, xavfli o‘smalarning tarqalishiga olib keladi.
Oqibati — ko‘p holatlarda emboliya boshqa kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Emboliyalarning oqibati ularning harakteriga, kattaligiga, soniga, tomirlarning kisqarishiga bog‘liq. Hayvonlar emboliyadano‘lmasligi mumkin, lekin degenerativ, nekrotik jarayonlar va infarktlar hosil bo‘ladi.
Infark— qon harakatining to‘xtashi natijasida kelib chiqadigan organning yemirilgan o‘chog‘iga aytiladi. Uning sababi trombozlar, emboliyalardir. Infarklar buyrakda, taloqda, yurakda, ichakda, o‘pkada uchraydi.
Qon tomirlarining devorlarini kisqarishi ham (yurak arteriyalaridainfarkga olib keladi. Infarklar qonussimon shaklda bo‘ladi. Uning ichki qismi tomir yulidagi yot moddaga, asosi esa organning yuzasiga qaralgan bo‘ladi. Kesilgan yuzada ular uchburchaksimon bo‘lib ko‘rinadi. Miokardda, ichakda, bosh miyada infarkning shakli, tomirlarning joylashishiga bog‘liq. Infarktlar bir dona yoki bir necha dona bo‘lishi mumkin. Konsistensiyasini nekrozning turiga va organning konsistensiyasiga bog‘liq.
Bo‘yalishiga qarab, uch xil infark farq qilinadi: anemik, qizil yoki gemorragik va oq infarklar.
Anemik infark - tomirlarning devorini qisqarishidan kelibchiqadi. Buyrakda, taloqda, ba’zida miokardda va ichakda uchraydi. Kesilgan yuzasi quruq bo‘lib, och-qo‘ng‘ir rangda ko‘rinadi. Mikroskopiyada tomir yo’lining qonsizligi bilan harakterlanadi.
Gemorragik infark— turg‘unlik ko‘p qonligida hosil bo‘ladi. Bu infark ichakda, o‘pkada, miokardda, uchraydi. Kesilgan yuza ho‘l, to‘q-qizil rangda. Mikroskopik tomirlarining qonga to‘lishi bilan harakterlanadi, xatto oraliq biriktiruvchi to‘qimada ham qon to‘planadi. Ba’zida eritrotsitlar yemirilsa, gemorragik infark oqimtir rangda bo‘ladi.
Oq infark - organning kattaligiga, anatomo-fiziologik tuzilishiga bog‘liq. Ba’zi infarklar chegaralanadi va shimilib, uning o‘rnida biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan chandiq hosil bo‘ladi. Miokarddagi, ichakdagi yirik infarklar o‘limga olib keladi. Ichaklarda gaz ko‘payishi va atoniyadan o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Bosh miyadagi infarklar falajlanishga olib keladi.
Bu buzilishlar 2 xil: umumiy va mahalliy bo‘ladi. Ko‘pincha mahalliy buzilishlar tez uchraydi va ularga quyidagilar kiradi: giperemiya (ko‘p qonlik), qon quyilish, qon oqish, infarkt, tromboz va emboliyalar kiradi.
Giperemiya – alohida to‘qimada yoki organda qonning ko‘payishi. Venoz va arterial giperemiyalar farq qiladi. Turg‘unlik giperemiyasi keng tarqalgan. Bu giperemiya yurak faoliyatini buzilishidan yoki o‘pka kasalliklarida uchraydi. Bu giperemiya o‘tkir va surunkali formada kechishi mumkin.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling