245
Hozirgi zamon diagnostikalash uskunalari o‘lchamlar haqiqiyligini va
aniqligini ta’minlashi, diagnostika ishlarini bajarishga
ketadigan mehnat va
vaqtni kamaytirishi kerak. Bunga esa, olingan axborotlarni taxlil qilish,
saqlash va kerak bo‘lganda ishlatuvchiga chiqarib
berish jarayonlarini
avtomatlashtirish hamda turli xil diagnostika uskunalari orasida axborot
almashish imkoniyati bilan erishish mumkin bo‘ladi. Turli hil diagnostikalash
uskunalari «ochiq arxitektura» tamoyili bo‘yicha yagona diagnostikalash
majmuasini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Uskunalar
shunday bo‘lishi kerakki, murakkab diagnostikalash ishlarini o‘rta malakali
xodimlar ham bajara olsin. Diagnostika uskunalarining universalligi bu
ishlarni bajarish qiymatini sezilarli darajada pasaytiradi.
Diagnostikalash
uskunalarining qiymati echiladigan masalalarga mos bo‘lishligi muhim
talabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: