Makroskopik ko‘rinish.O‘tkir formada jigar tashqi rangi muskat yong‘og‘ini eslatadi-bo‘lakcha markazi qizil qo‘ng‘ir-qizil yoki ko‘k-qizil rangda, chetlari esa och-kulrangda. Organ hajmiga bir necha marta kattalashgan, kapsulasi taranglashgan, kesilganda qon oqish ko‘zatiladi.
Surunkali formada esa muskat tuzilishi qisman saqlangan, qattiq konsistensiyasi va hajmiga kichraygan bo‘lishi mumkin – jigar sirrozi. Qattiq konsistensiya biriktiruvchi to‘qimalar o‘sishi hisobidan bo‘ladi.
Mikroskopik ko‘rinish. Kichik ko‘zguda albatta bo‘lakcha markaziga e’tibor beriladi. Markaziy vena va unga yaqin kapillyarlar qon bilan to‘plangan, kengaygan. Bo‘lakcha chetlarida esa kapillyarlar normaga yaqin (kengaymagan). Bo‘lakcha markazidagi to‘sinchalar ingichkalashgan va bir-biridan chetlashib, hujayralar sochilib joylashgan. Katta ko‘zguda esa bo‘lakchaning markazida va chetlariga e’tibor beramiz. Markazdagi to‘sinchalar yupqalashgan, ba’zi joylarda uzilgan. Jigar hujayralarining chegarasi farq qilinmaydi, ularning yadrosi esa kichraygan, to‘q bo‘yaladi, chetlari notekis, tishsimon – piknoz. Jigar hujayralarida ba’zida sarg‘ish-qo‘ng‘ir pigment – lipofussin ko‘rinadi. Bu uzoq vaqt modda almashinuvining buzilganligidan dalolat beradi. Bo‘lakcha o‘rtasi va chetlaridagi hujayralarida yog‘ tomchilarining o‘rni ko‘rinadi – uzuksimon hujayralar.
Surunkali formada esa bo‘lakcha markazida tayoqsimon biriktiruvchi to‘qimani, chetlarida esa yuqori aytib o‘tilgan strukturali o‘zgarishlar ko‘rinadi.
O‘pka vena qon tomirlaridan ko‘p qonlik, ba’zi alveolalar zardob suyuqligi bilan to‘lgan.
Jigar vena tomirlaridan ko‘p qonlik, markaziy vena va kapillyarlar qonga to‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |