Mashina detallari fanining o’rni va ahamiyati


Detallarni ishlash layoqati va ta’minlash


Download 323.23 Kb.
bet3/14
Sana30.01.2024
Hajmi323.23 Kb.
#1816907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
llil

Detallarni ishlash layoqati va ta’minlash



O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligini rivojlantirish, unumdor yerlarga agro texnik ishlov berish maqsadida ko’plab tadbirlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Bu borada ko’plab davlatlardan texnikalar olib kelinmoqda va ularni mahalliylashtirish, bizning iqlim sharoitga moslashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunday ishlarni injinerlar ihcham, sodda, qattiq va toshloq yerlarga ham bardoshli bo’lgan texnikalarni loyihlashmoqda. Bunda loyihalashni ma’lum me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirish lozim bo’ladi. Muammonig qo’yilishi: Loyihalanayotgan detal, birinchidan ma’lum vaqt davomida o’z mustahkamligini to’la saqlaydigan, ortiqcha tamir talab qilmaydigan bo’lishi, ikkinchidan, to’g’ri ishlashi, uchinchidan, mashinadan foydalanishda odam uchun xavf tug’dirmaydigan bo’lishi, to’rtinchidan, tayyorlanishi texnologik nuqtai nazardan qulay va tejamli, ya’ni mustahkamligini saqlangani holda o’lchamlari kichik, imkoni boricha yengil va arzon turishi lozim. Detalning ishlash layoqatini aniqlaydigan asosiy belgilar quyidagilardan iborat: Mustahkamlik, bikrlik, issiqa bardoshlilik, yoyilishga va titrashga chidamlilik. Detalning ishlash layoqatini qaysi belgiga qarab aniqlash lozimligi, shu detalning ishlash sharoitiga bog’lik. Maasalan: sirpanish podshipnigining ishlash layoqatini aniqlash uchun asosiy belgi yoyilishga chidamlilik bo’lsa, boltlar uchun mustahkamlik, vallar uchun esa bikrlik, mustahkamlik va titrashga chidamlilikdir. Mustahkamlik. Ishlash sharoitida detalning deformastiyalanishi me’yorida bo’lgani holda, sinmay va benuqson ishlay olish xususiyati uning mustahkamligi deyiladi. Yangi detallarni loyihalashda, avvalo, ularning mustahkam bo’lishini ta’minlash zarur. Detalning mustahkamligini ta’minlash uchun unga ta’sir etayotgan kuch yoki momentdan xavfli kesim yoki yuzada hosil bo’ladigan kuchlanishni topish va uni ruxsat etilgan qiymati bilan solishtirish lozim. Agar xisoblash natijasida topilgan kuchlanishning qiymati ruxsat etilgan qiymatidan kichik yoki unga teng bo’lsa, detalning mustahkamligi ta’minlangan bo’ladi. Titrashga chidamlilik. Mashinalar ishlash tezligining tobora oshirilishi va detallar og’irligining kamaytirilishi xar-xil titrashlarning paydo bo’lishi uchun imkoniyat tug’dirmoqda. Ma’lumki titrashlar mashinaning ishlashiga salbiy ta’sir ko’rsatib, detallarning toliqishi oqibatida ishdan chiqishini tezlatadi. Bu borada rezonans xodisasi, ayniqsa xavflidir. Odatda, detallarning titrashga chidamliligini ta’minlash uchun rezonans xodisasini keltirib chiqaradigan omillarni yo’qotish kerak. Ma’lumki, rezonans xodisasi detalning o’zida hosil bo’ladigan xususiy tebranish 10 chastotasi tashqi kuch ta’sirida bo’ladigan tebranish chastotasi bilan bir xil bo’lib qolganda ro’y beradi. Shuning uchun, bu ikki chastotani xisoblab, bir – biriga teng bo’lib qolmasligini ta’minlash kerak. Bundan tashqari, mashinalarda titrash xodisasini kamaytirish uchun titroq so’ngdirgichlardan, ya’ni maxsus elastik elementlardan xam foydalaniladi. Issiqlikka chidamlilik. Mashinalarning bir-biriga ishqalanib ishlovchi detallarida temperaturaning ma’lum darajada oshib ketishi, shu detallarning ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bunday mashinalarni loyihalashda ularda hosil bo’ladigan issiqlikning me’yoridan ortib ketmasligi, ya’ni Q  Q1 bo’lishiga erishmoq zarur. Q–mashinada hosil bo’ladigan issiqlik miqdori. Q1 – mashinadan tashqariga tarqaluvchi issiqlik miqdori. Yoyilishga chidamlilik. Ishlash vaqtida ishqalanuvchi detallarning ishlash davri yoyilish darajasiga qarab belgilanadi. Yoyilish natijasida detalning o’lchamlari o’zgaradi, bu esa o’z navbatida yoyilgan detalning notekis ishlashiga sabab bo’ladi. Metall kesish stanogining detallari yoyilganda esa, bu stanokda tayyorlangan mahsulot notekis chiqadi. Shuning uchun detalning yoyilishi ma’lum darajaga etganda uni almashtirish kerak. Detalning tez yoki sekin yoyilishini uning ishlash sharoiti, moylanish darajasi, kontakt kuchlanishning qiymati va boshqalarga bog’lik.




  1. Download 323.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling