Ortiqcha bog`lanishsiz mexanizmlar optimal tuzilishdagi mexanizmlar deb ataladi.
Ortiqcha bog`lanishlar quyidagi usullarda aniqlanadi:
1. Tuzilish formulalari orqali aniqlash;
2. Yig`ish va kesib o`tish mezoni orqali aniqlash;
3. Harakatlanuvchanlikning tahlili orqali aniqlash.
Bu usullar bilan qisqacha tanishaylik.
1. Tuzilish formulalaridan foydalanib ortiqcha bog`lanishlarni aniqlash. Buning uchun kandaydir, masalan, fikran harakatlantirib yoki chizmada mexanizmni ketma-ket holatlarini chizib, mexanizmni erkinlik darajsi aniqlanadi, so`ngra tuzilish formulasidan ortiqcha bog`lanish topiladi.
Tekis mexanizmlar taxlilida ortiqcha bog`lanishni tekis sxemadan (10 ifoda) aniqlash kerak, so`ngra mexanizmni tayyorlash va yig`ishda qo`yilgan hatolar natijasida kinematik juftlar o`qlari og`adi va mexanizmni fazoviy deb tasavvur qilib, tahlilni fazoviy mexanizmlarining tuzilish formulasi orqali davom etirish zarur.
1-misol. a) Ikkilamchi parallelogram mexanizmdagi (18-shakl) ortiqcha bog`lanishlar soni aniqlansin.
Mexanizmda W=1, n=4, PV=6, PIV=0
18-shakl. Sharnirli parallelogramli mexanizm
W=3n-2PV-PIV+q
formulasidan
q= W-3n-2PV-PIV=1-3·4+2·6=1
EF shatun ortiqcha bog`lanishni kiritadi.
Mexanizm АV=CD, АE=DF, АD=EF=VC sharti bajarilganda harakat qilishi mumkin, aks holda mexanizm fermaga aylanadi. Ortiqcha bog`lanishni yo`qotish uchun EF shatunni tashlab yuborish kerak.
b) To`rt shanirli mexanizmni (17-shakl) fazoviy deb, Comov-Malishev formulasidan ortiqcha bog`lanishni aniqlaymiz.
W=6n-5PV-4PIV-3PIII-2PII-RI+q
yoki q=W-6n+5PV+4PIV+3PIII+2PII+RI
Formulaga n=3, P=4, W=1 qiymatlarni qG`ysak:
W=1-6·3+5·4=1-18+20=3
2 misol. Rolik bo`lgan turtkichli tekis mexanizmda ortiqcha bog`lanishlar aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |