Mashina detallari fanining o’rni va ahamiyati


Download 323.23 Kb.
bet1/14
Sana30.01.2024
Hajmi323.23 Kb.
#1816907
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
llil


  1. Mashina detallari fanining o’rni va ahamiyati

Mamlakatimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishda halq ho`jaligining muhim tarmoqlaridan biri-mashinasozlik asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Chunki, Mashinasozlik sanoati, qishloq ho`jaligi va konchilik sohasida har bir ishchi,muhandis va olimning vazifasi zamon talablariga javob bera oladigan, foydali ish va koeffisienti yuqori, konstruksiyasi mumkin qadar sodda bo`lgan mashinalar yaratishdan iborat.


Ana shunday muhandislarni tayyorlashda «Mashina detallari» kursi alohida o`ringa ega.
Kursning maqsadi: Mashinalar uchun bir hil bo`lgan detallarni hisoblashda va
loyihalashda zamonaviy usullarni, qoidalarni takomillashtirish, muhandislik tafakkurini rivojlantirishdir.
Ushbu ishchi dastur O`zbekiston respublikasi Prizidenti I.A.Karimovning 12 aprel 2001 yildagi 2829 sonli farmoniga va Vazirlar mahkamasining 13 apreldagi № 173 sonli qaroriga binoan konchilik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va Navoiy davlat konchilik institutining Navoiy Metallurgiya kombinatiga o`tishi munosabati bilan Davlat ta`lim standartlariga mos ravishda tuzilgan bo`lib, mashinasozlik yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlash uchun mo`ljallangan.
Kursning vazifalari: detallarning mashinadagi ishlash sharoitlarini xisobga olgan holda hisoblash va loyihalash malakallarini talabalarga singdirish.
Materiallarni to`g`ri va aniq tanlash, detal shaklini, aniqlik darajasini va yuzani ishlanish sifatini to`g`ri belgilash, mustahkamlikka, bikrlikka, ustivorlikka, ishqalanishga chidamlilikka va boshqa ishchan qobiliyati va layoqati me`zonlariga hisoblashni o`rganishdir



  1. Mashina detallari fanining rivojlanish tarixi

Xalq xo'jaligini har tomonlama rivojlantirish, mehnat samaradorligini oshirish. mahsulot sifatini yaxshilash fan asosida yaratilgan texnikaga bog‘liq. Texnika va texnologiyaning jadal sur’atlarda rivojlanishi, avtomatlashtirish va boshqarish tizimining keng miqyosda qo‘llanilishi texnika fanlariga boMgan talabni yanada kuchaytirmoqda. Shuning uchun loyihalangan mashinalar, ularning detallari mumkin qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, bejirim, davlat standartlariga toMiq mos keladigan boMishi shart. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda ularni yangisiga tez va qulay almashtirishning ham imkoni boMishi zarur. Sanoatda ish I ati lad i gan barcha mashinalarda shunday uzel va detallar borki, bu detal va uzellami alohida guruh sifatida qarab, loyihalash, hisoblash va uning nazariy asoslarini yaratish mumkin. Masalan, birikmaiar, o ‘z navbatida tuzilish jihatidan ajralmas va ajraluvchan birikmalarga boMinadi. Uzatmalar harakatni bir valdan ikkinchi valga uzatish uchun ishlatiIadigan mexanizm boMib, ular energiya manbai bilan ishchi val o‘rtasida o ‘rnatiladi. Harakatni ishqalanish yoki ilashish yordamida uzatish mumkin. Mashina detallari fani, asosan, yuqorida ko‘rsatilgan detal va uzellarni, va’ni hamma sanoatda ishlatiladigan mashinalarga xos boMgan detalllarni loyihalash, hisoblash va hisoblashning nazariy asoslarini o'rganadi. Hozirgi zamon dunyo fani va texnikasining rivojiga 0 ‘rta Osiyo olimlarining qo'shgan hissalari beqiyosdir. Yuqorida ko‘rsatilgan detallarning oddiy ko‘rinishlarini OMta Osiyo olimlari tomonidan qoM mehnatini yengillashtirish uchun yaratilgan mexanizmlarda ko'rish mumkin. Masalan. buyuk d im Abdul Abbos Ahmat ibn Muhammad Qasr al-Farg‘oniy (788-yilda tug‘ulgan) tomonidan yaratilgan mexanik kalendar, burchaklarni oMchash asboblari va boshqa asboblari. Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Sinoning (980-1078) «Aql mezoni» asarida mexanikadagi oddiy sistemalar, ya'ni chigMrlar, richaglar, bloklar, vintlar va ponalardan tuzilgan mexanizmlarning ishlash printsiplari batafsil bayon etilgan.






  1. Download 323.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling