Mashinalardan foydalanish asoslari
- Qishloq xo‘jalik texnikasining texnik holati. Qishloq xo‘jalik
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
1.2.- Qishloq xo‘jalik texnikasining texnik holati. Qishloq xo‘jalik
texnikasining foydalanish xususiyatlari Qishloq xo‘jalik texnikasi (QXT) belgilangan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi zarur. QXT ning sifati – uning vazifasiga muvofiq holda belgilangan talablarni qondirishga yaroqliligini ta’minlaydigan xususiyatlar majmuidir. Xususiyat deganda biror predmetning boshqa predmetlar bilan o‘xshashligi yoki farqini bildiradigan qandaydir tomoni tushunilib, u o‘sha predmetlarga nisbatan aniqlanadi. 11 Asosiy vazifasi qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlov berish hisoblangan qishloq xo‘jalik mashinalari, o‘zi ishlayotgan muhitga bog‘liq ravishda har xil xususiyatlarga egadir. Qishloq xo‘jalik texnikasi deb harakatlanuvchi va ekinlarga ishlov beruvchi erusti mashinasiga aytiladi. Foydalanish sharoitlari QXTning ixtisoslashuviga ta’sir etadi. QXT muayyan sharoitlarda ishlashni ta’minlaydigan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Loyihalovchi–mutaxassis, QXT o‘z vazifalarini bajarishi uchun qanday xususiyatlar majmuiga ega bo‘lishini bilishi zarur. Ekspluatatsiya mutaxassisiga esa har xil QXTning xususiyatlarini bilishi, ularni ishlash sharoitlariga mos ravishda tanlashga hamda loyihalash va ishlab chiqarish jarayonida asos solingan foydalanish xususiyatlarni uzoq vaqt davomida optimal saqlab turish usullarini ishlab chiqishga yordam beradi. Umuman olganda, QXT puxtalik, ekologik, estetik, ekspluatatsion va boshqa juda ko‘p sifat xususiyatlarga ega. QXTning o‘ziga xos mashina sifatidagi foydalanishga moslashganlik darajasini ish unumdorligi, tortish, tezlik, tormozlanish, yonilg‘i tejamliligi, boshqariluvchanlik, turg‘unlik, harakatchanlik (buriluv), yurish ravonligi, o‘tuvchanlik, dinamiklik, TXK va JT ga moyillik xususiyatlari ko‘rsatadi. QXT ning turi, bajarayotgan ishi, muayyan ishlash sharoitlariga qarab ularning xususiyatlariga q o‘yiladigan talablar ham har xil bo‘ladi. Qandaydir, muayyan ekspluatatsion xususiyatning traktor sifatini yoki qo‘llash samaradorligini baholashdagi ahamiyati, foydalanish sharoitlariga bog‘liq. Foydalanish sharoitlari esa dala (plani va profili elementlari, er relefi, dalaning turi va tekisligi, yo‘l holatining barqarorligi va boshqalar), transport (yuk turi, tashish hajmi, yuk tashish bo‘laklari, tashish masofasi, ish tartibotlari, saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sharoitlari va boshqalar), tabiiy – iqlim (mu’tadil, sovuq, issiq va baland tog‘ iqlimi mintaqalarining o‘ziga xos xususiyatlari) sharoitlari bilan belgilanadi. Endi, QXT ning asosiy foydalanish xususiyatlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling