Mashina detallari fanining o‘rni va ahamiyati, o‘rganiladigan muammolari


Download 211.28 Kb.
bet8/10
Sana16.06.2023
Hajmi211.28 Kb.
#1515102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза

Metallmas materiallar.Mamlakatimiz boy moddiy resurslarga ega. Lekin ko’ra metallarni ishlab chiqarish zaxiralari talablarimizni to’la qondira olmaydi. Shuning uchun metallni o’rnini bosa oladigan yuqori darajada fizik-mexanik xarakteristikalarga ega bo’lgan polimer materiallarni qo’llash muhimdir. Plastmassalar metallmas materiallar bo’lib, tabiiy va sintetik polimerlar asosida olinadi va ulardan plastik deformatsiyalash usullari bilan detallar tayyorlanadd.
Plastmassalar bir necha gruppaga bulinadi: mashina detallari uchun ishlatiladigan konstruksion plastmassalar termoreaktiv smolalardaniborat kompozitsiyadir; agressiv muhitda ishlaydigan detallar uchun qo’llanadigan korroziyabardosh plastmassalarga kiradigan ftoroplastlar va polixlorvinillar; issiqlikni utkazmaydigan asbotekstolit va shishatekstolit plastmassalar; qistirma, zichlamabop plastmassalar; elektro izolyasion getinaks, ftoroplast materiallar; friksion asbotekstolitlar; antifriksion, yorug‘lik o’tkazadigan va boshqa turlarga bulinadi.
Plastmassalardan detallar presslash, bosim ostida quyish, plastmassa listlarni shtamplash va boshqa usullar bilan olinadi.
Rezina- bu tabiiy va sun’iy sintetik kauchukning kimyoviy o’zgarishi (vulkanizatsiya qilinishi) natijasida hosil bo’lgan mahsulot bulib, u yuqori elastik, eyilishga chidamlilik elektro izolyasion xossalarining yaxshiligi, kimyoiiy barqarorlik, gaz va suv o’tkazmaslik kabi xossalari tufayli xalq xujaligining turli sohalarida keng qo’llaniladi.
Rezinaning mustahkamligini oshirish uchun undan yasalgan detallar armirlanadi, yani metall-kord, po‘lat-sim yoki to‘r , shisha yoki kapron iplar qo‘shib tayyorlanadi.
Rezinalar ichida poliuretanlar alohida o‘rin egallaydi.
Rezinalarga qaraganda ularning fizik-mexanik xossalari yuqori, agressiv muhitlarga, yog‘, suyultiriltan kislota va ishqorlarga chidamliroq, mustahkamligi katta, eyilishga chidamlidir.


Mexanik uzatmalar haqida ma’lumot
Energiya manbai bulgan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‘ida joylashib, ularni о‘zaro bog‘lovchi hamda harakatni talab qilingandek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalardeb ataladi.
Mashinasozlikda mexanik, elektrik, pnevmatik vagidravlikuzatmalardan foydalaniladi. Mashina detallari kursida esa faqat mexanik uzatmalar о‘rganiladi.
Uzatmalarning energiya manbai bilan ish bajaruvchi qismi о‘rtasida joylaishshining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

  • Elektr dvigatel vallarining aylanishlar chastotasini ishchi vallarning aylanishlar chastotasiga nisbatan kattaligi;

  • Burovchi moment qiymatlarini uzatma vallarining aylanishlar chastotasi hisobiga о‘zgartirish mumkinligi;

  • Elektrodvigatel validagi aylanma harakatni ilgarilama, tebranma va boshqa harakatlarga aylantirish.

Harakatni bir valdan bir necha valga uzatuvchi mexanik uzatmalar ikki turga bо‘linadilar:

  • Ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friksion,tasmali, vintli);

  • Ilashish hisobiga ipshaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli,zanjirli).

Uzatma vallari yetaklovchi va yetaklanuvchi vallarga bо‘linadi, bu vallarni bir-biridan ajratish uchun indekslar qabul qilingan. Masalan, «1» indeks yetaklovchi valga, «2» indeks yetaklanuvchi valga taalluqli.


Download 211.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling