Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehtiyot qismlar
Nazorat savollari:
1. Mashinalarni saqlashda qanday usullar qo‘llaniladi? 2. Ko‘p qavatli saqlash binolarida rampalarni joylashtirish turlarini ko‘rsating. 3. Zamonaviy terminallar qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan? 4. Saqlash joylarida mashinalarni joylashtirish usullarini keltiring. 5. Mashinalarning yurish yo‘li o‘qiga nisbatan joylashtirilishi qanday burchaklarda amalga oshiriladi? 6. Saqlash joyining parametrlarini grafik usulda aniqlash qanday amalga oshiriladi? 10.MODDIY-TEXNIK TA’MINOT USULLARI VA VOSITALARI 10.1 Qishloq xo‘jalik texnikasida ishlatiladigan buyum va materiallar Hozirgi vaqtda Respublikamiz MTPlarida va boshqa turdosh korxonalarda hamda fuqarolarda ekspluatatsiya qilinayotgan traktor va qishloq xo‘jalik texnikasi turlari va rusumlari 100 dan ortiq. Bular TTZ , Samko‘chAVTO, MTZ, BelAZ, AltTrakt, va boshqalar. Bulardan tashqari xalq ho‘jaligida Rossiya, Kanada, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Evropa davlatlarida 140 ishlab chiqarilgan mashinalar turi va soni oshib bormoqda, Toyota, DEU, CLAAS, Keys va boshqalar. Ehtiyot qismlar –ekspluatatsiya jarayonida buzilgan detallar o‘rniga qo‘yiladigan zahira detal va uzellardir. Shuning uchun ehtiyot qismlarni «sovuq» rezerv zahirasi kabi ko‘riladi. MTP da qo‘llaniladigan buyum va materiallar nomenklaturasinig 70% foizga yaqinini ehtiyot qismlar tashkil etadi. Ehtiyot qismlar nomenklaturasi, bu – mashina ishlab chiqargan korxonalar texnik hujjatlari asosida, ma’lum ketma-ketlikda, detallarning katalog raqami va nomi bo‘yicha tuzilgan ro‘yxat. Ehtiyot qismlar nomenklaturasiga quyidagilar kiritiladi: - resursi mashinani hisobdan chiqarish resursidan kichik bo‘lgan detal va uzellar (ustqo‘ymalar, vallar, nasoslar va h.k.); - ekspluatatsiya jarayonida tasodifan yoki falokat tufayli almashtiriladigan mashina elementlari (lampochkalar, kuzov detallari va h.k); - bo‘laklarga ajratish amallari jarayonida ishdan chiqadigan mashina elementlari (tiqinlar, vkladishlar va h. k.) Ehtiyot qismlar nomenklaturasi o‘ng mingdan ortiq nomga ega. Ular o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: - mexanik detal va uzellar (val, o‘q, shesternya, suv va moy nasoslari va boshqalar); -yonilg‘i tizimi apparaturasining detal va uzellari (karbyurator, benzin nasosi, yuqori va past bosimli yonilg‘i nasosi, forsunka va h.k.); - elektr asbob-uskuna va jihozlar (generator, starter, o‘t oldirish g‘altagi, chaqmoqlari, uzgich–taqsimlagich va h.k.); - podshipniklar (sharikli, konusli va tayanch podshipniklari va h.k.); - shisha buyumlar (mashina oynalari, elektr fara shishalari va h.k.); - rezina–texnik buyumlar (manjetalar, tiqinlar, moy tutqichlar, zarba qaytargichlar va h.k.); 141 - asbest buyumlari (tormoz va ilashish muftalarining ustqo‘ymalari, dvigatel kallagi tiqini va h.k.); - kigiz va to‘qimachilik buyumlari (o‘rindiq, shovqin va issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar va h.k.); - po‘kak buyumlar; - plastmassa buyumlari (salon ichini bezatish materiallari, bamperlar, kuch ta’sirida ishlamaydigan ayrim detallar va h.k.); - karton va qog‘oz buyumlari (tiqinlar va h.k.). Har bir mashina modeli uchun ehtiyot qismlar katalogi mavjud. Kataloglarda agregat, uzel, tizimlar rasmi, unda joylashgan detallarning raqami, nomi va kodi keltiriladi. Bulardan tashqari Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlarida ishlab chiqarilgan mashinalar uchun nomenklatura daftari mavjud. Unda ekspluatatsiya jarayonida almashtiriladigan detallar nomenklaturasi va har bir detal bo‘yicha ehtiyot qismlarning 100 ta mashina uchun bir yilgi me’yoriy sarfi va narxi beriladi. Ushbu nomenklatura daftari orqali har bir MTP o‘z ishlash sharoitidan kelib chiqqan holda, kerakli ehtiyot qismlar nomenklaturasi, hajmini aniqlab, uning asosida buyurtma beradi. Mashina shinalari va akkumulyator batareyalari. Bu turdagi buyumlar mashina ehtiyot qismlar nomenklaturasiga kirmaydi, shuning uchun MTPda ularning alohida hisobi olib boriladi va rejalashtiriladi. Respublikamizda ekspluatatsiya qilinayotgan Qishloq xo‘jalik texnikasi va mashinalarda yuzga yaqin har xil turdagi shinalar va ularga tegishli kameralar qo‘llanilmoqda. MTPda shinalarning bir yillik sarfi, asosan, ularning resursiga asoslanib aniqlanadi. Shina resursi ko‘pgina omillarga bog‘liq (mashinalarning ishlash sharoiti, shina turi, bosim, boshqaruv g‘ildiraklarining joylashish burchagi, haydovchi malakasi va b.). MTP bo‘yicha shinalarga bo‘lgan yillik ehtiyoj quyidagicha aniqlanadi: 142 ш т кй с р ш L n l D А H , (10.1) bu erda: A R - MTP bo‘yicha ro‘yxatdagi mashinalar soni; D C - mashinalarning yil davomida yo‘l (safar)ga chiqish kunlari, kun; l KI - mashinalarning o‘rtacha bir kunlik ishlagan vaqti, motosoat; T - MTP bo‘yicha mashinalarning texnik tayyorgarlik koeffitsienti; n- mashinadagi shinalar soni (zahira shinasi bundan mustasno), dona; L SH - shinaning o‘rtacha resursi, motosoat. Mashinalarda qo‘llaniladigan akkumulyator batareyalari 100 turdan ko‘p. MTPda akkumulyator batareyalarning bir yillik sarfi, asosan, ularning xizmat muddatiga asoslanib aniqlanadi, ya’ni: р акб й акб А t n t Н , (10.2) bu erda: t Y -akkumulyator batareyasi hisoblanadigan davr (yarim yil, bir yil va h.k.), yil; t AKB - akkumulyator batareyasining xizmat muddati, yil; n- mashinadagi akkumulyator batareyalar soni, dona. Mashinalarning ekspluatatsiyasi davrida akkumulyator batareyalari asosan, talab bo‘yicha almashtiriladi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling