Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
7.14-rasm. Mashina faralarini sozlash
3. NIIAT E-6 va PRAF-2 asboblari yordamida faralarni sozlash (7.2 va 77.3-rasmlar). Buning uchun asbob mashinaning gorizontal holatiga moslab sozlanadi. So‘ng, yoritgich yoqilib ekranda hosil bo‘lgan ellips markazi, ekran markazi bilan bir nuqtaga keltiriladi, ya’ni yoritgich sozlanadi. 7.15-rasm. NIIAT-E-6 asbobining tuzilishi: 1-linza, 2-ko‘zgu, 3-shayton, 4-ekran, 5-asos, 6-mahkamlagich, 7-ko‘ndalang shtanga, 8-yo‘naltiruvchi, 9-yoritgich, 10-ushlagich. 107 Tumanga qarshi faralarni rostlashda fara korpusi mahkamlash boltiga nisbatan bo‘ylama va ko‘ndalang vertikal tekisliklar bo‘yicha buriladi. Farani shunday o‘rnatish lozimki, mashina oldida 5 m masofada joylashgan ekrandagi nur dog‘ining yuqori chegarasi, fara markazlari balandligidan 100 mm pastda o‘tkazilgan gorizontal chiziq bilan mos tushsin. Yoritish jihozlarining yaroqsiz detallari almashtirish yo‘li bilan ta’mirlanadi. Tekshiruv-nazorat asboblariga TXK. Asboblarning ishlash qobiliyati va to‘g‘ri ko‘rsatishi tekshiriladi. Ularning nosozliklari sim chulg‘amlarining kuyishi, simlarning uzilishi, noto‘g‘ri ko‘rsatishi va h.k. Agar ularni tuzatib bo‘lmasa, yangisiga almashtiriladi. 7.16-rasm. A-farani tekshiruvchi PRAF-2 asbobi; 1-optik kamera, 2-to‘g‘ri burchakli prizma, 3-buraluvchi o‘q. 7.17-rasm B-Optik kamera shakli; 1-linza, 2-fotoelement, 3-milliampermetr, 4- ekran. 108 Moy bosimi, suv harorati va yonilg‘i sathining ko‘rsatkichlari datchik va qabul qiluvchilarning ishchanligini tekshirish uchun ular mashinadan echib olinadi va mahsus jihozlar yordamida me’yor ko‘rsatkichlariga taqqoslab tekshiriladi. Nazorat-o‘lchov asboblarining konstruksiyasi va vazifasining turli - tumanligini hisobga olib, quyida, misol tariqasida, haroratning magnitoelektrik ko‘rsatkichidagi asosiy nosozliklar keltirilgan: datchikni motorga mahkamlash paytida gaykasini ortiqcha kuch bilan burash oqibatida datchik ballonida jipslikning buzilishi(bu holda suv datchik ichiga o‘tib termorezistorni ishdan chiqaradi); termorezistor xarakteristikasi barqarorligining buzilishi ishlatish jarayonida termorezistorning ortiqcha va uzoq vaqt qizishi oqibatida yuzaga keladi, masalan, motorni sovutish suyuqligisiz ishlatilganda; tebranish va zarblar ta’sirida priyomnik strelkasining magnit o‘qida siljishi; priyomnik ichidagi simning uzilishi. Texnik xizmat ko‘rsatish. Datchik yoki priyomnikning nosozligi aniqlanganda ularni yangisiga almashtirish tavsiya etiladi, chunki ular qismlarga ajralmaydi va ekspluatatsiya jarayonida ta’mirlanmaydi. Magnitoelektrik harorat ko‘rsatkichlar sozligini tekshirishni 20°S da va ma’lum bir ketma-ketlik bilan amalga oshirish tavsiya etiladi, buning uchun datchik va priyomnik mashinadan echib olinishi kerak. Priyomnik moslamaga ishchi holatda o‘rnatiladi. Datchik to‘ldirilgan va radiator qopqog‘i bilan berkitilgan maxsus vannaga solinadi. Radiator qopqog‘i vannadagi suv haroratini 100°S dan oshirishga imkon beradi. Sovutish suyuqliklari haroratini o‘lchash uchun mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar datchigi faqat suvda tekshiriladi, chunki ularni moyda qizdirilganda, moy jadal aralashmasligi tufayli issiqlik uzatish sharoitlari o‘zgaradi va natijada o‘lchash xatoligi ko‘payadi. Moy haroratini o‘lchash uchun mo‘ljallangan datchiklar moy to‘ldirilgan vannada tekshiriladi. Moslamaga uzatiladigan kuchlanish miqdori 14 yoki 28V ga teng (nominal kuchlanishi 12 va 24V bo‘lgan asboblarga mos 109 ravishda). Suv yoki moy to‘ldirilgan vanna sekin-asta qizdirilishi lozim. Ko‘rsatkich priyomnigining ko‘rsatishlari vannaga o‘rnatilgan simobli nazorat termometri ko‘rsatishlari bilan solishtiriladi. Temometr shkalasidagi bo‘linmalar qiymati 0,5°S dan katta bo‘lmasligi kerak. Priyomnik shkalasidagi belgilardan ko‘rsatishlarni yozib olishdan avval kamida ikki daqiqa kutib turish lozim. Agar xatolik quyida keltirilgan qiymatlardan kichik bo‘lsa, priyomnik va datchik soz holatda deb xisoblanadi: 7.2-jadval Priemnik shkalasining tekshiriladigan nuqtalaridagi harorat, S 40 80 100 110 120 Ruxsat etilgan xatolik, S 8 5 5 6 6 Xatolik yuqori bo‘lgan holatda harorat ko‘rsatkichning priyomnigi va datchigini alohida tekshirish lozim. Agar bu ko‘rsatkichlar me’yor chegarasida bo‘lsa, asboblar soz holda hisoblanadi, aks holda yangisiga almashtiriladi. Mashinaga umumiy diagnoz qo‘yish Diagnoz qo‘yish deb, mashina yoki uning agregatlarini va mexanizmlarini bo‘laklarga ajratmasdan turib, texnik holatini aniqlashga aytiladi va u mashinalarga TXK va JT ishlari texnologik jarayonini boshqarish elementlaridan biri hisoblanadi. Tekshiruv-diagnoz qo‘yish ishlari davrida mashinaning harakat xavfsizligini ta’minlovchi agregatlarning holati aniqlanadi, TXK dan avval diagnoz qo‘yilib ish hajmlari aniqlansa, TXK va JT dan so‘ng bajarilgan ishlarning sifati tekshiriladi. Bajariladigan ish hajmi, davriyligi, ish turlari, mo‘ljal-langanligi va TXK, JT texnologik jarayonida tutgan o‘rniga qarab, diagnoz qo‘yish ishlari D-1, D-2 va D r kabi turlarga bo‘linadi. Ularning texnologik jarayondagi o‘rni avvalgi bo‘limlarda keltirilgan. 110 D-1 dan asosiy maqsad harakat xafsizligini ta’minlovchi agregat va mexanizmlarning texnik holatini (tormoz, boshqarish mexanizmi, oldingi g‘ildiraklarni o‘rnatish burchaklari, yoritish asboblari), chiqindi gazlarning zararliligini va yonilg‘i sarfini aniqlashdan iborat. D-1 asosan, 1-TXK bilan birgalikda o‘tkaziladi. D-2 dan asosiy maqsad mashinaning tortish-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq texnik holatini aniqlash va asosiy agregat, tizim va mexanizmlarning nosozligini aniqlashdan iboratdir. D-2, 2-TXK dan 1 2 kun avval o‘tkazilib, ish hajmi aniqlab olinadi hamda ishlar tugagach, uning sifati nazorat qilinadi. D-2 buyurtma bo‘yicha JTdan avval ish hajmini aniqlab olish uchun ham bajarilishi mumkin. TXK va JT ishlari o‘tkazish uchun ma’lumotlar diagnoz qo‘yish jihozlari va ixcham, ko‘chma asboblar yordamida olinadi. TXK va JT ishlari bajarish davrida nosozliklarni va buzilishlarni aniqlash uchun, ("operativ -texnologik" diagnoz qo‘yish D r ), ko‘chma va statsionar asboblar qo‘llaniladi. Mashinani to‘liq diagnozlashdan maqsad-uning ekspulatatsion ko‘rsatkichlarini (motor quvvati, yonilg‘i sarfi, harakat xafsizligi va tashqi muhitga ta’siri) va agregat hamda uzellarining texnik holatlarini aniqlashdan iboratdir (7.1-jadval). Mashina yoki uning agregatlari bo‘yicha kerakli ko‘rsatkichlar aniqlangach, ular me’yorlar bilan solishtiriladi. Farqlar katta bo‘lsa, chuqurroq diagnostika o‘tkazilib, mavjud nosozliklar aniqlanadi. Mashinalarga diagnoz qo‘yish qo‘zg‘almas jihozlar yordamida yoki ekspulatatsiya sharoitida bajariladi. Ekspluatatsiya sharoitida tormoz tizimining texnik holati va yonilg‘ining chiziqli sarfi aniqlanishi mumkin. Maxsus jihozlar yordamida diagnostikalash yuqori samara beradi, chunki ular yordamida mashinani kerakli tezlikka chiqarish, kerakli yuklanishni berish va har xil sharoitlarni namoyon qilish mumkin. Mashinalar ekspluatatsiyasida asosiy diagnostikalash ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: N k -g‘ildirakdagi quvvat; V a -harakat tezligi; R k - g‘ildirakdagi etaklovchi tortish kuchi; F f -harakatga qarshilik; S v -erkin yurish 111 yo‘li; S r -tezlanish yo‘li; t r -tezlik va j r -tezlanish vaqti; Q-yonilg‘ining solishtirma sarfi; S t -tormoz yo‘li; R t -tormozlash kuchi; t z -sekinlanish vaqti; S z -sekinlashish yo‘li; R b -tashqi ta’sir etuvchi kuchlar (shinaning yo‘l bilan ilashishiga ta’sir etuvchi kuchlar); SO-chiqindi gazlar zaharliligi; A-shovqin balandligi. 7.3-jadval Diagnoz qo‘yish ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash jihozlari Mashinalarning ekspluatatsiya xususiyatlari Diagnoz qo‘yish ko‘rsatkichlari Diagnoz qo‘yish jihozlari Maxsus Universal Tortish-iqtisodiy N k ,P k ,V a ,F f , S v ,S p ,t p ,J p , CO,A,Q Tortish xususiyatini aniqlash jihozi Aralash jihoz, umumlashgan Tormozlanish P t ,S t ,J z ,t z ,S z Tormoz jihozi Aralash jihoz, umumlashgan Yurish qismi P b Yurish qismi holatini aniqlash jihozi Aralash jihoz, umumlashgan Mashinaning quvvati, tejamkorligi va atrof muhitga ta’sir ko‘rsatkichlari bo‘yicha diagnozlash. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki mashinalarning ko‘pgina qismi nosoz holda, ya’ni to‘liq quvvatidan foydalanmay hamda yonilg‘ini me’yoridan ko‘proq sarflab ishlatiladi. Bu kamchiliklarning 70% ni KXK da sozlash va tekshirish yo‘li bilan bartaraf qilish mumkin. Kamchiliklarning asosiy sabablari yonilg‘i o‘tkazgichlarning nozichligi, filtrlarning tiqilib qolishi, shinadagi bosimning pasayishi va shu kabilar hisoblanadi. Ammo 20%ga yaqin hollarda, nuqsonlarni aniqlash uchun diagnozlash ishlarini bajarish zarur. Qolgan 10% ga yaqin hollardagi yonilg‘ining ko‘p sarf bo‘lishiga haydovchi mahoratining pastligi va foydalanish sharoiti sabab bo‘ladi. Hisoblar shuni ko‘rsatadiki, shahar sharoitida yonilg‘ini me’yoridan ko‘p sarflash hollarini aniqlash va o‘z vaqtida unga qarshi chora tadbirlar ko‘rish bilan, butun mashina saroyi bo‘yicha sarfni 3 5%gacha kamaytirish mumkin. 112 Mashina motorining quvvati va tejamkorligi pasayishini quyidagi ifoda orqali, etakchi g‘ildiraklarga motordan keladigan quvvat-N k ni aniqlab tahlil qilish mumkin. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling