Mashinalardan foydalanish asoslari


 Yonilg‘ining muqobil turlarida, shunigdek gibrid energetik


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

16.4. Yonilg‘ining muqobil turlarida, shunigdek gibrid energetik 
qurilmalarda ishlaydigan ATVlarni chiqarishni kengaytirish 
 
Avtomobil parki tarkibida dizel yonilg‘isida va noan’anaviy yonilg‘i 
turlarida, avvalam bor, siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan avtomobillar ulushi 
oshmoqda. 
Oxirgi o‘n yillikda, avtomobil parki katta sur’atlarda kengayib, an’anaviy 
suyuq yonilg‘ini etishmasligi natijasida gazsimon yonilg‘idan foydalanishga 
qiziqish sezirarli ko‘paydi. Suyultirilgan neft gazi (SNG) va siqilgan tabiiy 
gaz (STG) suyuq uglevodorod yonilg‘ining arzon, yonganda kam zaharlash
xususiyatiga ega bo‘lgan o‘rinbosaridir. Yonilg‘i-energetik resurslar tarkibini 
neftdan olinadigan suyuq energomanbalar ulushini kamaytirish hisobiga 
sozlash istiqbolli yo‘nalish bo‘lib qoldi. Bu tadbirlarga avtotransportni 
dizellash, avtomobillarning bir qismini siqilgan tabiiy gazga (STG) va 


241 
suyultirilgan propan-butan fraksiyali neft gaziga (SNG) o‘tkazish, kelajakda 
esa, avtomobil benzini tarkibiga metanol, etanol, suv kiritish, hamda 
transportda 
suyultirilgan 
tabiiy 
gaz 
(SuTG), 
biogaz, 
vodorod va 
energomanbalar o‘rnini bosadigan boshqa turlarini qo‘llash kiradi. Ana 
shuning uchun transport vositalarida kuch beruvchi agregat sifatida gaz 
dvigatellarini qo‘llash keng yoyilmoqda. 
Gaz yonilg‘ilarni qo‘llash zaruriyati quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
- chiqindi gazlar bilan havo havzasi zararlanishi kamayadi; 
- respublika yonilg‘i-energetik resurslaridan oqilona foydalanishni 
ta’minlanadi; 
- dvigatellar va motor moylarining ishlash muddatlari uzayadi; 
- gaz yonilg‘ilar nisbatan tushadi. 
Oxirgi vaqtda atmosfera havosi avtomobil dvigatellarining chiqindi 
gazlari bilan ifloslanish xavfi yuksalib borayotganligi alohida ahamiyat kasb 
etmoqda. Shuning uchun avtomobil dvigatellarini gaz yonilg‘ilariga o‘tkazish 
yo‘li bilan chiqindi gazlarda zararli moddalar konsentratsiyasini pasaytirish 
atrof muhitni himoyalashning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. 
Zamini tabiiy gazga boy bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi uchun gaz 
yonilg‘ilarini qo‘llashni kengaytirish masalasi ayniqsa zarurdir. 
O‘rta Osiyoning gaz konlari aniqlangan, gaz yonilg‘ilari zaxirasi va uni 
qazib olish bo‘yicha G‘arbiy Sibirdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Gaz 
zaxiralarining imkoniyati (salohiyati) 16,5 trln. kub metr, aniqlangan zaxira 
3,1 trln. kub metr. Bu zaxiralarning 93%dan ko‘prog‘i O‘zbekistonga (40%) 
va Turkmanistonga to‘g‘ri keladi. 
O‘zbekistonda yiliga taxminan 7-8 mln.t. neft (gaz kondensatini qo‘shib), 
55 mlrd. kub metr tabiiy gaz va 5,5 mln.t. ko‘mir qazib chiqariladi, ya’ni 
respublika yonilg‘i-energiya balansida (YOEB) tabiiy gaz 65%ga yaqinini 
tashkil etadi, jahon miqyosida esa tabiiy gaz YOEBda taxminan 22-24%ni 
tashkil etadi. Yonilg‘ini turlari bo‘yicha sarflar va ularning O‘zbekiston 
Respublikasi YOEBdagi ulushlari 30.1. jadvalda keltirilgan. Gaz yonilg‘ining 


242 
boshqa turi bu suyultirilgan propan-butan arlashmasi (SNG) yoki yo‘lovchi 
(poputniy) gaz, neft qazib chiqarish va neft-gazni qayta ishlashda yo‘l-
yo‘lakay hosil bo‘ladigan mahsulot. SNGning jahon YOEBdagi ulushi 
taxminan 2,2%ni tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda esa 4,0 -4,2%. 
G‘arbiy Evropada SNG taxminan 10% ichki yonish dvigatellari uchun 
yonilg‘i sifatida qo‘llanadi. O‘zbekistonda yiliga motor yonilg‘isi sifatida 
30,0 ming t. SNG va 70,0-72,0 mln. kub metr STG foydalaniladi, bu esa 
tabiiy resursning o‘ndan birini tashkil etadi. Shunday qilib, O‘zbekistonda 
tabiiy gaz energiyani iste’mol qiluvchilar uchun, va birinchi navbatda, 
transport uchun, asosiy va istiqbolli yonilg‘i turi bo‘lib qoldi. Siqilgan tabiiy 
gazni Respublikada mavjud bo‘lgan ishlatish infrastrukturasi (32 avtomobil 
gazto‘ldiruvchi kompressor shaxobchalarda sutkasiga 12500ta gaz to‘ldirish) 
yiliga 230-250 mln. kub metr tabiiy gazdan foydalanish imkoniyatini beradi, 
ya’ni 190-200 ming t. benzinga teng keladi, bu esa O‘zbekistonga neft import 
qilishni to‘liq tugatish imkoniyatini beradi. 
Suyultirilgan neft gazi (SNG) bashorat qilinayotgan va amalga 
oshirilayotgan ishlab chiqarish, 2009 yili 1,0 mln. tonnagacha, kimyo sanoati 
chiqaradigan yonilg‘i aralashmalarining resursi haqiqatda iste’molchilarning 
30-35%ini ekologik toza motor yonilg‘isi bilan ta’minlash imkoniyatini 
beradi. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling