Mashinalardan foydalanish asoslari
Mashina traktor parkida hujjatlar va hujjatlar aylanmasi
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
8.5. Mashina traktor parkida hujjatlar va hujjatlar aylanmasi
Qishloq xo‘jalik texnikasi muhandis-texnik xizmatini tezkor boshqarishda birlamchi sifatida quyidagi hujjatlar ishlatiladi: «Mashinaning «shaxsiy varaqasi», «Ta’mirlash varaqasi», «TXK reja- hisobi», «Ehtiyot qismlarga talabnoma», «Yo‘l varaqasi» va boshqalar. QXT ta’mirlashga kelganda, texnik nazorat punktining mexanigi haydovchi bilan birgalikda ta’mirlash varaqasini old tarafini to‘ldiradi. Unda nosozlikning tashqi ko‘rinishlari bayoni, mashinaning rekvizitlari-garaj raqami, modeli, kuzov turi, ekspluatatsiya sikli, ishlagan soati yoziladi. so‘ngra ta’mirlash varaqasiga rasmiylashtirish vaqti va sanasi, uni to‘ldiruvchilar imzosi qo‘yiladi. Ta’mirlash varaqasining keyingi rasmiylashtirilishi muhandis-texnik xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi: zarur sozlash-ta’mirlash ishlarini belgilash, mashinadan echilgan nosoz agregat, uzel va detallar, ajratilgan ehtiyot qismlar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish. Buyurtmada ko‘rsatilgan ishlar bajarilgandan so‘ng avtomobil nazoratchi tomonidan tekshiriladi va ishlar amalda bajarilgani haqida imzo q o‘yadi. Avtomobil varaqasining ko‘rinishi keltirilgan. Hisob bo‘yicha texnik yo‘l varaqasidagi ma’lumotlar asosida avtomobilning kunlik yurgan yo‘lini o‘sish tartibida hisob varaqasiga yozib boradi. Bu ma’lumotlar avtomobilni navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatishga yuborilishini rejalashtirishga asos bo‘ladi va bu haqda hisob varaqasida maxsus belgi qo‘yiladi. Bundan tashqari, hisob varaqasiga ta’mirlash varaqasidan bajarilgan ta’mirlash ishlari va almashtirilgan agregatlar xaqidagi ma’lumotlar ko‘chirib yoziladi. 129 Hisob bo‘yicha texnik hisob varaqasida keltirilgan avtomobillarning amalda yurgan yo‘li asosida TXKning kunlik rejasini tuzadi. Buning uchun u «TXK reja - hisoboti»ga TXK mintaqasining kunlik dasturiga mos keladigan avtomobillarni garaj raqamlarini yozib to‘ldiradi. Keyinchalik TXK mintaqasining ustozi TXK ishlari bajarilgani, TXK ishlari ijrochilarining ismi-shariflari haqidagi ma’lumotlarni ham TXK reja-hisobotiga kiritadi. «Ehtiyot qismlarga talabnoma»ning tarkibi keltirilgan. Avtomobilda nosoz agregat, uzel yoki detallarni almashtirishga ehtiyoj tug‘ilganda, ishlab chiqarishni tezkor boshqarish bo‘limi xodimlari ko‘rsatmasiga binoan «talabnoma» rasmiylashtiriladi, uning asosida omborxonadan zarur ehtiyot qismlar olinadi va JT postlariga etkazib beriladi. So‘ngra talabnomadagi ma’lumotlar ta’mirlash varaqasiga tushiriladi. Qolgan hujjatlar ham shu tarzda to‘ldiriladi. Ko‘rsatilgan xujjatlar muhandis-texnik xizmatining xujjatlar aylanmasini, ya’ni boshqarishning kichik tizimlari bo‘yicha hujjatlar oqimini tashkil etadi. Har qanday hujjat ikki qismdan-bayon qismi va axborotlardan iborat. Bayon qismi hujjatning o‘zini tavsiflaydi (nomi, raqami, sanasi va b.). Axborot qismi esa bir xil yozuvlar ketma-ketligidan iborat. Hujjatdagi axborot hajmi: W xuj W b -W a , (8.1) bu erda: W b - bayon qismining xajmi, kb W a - axborot qismining hajmi, kb o‘z o‘rnida bayon qismining hajmi: n i i б W W 1 , (8.2) bu erda: W i - hujjatning bayon qismidagi i- joydagi axborot hajmi; 130 n- bayon qismidagi i – joylar soni. Axborot qismining hajmi: m j j B a W N W 1 , (8.3) bu erda: N B - axborot qismidagi yozuvlar soni; W j - axborot qismining j– joyidagi axborot hajmi; m- joylar soni Bir hujjat boshqa birini qisman takrorlasa, hujjatlar miqyosida takrorlash deyiladi. Bunday takrorlashni miqdor jixatdan ikkita ko‘rsatkich bilan baholash mumkin: takrorlanish darajasi va karraligi. Takrorlanish darajasi ikki va undan ko‘p hujjatda keltiriladigan axborotning ulushini ko‘rsatadi: % 100 уж g g Wх W S , (8.4) bu erda: W g - boshqa hujjatlarda takrorlanadigan axborot hajmi; W huj - hujjatdagi axborotning umumiy hajmi. Takrorlanish karraligi – K qayt - bir xil axborot takrorlanadigan hujjatlar soni bilan aniqlanadi. MTPda 120 dan ortiq hujjatlardan foydalaniladi. Shulardan 21 foizini birlamchi hujjatlar texnik pasportlar, yo‘l varaqasi, ta’mirlash varaqasi, extiyot qismlar uchun talabnomalar; 6 foizini me’yoriy hujjatlar (yo‘nalish va ish rejimlari, yonilg‘i sarfi me’yorlari, shinalar resursi, TXK davriyligi); 73 foizini ikkilamchi hujjatlar (turli ma’lumot, hujjat, kartoteka, jurnal va boshqalar) tashkil etadi. Birlamchi hujjatlar bilan texnik xizmatning turli bo‘limlari shug‘ullanadi va har bir bo‘lim hujjatga o‘z ma’lumotini qo‘shadi, lekin bir birini takrorlamaydi. 131 Ikkilamchi hujjatlar birlamchilardagi axborotni to‘la yoki qisman takrorlaydi. ATKda qo‘llanilayotgan hujjatlar sonining ko‘pligi va turliligi, ma’lumotlar hajmining kattaligi, ularning qaytarilishi axborot tizimini avtomatlashtirishni taqozo qiladi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling