Mashinalardan foydalanish asoslari
Jahon avtomobilsozligini rivojlantirish va avtotransport
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
16.3. Jahon avtomobilsozligini rivojlantirish va avtotransport
vositalarini (ATV) takomillashtirish an’analari ATV ishlab chiqarishning yangi an’analari hozirgi zamon avtomobilsozligining o‘ziga xos xususiyati avtomobilsozlik biznesining umumjahon miqyosida strategik birlashishidir. Etkazib beruvchilar va buyurtmachilar orasida, ATV ishlab chiqaruvchi firmalar bilan moddiy ashyolarni va yig‘ma qismlarni (komponentlarni) etkazib beruvchilar, hamda avtomobil hayotining barcha bosqichlari davomida, avtomobil sotuvchilar va distribyutorlar orasida munosabatlarning 239 samarali mexanizmini ta’minlay oladigan, o‘zaro munosabatlarning eng qulay tizimi shakllanmoqda. Boshqarishning bunday integrallashgan tizimi strategiyani, marketingni, sifatni, mahsulot xavfsizligini, dasturlar bilan ta’minlashi, axborot tizimi va ko‘rsatkichlar bazasini shakllantirishda umumiy tamoyillarga asoslanishi kerak va bu, faqatgina istak -xohish emas: avtomobil yaratuvchilar va ishlab chiqaruvchilar, avtomobil yaratuvchilar va yig‘ma qismlarni (komponentlarni) etkazib beruvchilar, dilerlar va texnik xizmat ko‘rsatuvchilar, servis markazlari orasidagi sherikchilik (partnyorlik) borgan sari takomillashib va samarali bo‘lib bormoqda, muvaffaqiyatga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Hozirgi zamon ichki yonish dvigatellari (IYOD) rivojlanish an’anasining yorqin ko‘rinishlaridan biri ish jaryonini boshqaruvchi mexanik vositalarni elektron vositalarga almashtirish bo‘lib qoldi. Yaqin kelajakda na faqat yoqish va yonilg‘i etkazib berish, balki gaz taqsimlash, sovitish, moylash ishlari shunday elektron tizim bilan boshqariladigan bo‘ladi. Odatdagi mexanik vositalar (rul boshqaruvi, kuch uzatish, tormoz, osmalar, o‘rindiqlar, ko‘zgular, oynalar, iqlimiy qurilmalar va boshqalar) asta-sekin elektron boshqarishga o‘tkazilmoqda. Bu esa elektr quvvatlariga bo‘lgan talabni va simlarning umumiy uzunligini oshirmoqda (hozir bir necha kilometrga etgan). Yonilg‘i sarfini kamaytirish muammosi keskin turibdi. Uni hal qilishning asosiy yo‘nalishi dvigatellar va energetik qurilmalarning foydali ish koeffitsientini (FIK) oshirish bo‘lib qolmoqda. Yonilg‘i tejamining ikkinchi muhim yo‘nalishi – avtotransport vositalarining komfortabelligiga, xavfsizligiga, mustahkamligiga ziyon etkazmasdan massasini kamaytirishdir. Yonilg‘i tejamkorligini oshirishning uchinchi yo‘nalishi – yangi materiallar, samarali konstruktorlik texnologik echimlar yordamida ishqalanish natijasida yo‘qotishlarni maksimal kamaytirish. Yana ikki yo‘nalish juda istiqbolli. Bular - yonilg‘i elementlarida ishlaydigan avtomobillar va shunday nomlangan gibrid transport vositalari. 240 Yuqori tezlik va jadallik bilan ta’riflanadigan harakatniing zamonaviy sharoitlarida, inson avtomobilni o‘zining ruhiy-jismoniy qobiliyati bilan boshqaradi. Shuning uchun hozirgi vaqtda harakatni boshqarishning elektron vositalari rivojlanmoqda. Oxirgi 25 yil ichida engil avtomobil o‘rtacha 10%ga kichraydi, 20%ga engillashdi va 4 marta xavfsiz bo‘lib qoldi. Turli xil yangi tizimlar va tarkibiy qismlarni (komponentlarni) qo‘llash avtomobillarni yana ham mustahkamroq, qulayroq, tejamliroq, komfortabeli qildi. Intellektual tarkibiy qismlarni, to‘rlar va tizimlarni bundan keyingi rivojlanishi komfort va xavfsizlikni va tejamkorlilikni yana ham salmoqli taraqqiyotiga va yuksalishiga olib keladi. Hozirda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri, bu, iste’mol xossalarining majmuidir. Mustahkamlik, tayinlangan ko‘rsatkichlarga moslik, texnologiya boplik, seriyalab chiqariladigan buyumlarni birhillashtirish ko‘rsatkichlaridan boshqa, «komfortabellik», «estetika», «e’tiborlilik», «boshqarish qulayligi», «ergonomik takomillik» kabi ko‘rsatkichlar belgilovchi bo‘lib qolmoqda. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling