Mashinalardan foydalanish asoslari
Qishloq xo‘jalik mashinalari texnik ekspluatatsiyasining
Download 3,58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
17.2. Qishloq xo‘jalik mashinalari texnik ekspluatatsiyasining
rivojlanish istiqbollari Mavjud qishloq xo‘jalik texnikasining tarkibini, mashina traktor parklarining ishlab chiqarish-texnik bazasini rivojlantirish kerak. Mashina traktor parkining yuqori darajada uringanligi, ehtiyot qismlarning va boshqa ashyolarning qiymatini oshib ketganligi mavjud mashinalardan tarkibdan samarali foydalanishga, sifatli ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. Tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan va resurslaridan hali ham to‘liq foydalanilmaydi. Mashina traktor parklari va shina ta’mirlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan atigi 10-15% foydalaniladi. Korxonalarning er hududlaridan samarli foydalanilmaydi. MTP xodimlarini ishga rag‘batlantirish yuqori darajada emas, ta’mirlovchi ishchilar va muhandis–texnik kasblarining obro‘-e’tibori tushib ketmoqda. Shular munosabati bilan qishloq xo‘jalik texnikalaridan samarali foydalanishni ko‘taradigan tadbirlarni amalga oshirish talab qilinadi, shuningdek: 246 - korxonalar rahbar kadrlari va mutaxassislarining malakalarini , ayniqsa zamonaviy bilimlar hisobiga, shuningdek tez o‘zgarayotgan bozor iqtisodiyoti sohasida oshirish; - transport xizmatining sifati yaxshilanishini va tarmoq yuk tashuvchilarining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun transport vositalari parkining tarkibini yuk va yo‘lovchi avtoparklarning har yilgi yangilanish sur’atini oshirish (yiliga 8-10%ga) yo‘li bilan takomillashtirish; - avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, hamda yo‘lovchilarga sifatli va to‘liq xizmat ko‘rsatishni zamonaviy uskunalari bilan jihozlash va shularga muvofiq texnologik jarayonlarni qo‘llash yo‘li bilan tarmoqning ishlab chiqarish infrastrukturasini – avtokorxonalarning ishlab chiqarish-ta’mirlash bazalarini, shina ta’mirlash zavodlarini va texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini mustahkamlash; - muhim yuklarni eng qulay yo‘nalishlarda tashishning ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish; - qishloq xo‘jalik tarmog‘i korxonalariga ilmiy va axborotlar bilan xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish; - qishloq xo‘jalik tarmog‘ini yaqin kelajakda rivojlanishining investitsiya dasturlarini, chet el kapitali ulishi anchagina oshishini hisobga olib, ishlab chiqish; - avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishni tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy hujjatlarni xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirib qayta ko‘rib chiqish va yangilarini ishlab chiqish. Ilmiy-texnik taraqqiyotni va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar harakatini e’tiborga olib avtomobillardan texnik foydalanishning bundan keyingi takomillashuvi va rivojlanishining asosiy istiqbolli yo‘nalishlar orasidan quyidagilarni ajratish mumukin: - avtomobillardan texnik foydalanish jarayonlarida mehnatni va ekologiyani muhofaza qilishga talab darajasining oshishi; 247 - avtomobil transporti tizimining bo‘lagi - texnik foydalanishni takomillashtirishda bundan keyin ham davlatning ishtirok etishi (rag‘batlantirish va nazorat qilish masalalarida); - texnik Diagnostikalashahamiyatining oshib borishi, qishloq xo‘jalik vositalariga bevosita o‘rnatiladigan Diagnostikalash tizimlarining rivojlanishi; - qishloq xo‘jalik vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni rejalashtirish uchun ularning texnik holatini bashorat qilishda tegishli axborot tizimini yaratish; - qishloq xo‘jalik vositalariga «har bir elementning talabiga binoan» texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tamoyiliga o‘tish; - avtomobillardan texnik foydalanishni rejalashtirishda va amalga oshirishda axborotlar texnologiyasini qo‘llashni kengaytirish; - qishloq xo‘jalik texnikasini o‘zidan texnik foydalanishda uni boshqarish ob’ektiga aylantirish; - qishloq xo‘jalik texnikasi elementlarining (harakat va ekologiya xavfsizlikka ta’sir etuvchi elementlardan boshqa) ishga layoqatliligini quvvatlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish strategiyasini tuzishda iqtisodiy mezonlar salmog‘ini kuchaytirish; - texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologiyalari bajarilishini, hamda qishloq xo‘jalik texnikasidan foydalanishda ularning natijalarini nazorat qilish va hisobotini olib borish ahamiyatini kuchaytirish; - qishloq xo‘jalik texnikalarining ishga layoqatliligini quvvatlashda ularga xizmat ko‘rsatish korxonalari ahamiyatini sezilarli ko‘tarish; - firma ko‘rinishida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish; - qishloq xo‘jalik texnikasini ishga layoqatli holatda tutib turishda kichik biznes ahamiyatini jonlashtirish; - qishloq xo‘jalik texnikasi tizimining bo‘lagi - texnik foydalanish chegarasida bajarladigan ishlar (xizmatlar) ro‘yxatini kengaytirish; 248 - texnik foydalanish va servisning sifatini boshqarish tizimini rivojlantirish, xalqaro sifat standartlarini qo‘llash; - mashina traktor parklari xodimlari malakasini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etish va sifatni boshqarishning ahamiyatini kuchaytirish. 1 Diagnostikalash va texnik xizmat ko‘rsatish uskunalarini rivojlantirish yo‘llari 2 Qishloq xo‘jalik texnikasi texnik ekspluatatsiyasining rivojlanish istiqbollari Diagnostika-tashxis qo‘yish usuli ikki guruhga: kishi sezgi organlari orqali sub’ektiv va ob’ektiv-ulchov asboblari yordamida amalga oshiriladiganlarga bo‘linadi. Tashxis parametrlarini ulchash turiga qarab tug‘ridan- tug‘ri va yordamchi parametrlar orqali amalga oshiriladigan bo‘ladi. Download 3,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling