Mashinalardan foydalanish asoslari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

Nazorat savollari 
1.Motor ishlashini nazorat qilish va yurgazib tekshirishda nimalarga 
e’tibor qaratish kerak ? 
2.Diagnostika postida motorning qanday ko‘rsatkichlari aniqlanadi? 
3.SPG va GTM larning texnik holatini aniqlash tartibi? 
4.Gaz taqsimlash mexanizmidagi issiqlik tirqishini sozlash ketma-ketligi? 
5.Karbyurator va yonilg‘i nasosiga TXK? 
6.Injektorli motorlarning nosozliklari va ularning servisi? 
7.Yuqori bosimli yonilg‘i nasosining tekshiruv ko‘rsatkichlari? 
8.Ishlatilgan gazlar tarkibidagi zaharli birikmalar qanday aniqlanadi? 
9. Ishlatilgan gazlar tutashi qanday aniqlanadi? 
10.Qalqovichli kameradagi yonilg‘i sathi qanday tekshiriladi va 
rostlanadi? 
11.Salt yurish tartibida motorni eng past tekis aylanishlar soniga rostlash 
tartibi qanday ? 
 
8- MASHINA-TRAKTOR PARKLARIDA QISHLOQ XO‘JALIK 
TEXNIKASIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH VA TA’MIRLASH 
ISHLARINI TASHKIL ETISH. 
8.1. Muhandis-texnik xizmatining tarkibi. 
Korxonalarida muhandis texnik xizmatining asosiy vazifalaridan biri QXT 
ish qobiliyatini ta’minlashdan iboratdir. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
harakatdagi 
tarkibning 
texnik 
ekspluatatsiyasi bo‘yicha korxonalari va uyushmalarning texnik siyosatini 
ishlab chiqish muhim ahamiyatga egadir. Texnik siyosat Respublikada ishlab 


118 
chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan turli rusumdagi zamonaviy qishloq 
xo‘jalik texnikasiga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish tamoyillari va 
me’yorlarini ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra belgilashi, ular ishlash 
qobiliyatining talab etilayotgan darajasi, ishlash xavfsizligi, ekologik va 
resurslarni tejash yo‘llarini takomillashtirishni ta’minlashi kerak. 
Buning uchu quyidagi vazifalar amalga oshirilishi kerak: 
- qishloq xo‘jalik texnikasi tarkibin zamonaviy mashinala hisobig 
yangilashga va ularga servis xizmatini tashkil etishga tayyorlash; 
- mashina-traktor parklarining ishlab chiqarish texnik bazasini yangi 
texnologik jihozlar olish, yangi texnologiya va texnologik jarayonlarni tatbiq 
etish hisobiga takomillashtirish; 
- mulkchilik shakli har xil bo‘lgan turli firma, tashkilot, korxona, xususiy 
shaxs egalarining texnik vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni
tashkil etish. 
Muhandis-texnik xizmati (MTX)ning tashkiliy tarkibi MTPni faoliyat 
ko‘rsatishidagi vazifalariga va maqsadlariga muvofiq keladigan, ma’muriy 
vazifalarini shakllantirishga, shu jumladan, mavjud QXT uchun TXK va JTga 
qaratilgan xodimlar, material, moliyaviy va boshqa resurslari birlashmasini 
tashkil etadi. 
- mavjud texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil 
etish, boshqarish va rejalashtirish; 
- muayyan foydalanish sharoitlari uchun TXK va T me’yorlarini resursli 
va tezkor to‘g‘rilash; 
- ishlab-chiqarish texnik bazasini takomillashtirish, maqbullashtirish va 
undan samarali foydalanish maqsadida qayta qurish, texnik qayta jihozlash;
- moddiy-texnik 
ta’minot, ekspluatatsion materiallar va ehtiyot 
qismlarning optimal zahiralarini ilmiy asosda aniqlash va rejalashtirish; 
- mashina traktor parklarining yoshi bo‘yicha tarkibini boshqarish.
- Ularning rusumi, konstruksiyasi, texnik holati va ish sharoitlarini 
hisobga olgan holda ekspluatatsiya qilish qoidalarini ishlab chiqish;


119 
- mashina traktor parklarida ekspluatatsiya xizmati bilan texnik xizmat 
orasidagi o‘zaro munosabatlarni shartnoma asosida shakllantirish; Odatda, 
QXTga TXK va T tizimi o‘zaro bir biri bilan bog‘liq bir nechta kichik 
tizimlardan tashkil topadi. Tarkib asosini uchta ishlab chiqarish kichik 
tizimlari tashkil etadi: asosiy, yordamchi va ta’minlovchi MTP MTX 
tashkiliy ishlab chiqarish tarkibining umumlashgan.
Asosiy ishlab chiqarish: KXK, 1-TX, 2-TX, JT va diagnostika ishlarini
yordamchilar: chilangar-mexanik, elektrotexnik, ta’minot, issiqlik bilan 
ishlovchi, bo‘yoqchilik, kuzov bo‘yicha ishlarni; ta’minlovchi: bosh 
mexanik, texnik, moddiy-texnik ta’minoti bo‘limi, omborlarni o‘z ichiga 
oladi. 
MTX ning vazifalari. Kompleks korxonalarda muhandis texnik xizmati 
quyidagi kichik tizimlarni o‘z ichiga oladi: 
- bosh muhandis-mashinalarning texnik holatiga, yo‘l va ekologik 
xavfsizligiga mas’ul shaxs sifatida MTX ni boshqaruvi; 
- ishlab chiqarishni boshqarish, hisob va tahlil qilish guruhi; 
- texnik bo‘lim-yangi texnika va texnologiyalarni ishlab-chiqarishga 
tatbiq etish, texnik me’yorlar va yo‘riqnomalar tuzish, mashinalarni 
ro‘yxatdan, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, nostandart jihozlar va moslamalarni 
loyihalash, xodimlarni o‘qitish, qayta o‘qitish, malakasini oshirishni amalga 
oshiradi; 
- bosh mexanik bo‘limi-bino va inshootlarni, texnologik jixozlarni texnik 
soz holda ushlab turish, ularga TXK va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, 
nostandart texnologik jihozlar tayyorlash, yangi texnologiyalarni tatbiq etish
va texnologik jihozlarni o‘rnatishni amalga oshiradi; 
- moddiy-texnik ta’minoti guruhi- MTPni materiallar, ehtiyot qismlar, 
- yonilg‘i-moy mahsulotlari bilan ta’minlash, omborxonalar ishini 
tashkil etish va zahiralarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. 
- texnik nazorat bo‘limi- mashinalarning texnik holatini ishga 
chiqishidan oldin va ishdan qaytgandan so‘ng nazorat qiladi, nosozliklarni 


120 
tahlil qiladi, kelib chiqish sabablarini o‘rganadi, harakatdagi tarkibga TXK va 
JT, agregat va uzellarni ta’mirlash ishlarini, korxonaga keltirilayotgan
ehtiyot qismlar, agregatlar, materiallar va yonilg‘i-moy mahsulotlarining 
sifatini nazorat qiladi; 
- ishlab chiqarishni tayyorlash kompleksi-materiallar, ehtiyot qismlar 
aylanma va ta’mirlash fondlarini tashkil etadi. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling