Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI G.SH.JO‘RAYEVA, M.I.MAMASOLEYEVA, D.Q.ALIMOVA, A.T.AZIMOV MASHINALARDAN FOYDALANISH ASOSLARI O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etgan Toshkent 2020 2 UO‘K: 625-11-9(575.1) G.SH.J o‘ rayeva, M.I.Mamasaleyeva, D.Q.Alimova, A.T.Azimov Mashinalardan foydalanish asoslari. Darslik. Toshkent, 2020, -266 b. «Mashinalardan foydalanish asoslari” fanidan tayyorlangan ushbu darslik oliy o‘quv yurtlari bakalavriat talabalari va shuningdek mazkur 5610600-- «Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi» yo‘nalishdagi uchun mo‘jallangan bo‘lib, mashinalardan foydalanish majmualari mashinalari kabi bo‘limlarini o‘z ichiga olgan. Ushbu darslik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan mashinalar kompleksini, mashina-traktor agregatlaridan foydalanish turlari to‘g‘risida ma’lumotlar bayon etilgan. Mazkur darslikda keltirilgan ma’lumotlardan talabalar mashinalash foydalanish turlari, ularning vazifalari, ishlatilishi, saqlanishi va xavfsitzlik qoidalarini o‘rganadilar. Учебник по дисциплине "Основы эксплуатация машин «Предназначен для студентов бакалавриата высших учебных заведений, а также для направления 5610600-“Техника и технология обслуживания”, включающий в себя такие разделы машинно- эксплуатационного комплекса, как машины. Данный учебник содержит сведения о типах эксплуатация машинно- тракторного комплекса, машинно-тракторных агрегатов, применяемых в процессе сельскохозяйственного производства. Из информации, представленной в данном учебнике, студенты изучают виды эксплуатация машин, их функции, использование, хранение и правила безопасности. Taqrizchilar: Pulatov T.R. – Tashrent shahar Turin Politexnika universisteti dotsenti, PhD. Irgashev A. - ToshDTU professori, t.f.d. © Toshkent davlat texnika universiteti, 2020 3 ANNOTATSIYA «Mashinalardan foydalanish asoslari” fanining vazifasi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan mashinalar kompleksini, mashina-traktor agregatlaridan foydalanish ko‘rsatgichlarini, mashina-traktor agregatlarini komplektlashni, agregatlardan foydalanish. Darslikda mashinalaridan foydalash turlari to‘g‘risida ma’lumotlar bayon etilgan bo‘lib, 5610600-«Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallab tuzilgan, shuningdek, undan ushbu yo‘nalishga yaqin mutaxassisliklar yo‘nalishlari talabalari ham foydalanishlari mumkin. To‘plamda mashinalardan foydalashning texnologik ish jarayonlari, asosiy rostlanishlari, mashinalarga qo‘yiladigan talablar va nazorat savollari keltirilgan. ANNOTATSIYA Задача дисциплины "Основы эксплуатации машин" -использование машинно-тракторных агрегатов, комплектующих машинно-тракторных агрегатов, показателей эксплуатации машинно-тракторных агрегатов, применяемых в процессах сельскохозяйственного производства. В учебнике изложены сведения о видах эксплуатации машин, которые предназначены для студентов направления 5610600-«Техника и технология обслуживания», а также могут быть использованы студентами специальностей, близких к данному направлению. В сборнике представлены технологические рабочие процессы эксплуатации машин, основные настройки, требования к машинам и контрольные вопросы. ABSTRACT The task of the discipline "Bases of operation of cars" -the use of tractors, components of tractors and machines, performance machine-tractor units used in the agricultural production processes. The textbook contains information about the types of operation of machines that are intended for students of the direction 5610600 - "Technology and service technology", and can also be used by students of specialties close to this direction. The collection presents the technological working processes of machine operation, basic settings, requirements for machines and control questions. 4 Kirish Mamlakat aholisi va sanoatini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Agrar sohada o‘tkazilayotgan chuqur izchil islohotlar o‘z samarasini berib, fermer xo‘jaliklarining yiriklashuvi, texnik bazalarining kengayishi, ularga ko‘rsatiladigan servis tizimining shakllanib, mukammallashuvi kishilarni ishlab chiqarish qurollariga va erga bo‘lgan mo‘nosabatlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Agrar soha ishlab chiqarishida salohiyatli, bozor iqtisodiyotida raqobatli ishlab chiqarishni tashkil eta oladigan, etuk mutaxassislar korpusi shakllanib bormoqda. Agrar sohaning energetik imkoniyatini kengayishi etishtirilayotgan mahsulotlarning turi va hajmini oshirishga zamin yaratadi. Pirovardida, qishloq xo‘jaligida energetik vositalar va ishchi mashinalarning ko‘payishi ayni vaqtda ulardan samarali foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham agrar soha ishlab chiqarishida foydalanilayotgan mashina-traktor agregatlari, ularning tizimi va mashina-traktor parklari tarkibini aniqlashda ilmiy asoslarga suyanishni taqozo etadi. Bulardan tashqari ishlab chiqarishni tuliq mexanizatsiyalash, olinayotgan mahsulotlarni sifatli va nisbatan arzon bo‘lishini ta’minlash, ishlatilayotgan texnikalarning samaradorligini oshirish va ulardan texnik foydalanish tizimini tashkil etish kabi masalalar mutaxassisdan chuqur nazariy bilim va malakani talab qiladi. Mashina-traktor parkidan foydalanish fani ishlab chiqarish munosabatlari va qonuniyatlarini har taraflama o‘rganadi, bunda u boshqa fan yutuqlariga suyanadi. Avvalo, traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari, yonilg‘i va moylash materiallari, matematik va tabiiy, umumiy kasbiy fanlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish texnologiyalari, agrar soha iqtisodiyoti va uni boshqarish kabi fanlarni keltirib o‘tish joiz. Ushbu fanlar bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar shakllangandagina darslikda keltirilgan materiallarni o‘zlashtirishga imkon yaratilgan bo‘ladi. Ilmiy texnikaviy taraqqiyotda ishlab chiqarishning raqobatli tizimini yaratish 5 va uni yanada takomillashtirishda mashina-traktor parkidan foydalanish qonuniyatlarini o‘rganish va shu asosda uning samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling