Mashina detallarida ruxsat etilgan o’lchamlarni aniqlash. Reja detallarning shakllari. Geometrik shakl o`zgarishlari
Jadval 4.1. Shakl va joylashish dopusklari va ularning shartli belgilari
Download 247.28 Kb.
|
Маъруза №4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Jadval 4.1.
Shakl va joylashish dopusklari va ularning shartli belgilari
Fazoda o`qning to`g’ri chiziqlikdan chetlanishi va o`q to`g’ri chiziqliligining cheklama maydonini T 4.2. – shaklda ko`rsatilgan. Bu atama o`qning egiluvchanligi atamasini almashtiradi. Yassi sirtlar shaklining chelanishlari. YAssilikdan chetlanish me`yorlanayotgan qism chegaralarida real sirt nuqtalaridan to urinuvchi tekislikkacha bo`lgan eng katta masofa kabi aniqlanadi (4.3. – shakl). Yassilikning cheklama maydoni – yassilik cheklama T ga teng masofada biri ikkinchisidan orqada qoladigan ikkita parallel tekisliklar bilan chegaralangan soha (4.3. – shakl). Kabariqlar (4.3.–shakl) va botiqlik (4.3.–shakl) yassilikdan cheklanish xususiy ko`rinishlari bo`lib hisoblanadi. Tekisliklar to`g’ri chiziqlikdan chetlanish (4.3.–shakl) real profil nuqtalardan to urinuvchi to`g’ri chiziqkacha bo`lgan eng katta masofa kabi aniqlanadi. Tekislikda to`g’ri chiziqlikning quyi maydoni shu shaklning o`zida ko`rsatilgan. 4.3. – shakl. Chetlanishlarning joylashuvi. Sirtlar shakli va joylashuvining chetlanishlarini o`lchash usullari va vositalari. Detallar sirtlari shakllarning chetlanishlari universal va maxsus o`lchov vositalari bilan aniqlanadi. Ovallik va yoqlari juft sonli ogranka ikki kontaktli priborlar bilan o`lchanadi. Ovallik detalning ikkita o`zaro perpendikulyarlik yo`nalishlarda o`lchangan eng katta va eng kichik diametrlari o`rtasidagi ayirmasining yarmiga teng. Yoqlar tok sonli ogranka ikki nuktali kontakli priborlar bilan o`lchab bo`lmaydi. Uni xalqada yoki uch kontaktli qurilmalarida o`lchash mumkin. Doiraviylikdan cheklanish pribor doira o`lchagichda nisbatan aniq o`lchanish mumkin. Slindrlikdan cheklanishni bevosita ishonchli o`lchaydigan vosita hozircha yo`q. YOqlari toq sonli ogranka va o`q to`g’ri chiziqligidan chetlanishning o`qligida slindriklikdan chetlanish ikki kontaktli pribor bilan detalning kamida ikkita chekki va o`rta kesimlarida o`lchangan sirtining eng katta va eng kichik diametrlari orasidagi ayirma kabi aniqlanadi. Agar yoqlari toq sonli ogranka yoki o`q to`g’ri chiziqliligidan chetlanish mavjud bo`lsa bunda tsilindlikni bilvosita aniqlash uchun har bir yoq alohida o`lchanadi, hamda eng katta va eng kichik diametrlar yarim ayirmasi bilan joylanadi. Yassililikdan va to`g’ri chiziklilikdan chetlanishni o`lchash uchun turli konstruktsiyadagi satx o`lchagichlar, optik chizg`ichlar, optik torlar va yassilik o`lchagichlar qo`llaniladi. Yassilikni bo`yoqlangan qiyoslovchi plitalar vositasida aniklash mumkin (yuza birligi to`g’ri keladigan dog’larning aniqlangan eng kam soni bo`yicha). To`g’ri chiziqlilikdan chetlanishni profilogramma bo`yicha aniqlash mumkin. 4.1. Jadval Chizmalarda shakl va yuzalar joylashish dopuklarini belgilashga misollar
Nazorat savollari Mashinasozlikda detallarning shakllari qanday elementar qismlardan tashkil topadi. Detallarning geometrik shakl o`zgarishlari qanday aniqlanadi. Ovallik qanday aniqlanadi? Slindrlikdan chetlanish qanday aniqlanadi? Download 247.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling