Mashina detallari fanining o‘rni va ahamiyati, o‘rganiladigan muammolari


Download 211.28 Kb.
bet5/10
Sana16.06.2023
Hajmi211.28 Kb.
#1515102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза

Yuqori uglerodli po‘latning55, 60, 70, 75, 80, 85 markalari mustahkamligi va qattiqligi yuqoriligi bilan ajralib turadi va prokat stanlarning vallarini, tros simlarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Marganets miqdori ko‘p bo’lgan60G, 65G, 70G markali po’latlar chuqurroq toblanadi, eyilishga chidamli, prujina, ressorlar tayyorlashda ishlatiladi.
Legirlangan po‘latlar. Bu po‘latlar tarkibida odatdagi aralashmalardan tashqari, uning xossalarini belgilovchi legirlovchi elementlar ham bo‘ladi. Legirlovchi elementlarga xrom, volfram, vanadiy, molibden, nikel, shuningdek, kremniy va marganets kabi elementlar kiradi. Legirlangan po‘latlardan foydalanish metall sarfini kamaytirib, buyumning puxtaligi va uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi.
Konstruksion legirlangan po‘latlarning sifatli, yuqori sifatli va juda yuqori sifatli xillari bo‘ladi. Yuqori sifatli po’lat markasining oxiriga A harfi, juda yuqori sifatli po‘lat markasshgang oxiriga defis orqali SH harfi qo‘yiladi. Masalan, 12XN3A po‘lat yuqori sifatli, 30XGS—SH po‘lat juda yuqori sifatlidir. Sifatli po‘latda 0,25% gacha, yuqori sifatli po‘lat— larda esa 0,015% gacha oltingugurt bo‘lishiga ruxsat etiladi. Konstruksion legirlangan po‘latlar turli sohaalarda ishlatiladi.
Qattiqligi, mustahkamligi, korroziyaga chidamliliga yuqori bulgan xromli 15X, 20X, 30X, 45X, 40XR, 40XS markali po‘lat materiallar juda ko‘p ishlatiladi.
Xrom - nikelli, xrom – nikel- molibdenli po‘latlarning 40XN,13X3NFA va boshqa markalari mashinasozlikda muhim rol uynaydi. Bu materiallar mashinalarniig tishli g‘ildiraklari, turbina detallarini tayyorlashda ishlatiladi. Ularning eyilishga chidamliligi yuqori. Legirlangan konstruksion po‘latlarga shartli podshipnikbop po‘latlar ham kiradi. Bu po‘latning SHX6, SHX15, SHX15GS markalari mavjud. Raqam xromning miqdorini foizning undan bir ulushida kursatadi.

Download 211.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling