Mashinalardan foydalanish asoslari


 Qishloq xo‘jalik texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

4.2. Qishloq xo‘jalik texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 
tuzilmasi (Agromashservis uyushmasi) 
TXK va T tizimining asosi uning tuzilmasi va me’yorlaridan iborat. 
Tuzilma ta’sir ko‘rsatish turlari va ularning soni bilan ifodalanadi. 
Me’yorlar ta’sir ko‘rsatish davriyligi, ish hajmi, amallar nomi va 
boshqalarning muayyan qiymatlarini o‘z ichiga oladi. Texnik xizmat 
ko‘rsatishning tartibi bajariladigan amallar nomi, ularning davriyligi va ish 
hajmidan iborat. 


48 
QXTga TXK va T tuzilmasi quyidagicha shakllanadi (5.1-rasm). 
Xo‘jalikda QXT ishlaganda paydo bo‘ladigan buzilishlar oqimi ish 
qobiliyatini ta’minlash strategiyasi bo‘yicha quyidagilarga taqsimlanadi: 
1. Ta’mirlash orqali ish qobiliyatini tiklash strategiyasi. Bunda amallar 
ta’mir turlari bo‘yicha guruhlanadi (mashina va agregatlarning mukammal 
ta’miri, joriy ta’miri). 
2. TXK orqali ish qobiliyatini saqlab turish strategiyasi. Bunda ish 
qobilyatini saqlab turish va ishlash davomiyligi bo‘yicha profilaktika qilish 
taktikalari orqali o‘zining maqbul davriyligi bo‘lgan profilaktik amallar 
xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha guruhlanadi (kundalik xizmat ko‘rsatish, 
TXK-1, TXK-2 va h.k). 
4.1-rasm. QXTga TXK va ta’mirlash tizimining tuzilmasi

1 – ishlayotgan MTP parki; 2 – QXT ishlaganda paydo bo‘ladigan buzilishlar oqimi 
(500-700 nomdagi); 3 – ish qobiliyatini ta’minlash strategiyasi bo‘yicha oqimning 
taqsimlanishi; 4 – II-strategiya – ta’mir - ish qobiliyatini tiklash (k=300

400); 5 – I-
texnik xizmat ko‘rsatish – ish qobiliyatini saqlab turish (S=200

300); 6 – TXKning ish 
qobiliyatini saqlab turish taktikasi bo‘yicha bo‘linishi; 7 – ishlash davomiyligi bo‘yicha 
profilaktika qilish – I-I taktika; 8 – I - II texnik holati bo‘yicha profilaktika qilish; 9 – 
o‘zining optimal l
s
davomiyligi bo‘lgan profilaktik amallar (xizmat ko‘rsatish turlari 
bo‘yicha); 10 – amallarni texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhlash 11 – amallarni 
ta’mir turlari bo‘yicha guruhlash; 12 – TXK va ta’mir tizimi: TXK va T turlari (QXT va 
agregatlarni joriy va mukammal ta’mirlash), me’yorlar, texnologik va tashkiliy.
 
QXT ish qobiliyatini tadqiqot etish sarflarining 80-87% ni profilaktik 
amallar nomi va ular davomiyligini aniqlash, 13-20% ni ta’mir turlari soni va 


49 
ular davomiyligini aniqlashga ketadi. Amallarni guruhlashda TXK ning shu 
turi davriyligi ayrim amallarning maqbul davriyligidan majburiy tarzda 
og‘adi. Bunda “guruhiy” davriylik usuli qo‘llaniladi. TXK davriyligining
bajarilishi asosiy amallarning maqbul davriyligiga tenglashtiriladi. 
Tahlillar ko‘rsatishicha, TXK ning 2-3 turi qo‘llanilganda tashkiliy sarflar 
minimumni tashkil etadi. QXTning qo‘p yillik tajribasidan quyidagilar 
ma’lum: 
O‘zbekistonda va Mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida TXK ning uch 
bosqichi: KXK, TXK-1 va TXK-2 (keyingisi bilan birga mavsumiy xizmat 
o‘tkaziladi) tizimi keng tarqalgan.
Firma usulida servis xizmat ko‘rsatilayotgan tizim bundan istisno, chunki 
unda davriylik bir xil, lekin ishlar nomi va hajmi QXTning bajargan ishi 
o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling