Mashinalardan foydalanish asoslari


 Ehtiyot qismlar sarfiga ta’sir etuvchi omillar


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

10.2 Ehtiyot qismlar sarfiga ta’sir etuvchi omillar 
Ehtiyot qismlar sarfiga ko‘pgina omillar guruhi ta’sir etadi (10.1-rasm). 
Bu guruhlar quyidagilardan iborat: 
- konstruktiv; 
- texnologik; 
- ekspluatatsion; 
- tashkiliy. 
Konstruktiv omillar. Konstruktiv omillar guruhiga mashinalarning 
loyihalash va ishlab chiqarishda ta’minlangan ishonchlilik darajasi, 
konstruksiyasining murakkabligi darajasi va detallarning birxillas htirish 
darajasi kiradi. 


143 
Ishonchlilik darajasi. Mashinalar konstruksiyasining ishonchlilik 
darajasi uni ishlab chiqarishga va ekspluatatsiya sharoitida texnik soz holatda 
saqlab turishga ketadigan harajatlarning nisbati bilan baholanadi: 
n

C
a
/C
ish
(L
opt
), 
(10.3) 
bu erda: C

– mashinaning narxi (shina va akkumulyator batareyasi 
kirmaydi), so‘m. 
C
ish
(L
opt
)- L
opt
resurs davomida mashinaning ishonchliligini saqlash 
uchun ketgan o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi: 
C
ish
(L
opt


C
eq
(L
opt
)+S
t
(L
opt
)+S
m
(L
opt
)+S
tq
(L
opt
), (10.4) 
bu erda: C
eq
(L
opt
)- L
opt
resurs davomida ehtiyot qismlar uchun ketgan 
xarajatlar yig‘indisi, so‘m; 
S
t
(L
opt
)- L
opt
resurs davomida mehnat sarflari uchun ketgan xarajatlar 
yig‘indisi, so‘m; 
S
m
(L
opt
)- L
opt 
resurs davomida materillar uchun ketgan xarajatlar 
yig‘indisi, so‘m; 
S
tq
(L
opt
)- L
opt 
resurs davomida mashinalarning turib qolishlari sababli 
yo‘qotiladigan pul mablag‘lari yig‘indisi, so‘m; 
Mashinalar ishonchlilik darajasi oshgan sari ehtiyot qismlarga b o‘lgan 
talab kamayadi , natijada ularni texnik soz saqlash uchun ketadigan xarajat 
ham pasayadi , ya’ni n>1. 
Hozirgi vaqtda ko‘pgina mashina ishlab chiqaruvchi firmalar ishonchlilik 
darajasi qiymatini n≥1.5 etkazmoqdalar. Bunday natijaga erishish uchun 
ko‘pkina 
izlanishlar, 
konstruksiyani 
takomllashtirish, 
texnik 
xizmat 
ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarish kerak. 
Mashinaning ishonchlilik darajasi pasaygan sari ehtiyot qismlarga b o‘lgan 
talab oshib boradi. Ishonchliligi oshgan sari esa buning aksi . Shu sababli 
ehtiyot qismlarga bo‘lgan talab har xil bo‘ladi. 


144 
Mashina L
opt 
resursga etgungacha uning ishonchliligi asta-sekin pasayadi. 
Chunki avotmobilning foydalanishdan boshlab bosib o‘tgan masofasi oshgan 
sari ehtiyot qismlarga bo‘lgan talab oshib boradi (10.2-rasm ).Shuning uchun 
ehtiyot qismga bo‘lgan talab hisoblanayotganda, mashina foydalanishdan 
boshlab bosib o‘tgan masofani e’tiborga olish kerak. 
Konstruksiyaning 
murakkablik 
darajasi. 
Mashina 
sanoati 
o‘z 
mashinalarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini doimo yaxshilashga qaratib 
ish olib boradi. Bunday natijaga, asosan, konstruksiyani murakkablashtirish 
bo‘yicha erishiladi. Konstruksiya murakkablashib borgan sari, uning 
elementlari soni oshib boradi, natijada ehtiyot qismlar nomenklaturasi ham 
oshadi. 
Birxillashtirish 
darajasi. 
Mashina 
puxtaligi 
birxillashtirilgan 
va 
standartlashtirilgan uzel va detallarni (podshipniklar, moy tutkichlar, elektr 
jihozlari, detallari, normalar va b.) qo‘llash bilan ham oshiriladi. 
Buning natijasida mashina parki bo‘yicha ehtiyot qismlar nomenklaturasi 
pasayadi. Ekspluatatsion omillar. Ekspluatatsion omillar guruhiga dala, iqlim 
va ishlash sharoitlari, foydalanish jadalligi, haydovchining malakasi va 

20 40 60 80 100 L, moto/sоаt
10.1- rasm. Ehiyot qismlarning solishtirma sarfini masof a bo‘yicha o‘zgarishi 
км
Сўм
1000
С
ЭҚ
4.0 
3.0 
2.0 
1.0


145 
boshqalar kiradi
.
Dala sharoitlari. Dala sharoitlari mashina agregat va 
detallarining ishiga ta’sir etadi, bunda texnik holat parametrlarining o‘zgarish 
jadalligi tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin, ya’ni mashinalarning ishlash 
sharoit toifasi o‘zgarsa, uning texnik holati va o‘z navbatida ehtiyot qismlar 
sarfi o‘zgaradi. Shu sababli “Nizom”da mashinalar ishlash sharoiti 
toifasining ehtiyot qismlar sarfiga ta’sirini K
1
tuzatish koeffitsienti orqali 
e’tiborga olinadi. 
Transport sharoiti. Transport sharoitini ehtiyot qismlar sarfiga ta’sirini 
e’tiborga olish uchun “Nizom”da K

koeffitsienti keltirilgan. 
Iqlim sharoiti. Mashinalarning agregat va tizimlarining issiqlik va boshqa 
ish tartibotlariga hamda uning texnik holatiga va ehtiyot qismlar sarfiga ta’sir 
etadi. Ehtiyot qismlar sarfiga iqlim sharoitlarining ta’sirini e’tiborga olish 
uchun “Nizom”da K
3
tuzatish koeffitsienti keltirilgan. 
Mashinalardan foydalanish jadalligi. Bu ko‘rsatkichlar o‘z navbatida 
ehtiyot qismlar sarfiga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. SHu sabali ehtiyot 
qismlar sarfiga bo‘lgan talabni hisoblash vaqtida mashinalardan foydalanish 
jadalligini yillik yoki prognozlash davrida o‘rtacha bajarilgan ish bilan 
e’tiborga olinadi. 
Haydovchining malakasi. Mashinaning texnik holatiga ta’sir etadigan 
omillar o‘z navbatida ehtiyot qismlar sarfiga ham ta’sir etadi. SHu sababli 
ko‘pgina korxonalarida ehtiyot qismlarni kam sarf qilgan haydovchilarga 
qo‘shimcha mukofot puli belgilab, oylik maoshlariga qo‘shib beradilar. Bu 
ko‘rsatkichni har bir korxonada o‘z vaqtida hisobga olib borilsa, tejamkorlik
va mashinalardan foydalanish samarasi oshadi. 
Texnologik omillar. Ushbu omillarning har biri o‘z navbatida ehtiyot 
qismlar sarfiga keskin ta’sir etadi. Chunki qaysi korxonada sifatsiz TXK va 
ta’mirlash ishlari o‘tkazilsa, taqlidchilar tomonidan ishlab chiqarilgan va 
boshqa sifatsiz ehtiyot qismlar buzilgan detallar o‘rniga qo‘yilsa hamda 
mashina ishlab chiqargan zavod (firma) tomonidan belgilangan sifatli 


146 
ekspluatatsion materiallar qo‘llanilmasa ehtiyot qismlarga bo‘lgan talab oshib 
boradi. Bu talabni kamaytirish maqsadida har bir korxonada: 

TXK va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish; 

ehtiyot qismlarni “asliyat” nusxasini qo‘yish; 

ekspluatatsion materiallarni zavod (firma) tomonidan belgilangan 
turlarini qo‘llash kerak. 
Tashkiliy omillar. Bu omillar guruhiga: Mashina-traktor parkiga 
keladigan yangi va hisobdan chiqariladigan mashinalar soni, mashinalar 
“yosh” guruhi va mashinalarning jamlanish darajasi kiradi. 
Yangi keladigan va hisobdan chiqariladigan mashinalar soni. Ushbu 
ko‘rsatkich hozirgi vaqtda bizning davlatimizda notekis o‘zgarmoqda. 
Chunki mashinalarning narxi haddan tashqari yuqori bo‘lganligi sababli 
ko‘pgina korxonalar o‘z vaqtida yangi mashinalarni sotib ololmayaptilar va 
natijada mashinalarni hisobdan chiqarish ham sust bormoqda. Bun day holat 
MTP ta’minot ishlarini qiyinlashtiradi. 
Mashinalar “yosh” guruhi. Mashinalar “yosh” guruhi deb, mashina 
parkini “yosh” guruhlarga soni yoki foizli taqsimlanishi tushuniladi. Har bir 
korxona yoki region uchun o‘rtacha yoshi va “yosh” guruhlardagi mashinalar 
soni qisqa vaqt uchun keskin o‘zgaradi. Bu, o‘z navbatida, ehtiyot qismlar 
sarfiga keskin ta’sir etadi. Shu sababli mashinalar “yosh” guruhini ehtiyot 
qismlarga bo‘lgan talabni hisoblashda e’tiborga olish zarur (buni ehtimollik 
usuli e’tiborga oladi). 
Mashinalarning jamlanish darajasi. Mashina-traktor parkida bir turdagi 
mashinalar ko‘p jamlangan bo‘lsa, ehtiyot qismlarga bo‘lgan talab oshadi, 
lekin kam jamlangan bo‘lsa, moddiy texnik ta’minotni tashkil etish 
qiyinlashadi. 


147 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling