15
QXTdan texnik foydalanishning maqsadi –
uning texnik holati va
foydalanish xususiyatlarini uzoq vaqt davomida yuqori darajada saqlab
turishdir. Texnik ekspluatatsiyaning asosiy masalalari, mashina-traktor parki
texnik holati va ishlash qobiliyatini boshqarish yo‘llari
va eng samarali
usullarini aniqlash hisoblanadi.
QXT texnik ekspluatatsiyasining samaradorligi uning sifati va puxtaligiga
bog‘liq.
Sifat – buyum (QXT) o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatilganda, uning yaroqlilik
darajasini belgilovchi xususiyatlar majmuidir.
QXTning
puxtaligi deb uning belgilangan davr mobaynida va ma’lum
foydalanish sharoitlarida buzilmay, ishchi xarakteristikalarini yo‘l qo‘yilgan
chegaralarda saqlab qolgan holda o‘z vazifalarini bajarish xususiyatiga
aytiladi.
Boshqacha ibora bilan aytganda, puxtalik – mashina sifatining vaqt
bo‘yicha taqsimlanishi yoyilmasidir. Puxtalik,
QXT muayyan foydalanish
sharoitlarida ishlaganda, uning sifat ko‘rsatkichlari qay darajada o‘zgarishini
izohlaydi va miqdoran baholash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: