Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
q
V K S a э T 26 2 , (7.4) bu erda: V a - tormozlanishdan avvalgi mashina tezligi, km soat; K e - ekspluatatsiya sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient(engil mashina uchun- 1.44, yuk mashinasi uchun- 2.0 2.44); q-erkin tushish tezlanishi, 9.81 m sek 2 ; -shinaning yo‘l bilan ilashish koeffitsenti. 115 To‘xtash yo‘li engil mashinalar uchun (30 km soat)-7.2 m, yuk mashinalari va avtobuslar uchun yuk ko‘tarish qobilyatiga qarab, 9.5 11.0 m bo‘ladi. Tormoz tizimining sekinlashish bo‘yicha texnik holati 10 20 km soat tezlikda yurayotgan mashinani bir zumda to‘xtatib tekshiriladi yoki quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: t a S V j 26 2 max , (7.5) Yuqoridagi ifodaga S t qiymatini qo‘yib, quyidagi ifodani olamiz: э K q j 2 max , (7.6) Bundan ko‘rinib turibdiki, mashinaning sekinlashishi uning tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi, bu qiymat engil mashinalar uchun 5.8 m sek 2 , yuk mashinalari va avtobuslar uchun 5.0 4.2 m sek 2 , qo‘l tormozlari uchun 1.5 2.5 m sek 2 ga teng bo‘ladi. Tormoz tizimining samarali ishlashini qo‘zg‘almas jihozlar yordamida tekshirish. Mashinalar tormoz tizimining samarador ishlashini ekspluatatsiya sharoitlarida tekshirish ko‘p vaqtni oladi. Diagnostika ishlarini qo‘zg‘almas jihozlar yordamida o‘tkazish ancha qulay va kam vaqt oladi. Qo‘zg‘almas jihozlar yordamida aniqlanadigan ko‘rsatkichlar: tormozlanish solishtirma kuchi, ishga tushish vaqti va tormoz kuchlarining o‘q bo‘yicha bir xil emasligini hisobga oluvchi koeffitsientlar. Jihozda sinash ishlarini bajarishda engil mashinalar va avtobuslar tormoz tepkisiga 490N, yuk mashinalari va avtopoezdlarga 686N kuch bilan ta’sir etib bajariladi. Umumiy solishtirma tormoz kuchining qiymati quyidagicha aniqlanadi: t t G a , (7.7) 116 bu erda: t – hamma g‘ildiraklardagi tormoz kuchining umumiy maksimal qiymati; G a – mashinaning to‘liq massasi. GOST 25478-82 bo‘yicha t ning qiymati engil mashinalar uchun 0,53 dan, avtobuslar uchun 0,46 dan, yuk mashinalari va avtopoezdlari uchun 0,41 dan kichik bo‘lmasligi kerak. O‘q bo‘yicha tormoz kuchini bir xilda emasligini hisobga oluvchi koeffitsient-K n , mashinaning har bir o‘qi uchun alohida quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: чап T унг T чап T унг Т н Р Р Р P K . . . . , (7.8) bu erda: t.o‘ng va t.chap –tormozlashda o‘ng va chap g‘ildiraklarda hosil bo‘luvchi eng katta kuch. K n ning qiymati engil mashinalar uchun 0,09, avtobuslar uchun 0,11, yuk mashinalari va avtopoezdlar uchun 0,13 dan katta bo‘lmasligi kerak. Tormozning ishga tushish vaqti, deb tormozlanish boshlangandan so‘ng sekinlanish bir tekisda bo‘lgan oraliqqa aytiladi. Bunda tormoz kuchi eng yuqori qiymatiga erishadi va keyinchalik o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Ishga tushish vaqti engil mashinalar uchun 0,6 s, avtobuslar uchun 1,0 s, yuk mashinalari va avtopoezdlar uchun 1,2 s dan katta bo‘lmasligi kerak. Kuch stendlarida tormozni diagnostikalash tartibi quyidagilardan iborat: mashina oldingi yoki g‘ildiraklari bilan jihoz roligi ustiga qo‘yiladi, jihoz elektr motorlari ishga tushiriladi, keyin operator tormoz tepkisini bosadi. Mashina g‘ildiragida sodir etilgan tormozlash momenti, g‘ildiraklar bilan ilashishgan jihoz roliklari va bikir val orqali posangisimon o‘rnatilgan motor-reduktorga yuboriladi. Tormozlash momenti ta’sirida posongisimon motor-reduktor o‘z o‘qiga nisbatan ma’lum bir burchakka buriladi va maxsus datchikka (gidravlik, pezoelektrik va boshqalar) ta’sir ko‘rsatadi, u o‘z navbatida kuchni qabul qiladi va uni o‘lchovchi asbobga o‘tkazib yuboradi. O‘lchovchi asbob tekshirilayotgan g‘ildirakdagi tormozlanish kuchini ko‘rsatadi. 117 Tormozning ishga tushish vaqti jihozdagi ikki rolik orasiga joylashgan ajratuvchi rolikni g‘ildirak shinasiga tekkazib qo‘yish yo‘li bilan aniqlanadi. Tormozlanish kuchi eng katta qiymatga etgach, mashina g‘ildiraklari to‘xtaydi, shu vaqtda ajratish roligi ham to‘xtaydi. Tormozning ishga tushish vaqti tormoz tepkisi bosilgandan toki g‘ildiraklar to‘xtagunga qadar, ya’ni ajratuvchi rolik to‘xtaguncha bo‘lgan vaqtni o‘lchash bilan aniqlanadi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling