Mashhur o’zbek olimi, matematik, astronom va tabiatshunos O’zbekistonning Xorazm oblastidan bo’lib, fan tarixida alohida o’rin tutadi


Download 20.03 Kb.
bet6/13
Sana09.01.2022
Hajmi20.03 Kb.
#267637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mashhur o’zbek olimi, matematik, astronom va tabiatshunos O’zbek-fayllar.org

Xorazmiyning boshqa bir qimmatbaho asari - «Arifmetika» faqat matematika tarixida emas, balki umuman fan va madaniyat tarixida ham juda katta ahamiyatga egadir. By kitob orqali o’nli pozision sanoq sistemasi yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga, Yevropaga tarqala boshlagan. Bu sanoq sistemasi o’sha davrda hukm surayotgan, harfli sanoq sistemasi va rim sanoq sistemasiga nisbatan juda mukammallashgan bo’lib, turmush ehhtiyojlari uchun tez orada qabul qilina boshlagan progressiv sanoq sistemasi edi. Xorazmiyning bu asari asosida juda ko’p kitoblar yozildi, bularda Xorazmiyning pozision sanoq sistemasini tatbiq etishdan iborat progressiv ideyalari davom ettirildi, Xorazmiyning bu asari uning «al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob" asaridan keyin yozilgan bo’lib, uning original nusxasi hozirgacha topilmagan. Bu asarning lotincha tarjimasi (XIV asr qo’lyozmasi) Kembrij universitetida saqlanmoqda.


  • Xorazmiy o’zining arifmetikasida hindlarning to’qqiz raqam 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 va nol yordami, ya’ni o’nli pozision sistema bilan istalgan sonning oson va qisqacha ifodalanishini bayon etish maqsadida ekanligini yozadi. Shuningdek, bu kitobda arifmetikaga doir masalalarni- sonlarni ko’paytirish va bo’lish, qo’shish va ayirishni bu sistema orqali juda osonlik bilan bajarish mumkinligi qayd qilinadi. Xorazmiy avval sonlarning pozision sistemasini tushuntiradi, so’ngra butun sonlar va kasr sonlar ustida amallar bajarish qoidalarini va, nihoyat, kvadrat ildiz chiqarish qoidalarini bayon etadi. Yevropada bungacha rim raqamlari ishlatilar ediki, bu raqamlar o’zining murakkabligi bilan noqulay edi. Sharqda esa raqamlarni so’zlar yoki harflar bilan ifodalardilar, VIII asrning 70-yillaridan hind raqamlari astronomik jadvallar bilan bir qatorda Bag’dod va boshqa Sharq mamlakatlariga kira boshladi. Yarim asrdan keyin esa o’nlik pozision sistema boshqa xalqlarga ma’lum bo’la boshladi.

Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling