Silindrik tishli uzatmalarni tuzilishi va ish prinsipi
Friksion(ishqalanish) uzatmada ikki silindrik g‘ildirak uzaro ishqalanib harakt qiladi (18-rasm). О‘zaro ishqalanib aylanma harakat qilayotgan silindrlarni boshlangich silindrlar deb qabul qilib, ularning diametrlarini boshlang‘ich yoki bо‘luvchi aylanalar diametri deb hisoblash mumkin. Tishli g‘ildirak chizmasida bunday aylanalar shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi. G‘ildirak tishlarining
18-rasm.
kallaklari shu boshlang‘ich aylanadan yuqorida, tish oyog‘ining(tubining) qismlari shu boshlang‘ich aylananing ostida joylashadi. Shunday qilib boshlang‘ich yoki bо‘luvchi aylana tishlarni ikkiga ajratuvchi aylana hisoblanadi.
Ilashishda bo’lgan bir juft tishli g’ildirakni ko’rib chiqamiz (19-rasm, b), ularning tishlari balandligi va eniga nisbatan proporsional ravishda kichrayib boradi deb tasavvur qilamiz(19-rasm, a), bunda o’qlar orasidagi masofa aw o’zgarmasdan qoladi. Tishlarning o’lchamlari cheksiz kichrayib borsa, tishli gildirak silliq yuzali silindr(katok)ga aylanib qoladi, ya’ni bir birining ustidan ishqalanishsiz dumalaydigan holatga keladi(19-rasm, c, d). Bu silindrlar boshlang’ich deb atalib, chizmada boshlang’ich aylanalar sifatida proyeksiyalanadi. Aylanma harakatni yetakchi valdan yetaklanuvchi valga uzatishda tishli g‘ildiraklardan foydalaniladi va shuning uchun ham tishli g‘ildiraklarning biri yetaklovchi ikkinchisi yetaklanuvchi deb ataladi. Tishli uzatmalarning kichigi shesternya, kattasi esa g’ildirak deb yuritiladi (20-rasm).
19-rasm.
Tishli ilashmalarda boshlang‘ich aylanalar о‘zaro urinma qilib chiziladi. Bu yerda boshlang‘ich aylanalarning biri d1, ikkinchisi d2 deb belgilanadi (21-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |