Mashg‘ul‘ulot. Naslli erkak hayvonlar urug‘ining sifatini baholash Mashg‘ulotning maqsadi
Download 221.7 Kb.
|
8 laboratoriya bio
Mashg‘ul‘ulot. Naslli erkak hayvonlar urug‘ining sifatini baholash Mashg‘ulotning maqsadi; Har xil turga mansub bo‘lgan erkak hayvonlarni bolalarining sifatiga qarab to‘g‘ri baholashni va uni naslchilik ishidagi ahamiyatini tushuntirish Uslubiy ko‘rsatmalar: Naslchilik ishlari sistemasida, ayniqsa sun’iy urug‘lantirish keng qo‘llaniladigan sharoitda naslchilik sifatiga qarab baholangan zotdor erkak hayvonlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ona hayvon 1-10 bosh bolalariga, erkak hayvon esa yuz va minglab avlodlarga o‘z ta’sirin o‘tkazadi. Nasldor havonlar bosqichma – bosqich baholanadi: kelib chiqishiga qarab tanalanadi, ya’ni ajdodlarini, opa singillarini mahsuldorligiga e’tibor beriladi. Tanlangan yosh hayvonni o‘ziga xos ko‘rsatkichlariga: o‘sish quvvati, rivojlanishi, konstitutsiyasi va otalantirish (spermaning sifatiga) qobiliyatiga qarab baholanadi. Boshqacha qilib aytganda xususiy fenotipik ko‘rsatkichlariga e’tibor beriladi. Oxirgi yakuniy genotipik baho bolalarning ko‘rsatkichlariga qarab beriladi. O‘zidan yaxshi avlod qoldirgan erkak hayvonlar sifatli hisoblanadi va ularga o‘ziga yarasha sermahsul urg‘ochi hayvonlar saralanadi. O‘rtacha ko‘rsatkichga ega bo‘lgan erkak hayvonni yaxshi ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan urg‘ochi hayvonlar bilan juftlash natijasida yomon avlod olinmaydi ammo yaxshi erkak hayvonni past nasl xususiyatiga ega bo‘lgan urg‘ochi hayvon bilan juftlaganda, hamisha ham sifatli avlod olinmaydi. Sut yo‘nalishidagi qormol zotlari buqalarning avlodlarini o‘sishi, rivojlanishiga, zot xususiyatlarini mujassamlashganligiga, sut miqdoriga va uning tarkibidagi yog‘, oqsil ko‘rsatkichlariga, laktatsiya chizig‘ining doimiyligiga, bir kunlik sut sog‘imi miqdoriga, oziqaga haq to‘lanishi, elin shakliga va sut berish tezligi kabi belgilariga qarab baho beriladi. Go‘shtbop zotlarda biroz boshqacharoq, ya’ni buqalar avlodini o‘sish jadalligiga (8 oyligidan 15 oyligigacha), 1 kg tirik vazn uchun sarflangan oziqa birligiga, 15 oyligidagi tirik vazniga, so‘qimlanish xususiyatiga, so‘yim og‘irligi, so‘yim chiqimi, yog‘ to‘plamiga va go‘shtning sifatiga qarab baholanadi. Baho berilayotgan hayvonlar maxsus xo‘jaliklarda boqiladi. Qorako‘l, soqol qo‘y zotlari, cho‘chqalar, quyonlar, parrandalar va boshqa sergo‘sht hayvonlarning urg‘ochilari ham avlodlarining sifatiga qarab baholanadi va naslchilik ishi uchun muhim o‘rin tutadi. Naslli erkak hayvonlarni bolalarining sifatiga qarab baholaganda quyidagilarga e’tibor berish zarur: 1. Ona hayvonlar ta’sirini hisobga olish; 2. Avlodlarni asrash, o‘stirish sharoitini va ulardan qanday maqsadda foydalanishni hisobga olish; 3. Avlodlar sonini etarli bo‘lishini hisobga olish. Kamida qizlari 5 bosh bo‘lganda baholash maqsadga muvofiq. Shvetsiyada buqalarni 10 bosh qiziga qarab baholaydilar, ammo bu unchalik aniq bo‘lmaganligi uchun koeffitsient ishlatiladi. Masalan qizlar soni 10, 20, 30 va 40 bosh bo‘lsa, quyidagi koeffitsientlar ishlatiladi 10 x 0,5 20 x 0,77 30 x 0,90 40 x 1 Agar mahsuldorligini 8 foizga ko‘paytiradigan buqa 40 bosh qizga qarab baholanayotgan bo‘lsa, u to‘liq indeks baho oladi. 100 – 1,80=100+8=108. Agar qizlar soni 30 bosh bo‘lsa: 100+8x09=107,2; 20 bosh bo‘lsa 100-8x0,77=106,16 va 10 bosh bo‘lsa 100-8x0,5=104% bo‘ladi. V.M.Yudinning fikricha qorako‘lchilikda qo‘chqorlardan 100 boshdan ko‘proq qo‘zi olinganda baholash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 4. Olingan hamma avlodlarning ko‘rsatkichlarini hisoblash; 5.Har bir juftlangan hayvonni tahlil qilish; 6. Juftlanayotgan hayvonlarni yoshini hisobga olish; 7. Olingan avlodlarni eksteryer, konstitutsiyasiga va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga qarab baholanganligini hisobga olish va h.k. Zotdor erkak hayvonlarni baholashning bir necha xil usuli mavjud; Baholanayotgan erkak hayvon urg‘ochilarining ko‘rsatkichlari, ularning onalari ko‘rsatkichi bilan solishtiriladi. O=2D-M Bunda: O - buqa indeksi D - qizinning mahsuloti M - onasining mahsuloti Baholanayotgan buqalar qizlarining ko‘rsatkichlari boshqa tengdoshlarining ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi. Bunda F.F.Eysner tavsiya qilgan formuladan foydalanish mumkin. P= Bunda S - tengdoshlari ko‘rsatkichi D - Qizlarining ko‘rsatkichi P - Buqa potensiali Buqalar qizlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini mazkur podadagi hayvonlarning o‘rtacha mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bilan solishtirish; Buqalar qizlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini birinchi klass standartlari bilan solishtiriladi. Bir necha erkak hayvon urg‘ochi naslining ko‘rsatkichlari bir-biri bilan taqqoslab xulosa qilinadi. Diallel va poliallel juftlash usuli “Yaxshilovchi-yomonlovchi” usulidan foydalanish yo‘li bilan baholanayotgan buqaning qizlari o‘zlarining onalari ko‘rsatkichlari bilan korrelyasiya panjarasi yordamida solishtiriladi.
93-rasm. Korrelyasiya panjarasi. Agarda buqaning qizlari o‘z onalaridan o‘zsa, ya’ni mahsuldorligi yuqori bo‘lsa, buqa yaxshilovchi, onasining mahsulotidan kam bo‘lsa, buqa yomonlovchi, agarda qizlari bilan onasini mahsuldorligi teng bo‘lsa buqa neytral bo‘ladi. Tengqurlar usuli yordamida baholanayotgan buqalarni urg‘ochi naslini o‘z tengdoshlari bilan solishtirib baholashdan tashqari, ularning onalarini ko‘rsatkichlarini, tengdoshlari onalarining ko‘rsatkichlari bilan ham taqqoslash mumkin. Bunga misol qilib Orlov viloyati M.Gorkiy nomli naslchilik davlat xo‘jaligidan olingan simmenial va Yaroslav viloyati “Gorshixa” jamoa xo‘jaligidan olingan Yaroslav zotiga mansub buqalarning ko‘rsatkichlarini olishimiz mumkin (88-jadval). 88-jadval ma’lumotlaridan shunday xulosa qilish mumkinki, 23-raqamli “Vajniy” buqasining qizlari ko‘rsatkichlari bilan ularning tengdoshlari ko‘rsatkichlarini solishtirganda buqa yomonlovchi bo‘ladi. Ammo qizlari o‘zlarining onalariga nisbatan 630 kg sutni ko‘p berishgan. Buqaning qizlarida o‘z tengdoshlaridan 164,6 kg kam mahsulot bergan bo‘lsa. Ularning onasi bilan buqaning qizlar orasidagi tafovut 821,0 kg ni tashkil qilgan. 4858 raqamli Liman buqasining qizlari onasiga nisbatan 194,8 kg sutni ko‘p bergan. Shuni ham qayd qilish kerakki, buqaning qizlari onasi, tengdoshlarining onasiga nisbatan 924 kg ko‘p sut berishgan. Demak bu holatda buqa yaxshilovchi. 39-raqamli valet buqasining qizlari ko‘rsatkichlari o‘zining onasi va tengdoshlari ko‘rsatkichlaridan uncha farq qilmagan. Yaroslav zotiga mansub 62 YaYa-4972 buqasini neytral deyish mumkin, chunki uning qizlarini sut mahsuldorligi onasiga nisbatan 298 kg ko‘pdir. Ammo o‘z tengdoshlariga nisbatan bu ko‘rsatkich 190 kg kamdir. 900 YaYa-5121 Mayak buqasi har tomonlama yaxshilovchidir. Chunki uning qizlari sut mahsuloti bo‘yicha (4564 kg) onasini (3721 kg) ham, tengdoshlarini (4122 kg) ham ancha orqada qoldirishgan. 577 YaYa 5028 Tverdiy buqasi qizlarining sut mahsuloti 4237 kg, undagi yog‘ esa 4,60 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich ularning tengdoshlariga nisbatan shunga muvofiq 4211 kg va 4,52 % dir. Buqani baholashda uning barcha urg‘ochi naslli hamda ularning bir xil sharoitda boqilgan va sut berib turgan barcha tengdoshlari hisobga olinadi (24 oylikdan kam va 33 oylikdan yuqori yoshda birinchi marta tuqqan, shuningdek, kasal, bolasi tushgan va elinining pallasi qurishib qolgan hayvonlar bundan mustasno). Buqa naslining sifatiga qarab beriladigan bahoning aniq bo‘lishi quyidagi omillarga: buqaning urg‘ochi naslli va ular bilan taqqoslanadigan hayvonlar soniga, ularning mahsuldorlik darajasiga urg‘ochi hayvonlar bilan ona hayvonlarning yoki urg‘ochi hayvonlar bilan ularning tengdoshlari ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar kattaligiga bog‘liq. Boshqa jihatlari teng bo‘lgan shgaroitda buqadan qancha ko‘p nasl olingan bo‘lsa va farq qancha katta bo‘lsa, baholash natijasi shuncha aniq bo‘ladi.Buqa o‘z urg‘ochi naslining o‘sish va rivojlanishiga, sut miqdori va sutning yog‘liligiga, sut tarkibidagi oqsil miqdoriga, elinning shakli va sut berish tezligiga, laktatsiya egri chizig‘ining bir tekisligiga, berilgan oziqaning mahsulot bilan qoplanishiga qarab baholanadi. Nasldor buqalarni avlodlarining nasl sifati bo‘yicha baholash jadvali
Izoh: Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini o‘tkazish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq Otlarni avlodlarining sifati bo‘yicha baholash jadvali
Izox: Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini o‘tkazish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq 1-topshiriq. Samarqand viloyati Payariq tumaniga qarashli Oxunboboev nomli davlat xo‘jaligida urchitilgan qizil cho‘l zotli buqalarni qizlarining sut berish xususityaiga qarab baholang (89-jadval). 89-jadval Qizil cho‘l zotli buqalar qizlarining sut berish ko‘rsatkichlari (S.D.Dustkulov, F.I.Isroilov)
2-topshiriq. Quyidagi ma’lumotlar asosida tagil zotli UT-288 Mureka naslli buqaning “Yaxshilovchi-yomonlovchi” usulidan foydalanib naslining sifatiga qarab baholang. Sut va yog‘ mahsuloti bo‘yicha buqa indeksini hisoblang. 90-jadval Ut-288 Mureka buqasi qizlari va ularning onalarini mahsuldorlik ko‘rsatkichlari
3-topshiriq. Orlov zotli otlarni Riona va Otklik ayg‘irlari avlodlarining chopqirlik xususiyatlari bo‘yicha baholang (DNK ning XII-XIII t.). 91-jadval Riona va Otklik ayg‘irlari avlodlarining chopqirlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari
4-topshiriq. Jadval ko‘satkichlaridan foydalanib buqalarni avlodlariga qarab ikki usul yordamida baholang va tegishli xulosa qiling. 92-jadval Qora-ola zotli buqalarni har xil usul yordamida bolalarning ko‘rsatkichlariga qarab baholash natijalari (P.R.Leper va Z.S. Nikoro)
5-topshiriq. 93-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, F.F.Eysner formulasi bo‘yicha golland zotli buqalarning qizlari bilan ularning tengdoshlari ko‘rsatkichlarini solishtirib baholang. 93-jadval Golland zotli buqalarning qizlari va qora-ola zotli tengdoshlarining mahsuldorligi (M.M.Lebedev)
6-topshiriq. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining O‘quv-tajriba xo‘jaligidagi qora-ola va golshtin zotli naslli buqalarning naslli sifatini har xil usullardan foydalanib baholang. 94-jadval Qora-ola v agolshtin zotli buqalar qizlari tengqurlari hamda onalarining sut mahsuldorligi (S.D.Dustqulov, I.I.Golubkin, M.CH.Cho‘tboev, F.I.Isroilov)
7-topshiriq. Jadval ko‘rsatkichlari asosida tekshirilayotgan xo‘rozlarning jo‘jalarini 2-guruh tovuqlar mahsuloti bilan solishtirib baholang. 95-jadval Tekshirilayotgan xo‘rozlar xo‘rozlar jo‘jalarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlari (S.I.Smetnev)
8-topshiriq. “Konimex” davlat naslchilik zavodida jaket barra tipli naslli qorako‘l qo‘chqorlarini har xil barra tipli sovliqlar bilan juftlash natijasida olingan qo‘zilar sifatiga qarab qo‘chqorlarni baholang (96-jadval). 96-jadval Jaket barra tipli qo‘chqorlar bilan har xil barra tipli sovliqlarni juftlashda olingan qo‘zilar sifati (I.N. Dchkov, U.Manatov).
Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling