Mаshinа vа mexаnizmlаrning tuzilish аsoslаri


Download 412.5 Kb.
bet1/9
Sana15.06.2023
Hajmi412.5 Kb.
#1487200
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1404217110 52027


MАSHINА VА MEXАNIZMLАRNING TUZILISH АSOSLАRI. KINEMАTIK JUFTLАR VА KINEMАTIK ZАNJIRLАR NАZАRIYASI. MEXАNIZMLАRNING ERKINLIK DАRАJАSI


REJА
1. Аsosiy tushunchalar. Bo`g`in, kinematik juft, kinematik zanjir tushunchalari.
2. Harakatlanuvchanlik va bog`lanishlar.
3. Kinematik juftlar klassifikatsiyasi.
4. Kinematik zanjirlar va ularning turlari.
5. Kinematik zanjirlarning erkinlik darajasi.
6. Comov-Malishevning fazoviy kinematik zanjirlar uchun strukturaviy formulasi.
7. Tekis kinematik zanjirlar uchun P.L. Chebishevning strukturaviy formulasi.
8. Mexanizmlardagi ortiqcha bog`lanish va uni aniqlash.
Ma`ruzaning o`quv muammolari va ularning holatlari
Turli kinematik juftlarni sifatli va miqdoriy baholash va shu asosda ularni guruhlarga va sifatlarga ajratish ushbu ma`ruzaning asosiy muammosi hisoblanadi. Ushbu muammolarni qanday hal qilish ma`ruzada ko`rsatilgan. Bunda bog`lanish sharti va erkinlik darajasi kabi fundamental tushunchalarga tayanib har bir kinematik juftlarning erkinlik soni yoki bog`lanishlar soni orqali baholangan. Shuningdek, kinematik juftlar va bog`lanishlar klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan.
Talabalar diqqatini ma`ruzaning asosiy muammosiga - kinematik juftlarni baholash va ularning klassifikatsiyasini tuzishga qaratish foydalidir.
I. Mexanizmlar qattiq jismlardan iborat
Qattiq jism deganda faqat absolyut qattiq emas shuningdek, qayishqok jismlar ham nazarga olinadi.
Mexanizmlarni hosil qiluvchi qattiq jismlar bo`g`inlar deb ataladi. Bo`g`in nisbiy harakatlanmaydigan bir necha detallardan iborat bo`lishi mumkin.


1-shakl. To`rt sharnirli mexanizm
1 - shaklda tasvirlangan mexanizm 0-tayanch, 1-krivoship, 2-shatun, 3-koromislo bo`g`inlaridan iborat. Bo`g`inlar bir-biriga nisbatan aniq harakat qilaoladi. Masalan, 1-krivoship tayanchning А nuqtasi atrofida aylanadi, 2-shatun 1-krivoshipga nisbatan aylanadi va h.k. Bir-biriga tegib turuvchi bo`g`inlarning qo`zg`aluvchan bog`lanishiga kinematik juft deb ataladi.
B o`g`inlarning doimo tutashishda bo`lishi kinematik juftning konstruktsiyasi yoki qandaydir kuch orqali ta`minlanadi. Har bir juftlik o`z elementiga ega. Bo`g`inlarning bir-biri bilan tegib turuvchi yuzalari, chiziqlari yoki nuqtalari kinematik juft elementlari deyiladi. 1-jadvalda turli elementlardan iborat kinematik juftlarga misollar keltirilgan. Bo`g`inlar harakatida kinematik juft elementlari o`z harakterini (turini) o`zgartirmaydi. Masalan, tsilindr tekislikda.


2-shakl. Tekislikda tsilindr.
Bunda juftlik elementi chiziqdir va harakatda nuqtaga yoki tekislikka aylanmay o`zgarmas holda bo`lishi kerak.
Kinematik juft bo`g`inlar nisbiy harakatini o`rganishda bo`g`inlardan birini fikran qo`zg`almas deb, ikkinchisini harakatlantirish kerak. Masalan, 2-shaklda 1-tekislikni fikran qo`zg`almas deb qabul qilib, 2-tsilindirni turlicha harakatlantiramiz. Bunda 4ta nisbiy harakatlar: strelka bilan ko`rsatilgan 2ta aylanma va 2ta ilgarlanma harakatlar sodir bo`ladi. Bir necha bo`g`inlar bir-biri bilan bog`lanishi natijasida kinematik zanjir hosil bo`ladi. 1-shaklda ko`rsatilgan mexanizm ham kinematik zanjir hisoblanadi. Bu haqda batafsil navbatdagi ma`ruzalarda bayon qilinadi.



Download 412.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling