Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
6 1.MASHINA- TRAKTOR AGREGATLARIDAN FOYDALANISH ASOSLARI 1.1.Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan sharoitda texnikalardan foydalanishning ahamiyati Qishloq xo‘jalik ishlab chikarishining asosiy vazifasi - aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash sanoatini esa xom ashyolarning kerakli turlari bilan ta’minlashdan iboratdir. Ushbu o‘ta dolzarb masalani hal qilishning moddiy negizini muhim qismi mashina- traktor agregatlari (MTA), murakkab texnologik jarayonlarni bajarishda qo‘llaniladigan texnologik komplekslar, fermer va shirkat xo‘jaliklarining mashina- traktor parklari tashkil etadi. Mashina- traktor parkidan foydalanish asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori va sifati, turli resurslarning sarfi xo‘jalikning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir qiladi. Etishtirilgan mahsulotlar tannarxini kamaytirishning bir yo‘li texnikadan foydalanganda bo‘ladigan sarf-xarajatlarni kamaytirish, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, mashina-traktor parki (MTP) dan foydalanish samaradorligini oshirishdir. Qishloq xo‘jalikda tub iqtisodiy islohotlarning olib borilishi xo‘jaliklarning maydalashuviga, ya’ni mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub’ektlari sonining ortishiga olib keladi. Bu esa texnika xizmatiga bo‘lgan talabni to‘laroq qondirish maqsadida texnika vositalaridan foydalanish va texnik servis-xizmatini tashkil etishning eng maqbul yo‘llarini topish zaruriyatini tug‘diradi. Agrar soxa ishlab chiqarishiga yangidan-yangi yuqori ish unumiga ega bo‘lgan zamonaviy traktor, qishloq xo‘jalik mashinalari, kombaynlar va ko‘plab yordamchi mexanizmlar jalb qilindi. Jahonda etakchilar qatorida turgan chet el firmalari bilan aloqalar yanada takomillashdi va natijada “CLASS” g‘alla kombaynlari, “Magnum” xaydov traktorlari, “Maral” ozuqa yig‘ish mashinalaridan bugungi kunda samarali foydalanish va ularga texnik servis-xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi. Bugungi kunda mamlakatimizning mashina-traktor parklarida 1,7 mln. dan ko‘proq “Magnum”, “Altay”, “Belarus”, “TTZ” rusumli traktorlardan, 500 7 mingdan ortiq kombaynlardan hamda AJ “O‘zbekqishloqmash”, “Chirchikqishloqmash”, “Tashqishloqmash” kabi zavodlarda chet el firmalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan ko‘plab ishchi mashinalardan foydalanib kelinmoqda. Qishloq xo‘jalik korxonalariga agrotexnik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, xo‘jalik texnikasidan foydalanish samarasini oshirish maqsadida mamlakatimizda mashina-traktor parklariga bo‘lgan e’tibor oshirildi. Muqobil MTP bozor iqtisodiyoti qonunlaridan kelib chiqqan holda tuzilishi kerak. Marketing esa talabnoma va reklama xizmati, iste’molchilar talabini o‘rganish shu asosda servis-xizmati turlari, ularni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan texnika vositalari tizimini belgilash, xizmat miqdori va uning narxini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, iste’molchilar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari orasida MTP tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan servis- xizmat turlarini reklama qilish bilan hamda kerakli texnika vositalarini, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i, moylash materiallarini sotib olish joylari va narxlari bilan shug‘ullanadi. Har qanday tuzilayotgan muqobil MTP o‘z faoliyatini shu bugundan boshlashi zarur, chunki MTP tuzilgan avval kimga xizmat ko‘rsatishi, xizmatga bo‘lgan talabni, xizmat turlarini aniq,. belgilab olishi hamda shu xizmat turlarini, miqdorini bajarish uchun qaysi turdagi texnika vositalari va qancha kerakligi aniq bo‘lishi zarur. Moliya-hisob xizmati, marketing xizmati tuplagan barcha talablar va shu talablarni bajarish uchun kerak bo‘ladigan texnika vositalarining bahosini xisoblab chiqishlari zarur. Chunki texnika turlari va soni talab darajasidagi servis xizmatini bajarilishidan tushadigan mablag‘ MTP ni me’yoriy faoliyat yuritishi uchun etarlimi, etarli bo‘lmasa xizmat narxini qanchaga oshirish mumkin, shu bahoda iste’molchilar MTP xizmatidan foydalanishga rozi bo‘ladimi, degan savollarga javob berishi kerak. Shuningdek, moliya-hisob xizmati bankda o‘z hisob raqamini ochishi, iste’molchilarning tulov qobiliyatlarini o‘rganishi va MTPning dastlabki faoliyatini boshlashi uchun kerak bo‘lgan mablag manbaini ham aniqlashi kerak. 8 Ishlab chiqarish xizmati esa mavjud texnika bilan iste’molchilarning talabnomalari asosida ko‘rsatilgan ish xajmini bajarishi kerak. Shuningdek, texnika vositalari doimo ishga shay bo‘lib turishi va talab qilingan ish miqdorini qisqa muddatda bajarib berishi zarur. bu nihoyatda muhim masala. Agrotexnik tadbirning o‘z vaqtida, sifatli qilib bajarilishi, iste’molchilar orasida ishonchning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, kafolatlangan ish bilan ta’minlanish omili bo‘ladi. MTP tarkibida bu tizimni mayda guruhlarga bo‘lish (jumladan, markaziy ustaxona, avtosaroy, ta’minot, saqlash, xaydov, chopiq traktorlarining guruhi va xokazo) notug‘ri buladi. Bunday qilish ortiqcha byurokratik holatni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish xizmatida ishlayotgan har bir muxandis, ta’mirlovchi yoki mexanizator bir necha turdagi ishlarni bajarishni, bir necha turdagi texnikada ishlashni bilishi kerak. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, qishloqda texnika vositalaridan samarali foydalanish va agrotexservis xizmati tizimida raqobatli muhitni vujudga keltirish maqsadida texnik servis-xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat mulk shaklidagi muqobil MTGT larni tuzish ob’ektiv zaruratga aylandi. Ularning tashkiliy, xuquqiy asoslari nimalardan iborat ekanligi, ularni tashkil etishda qanday muammolar mavjudligi va bularni qanday hal qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tish joizdir. Muqobil MTP larning xuquqiy asoslari deganda, agroservis tizimidagi bu yangi xo‘jalik sub’ektini tashkil etish va faoliyat turini belgilab berish deganda, shu sohaga oid mavjud qonunlar. xukumat qarorlari va boshqa bir qator me’yoriy xo‘jjatlarni tushunish lozim. Tashkiliy tomondan bu korxonalar xissador (aksioner) jamiyatning, ya’ni texnika ishlab chiqaruvchi zavodning ikkilamchi tuzilmasidir. Texnik markazlar u yoki bu xududda mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlarning vakili sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Shu sababli ularning vazifalariga: mashinalar, uskunalar, ehtiyot qismlarni sotish, ularni sotishga tayyorlash, montaj qilish va ishlatish, kafolat muddati davomida va undan keyingi TXK va ta’mirlash kabi ishlar kiradi. Agrosanoat majmuidagi munosabatlarga mos xol, bu ayrim fermer, 9 qishloq xo‘jalik korxonalariga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob- kitobni o‘z vaqtida amalga oshira olmasligi, shuning uchun texnik markazlar iste’molchilar bilan xisob-kitobda asosan kompensatsion va operativ lizing shakllaridan foydalanishi kuzda tutiladi. texnika ijarasi va mexanizatsiya ishlarining bajarilishi tug‘ridan-tug‘ri shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Shunday qilib, texnik markazlar u yoki bu turdagi ishlar bajarish uchun mashinalar majmuini etkazib beradi, ularni o‘z hisobidan neft mahsulotlari bilan ta’minlaydi, texnik servis- xizmati ko‘rsatadi. Texnik markazning texnika etkazib beruvchilar bilan muno- sabatlarini esa ikki usulda, ya’ni shartnomaviy va korporativ usulda tashkil etish mumkin. Birinchi usulda, texnika va uskunalar etkazib beruvchilar bilan lizing kelishuvi yoki birgalikda faoliyat yuritish xaqida shartnoma tuziladi. Ikkinchisida esa texnik markaz ikkilamchi buysunuvchi jamiyat bo‘lib qoladi. Uning faoliyati aksionerlik jamiyat tomonidan tayinlangan ijrochi direktor va direktorlar kengashiga saylangan vakillar tomonidan kuchli nazorat ostida bo‘ladi. Bunday holda texnika va boshqa moddiy resurslar texnik markazlariga vaqtincha saqlab turish uchun berilgan bo‘lib hisoblanadi. Bu usulda texnik markazlar texnika ishlab chiqaruvchilarga bevosita bog‘liq bo‘lib, mustaqil faoliyat ko‘rsatish imkoniga ega emas, natijada bu iste’molchilar bilan oladigan munosaoatlarda xizmat baholarining qat’iy o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi. Bir qator hollarda texnik markazlar bilan birga dilerlik markazlarining munosabatlarida xizmat baholari qat’iy o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi. Bular texnika ishlab chiqaruvchilar tomonidan ish va xizmat turlarini aynan dilerlik markazlari zimmasiga yuklatadi, chunki texnik markazlardan farqli ularoq dilerlik faqat texnika va resurslar etkazib beruvchi bilan emas, balki bir vaqtning o‘zida bir necha turli xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda ish olib borishlari mumkin. Dilerlik markazlarining tashkil etilishini rivojlanishi servis-xizmati dajmining kengaytirishi bilan birga texnika qismlar ta’minotini yaxshilashda ham muhim o‘rin tutishi kerak. Muqobil MTP larning yana bir shakli, bu xususiy tartibda tashkil etilgan MTP lardir. Bunday korxonalar bugungi kunda respublikamizda mavjud, bular 10 qatoriga Sirdaryo viloyati tumanlarida tashkil etilgan tuman MTP larini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Muqobil MTP larning yana bir shakli, bu fermerlarning texnikadan birgalikda foydalanish shirkatlaridir. Texnikadan foydalanishning bu usuli qushni mamlakatlarda qo‘llanib, ijobiy natijalar bermoqda. Bu shirkatlar o‘zida etishmagan texnika vositalarini maxsus tashkil etilgan ijara korxonalaridan olib, qisqa mudsatli ijara shaklidan foydalanib, o‘zidagi mavjud va ijaraga olingan asosiy vositalardan oqilona foydalanmoqdalar. Bu tajribani bizning respublikamizda ham kullash mumkin. Qishloq xo‘jalik samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lgan texnik xizmatlar tizimini rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda, shuning uchun hozirgi o‘tish davrida, moddiy-texnika resurslarini ko‘paytirish, ularning narxlarini yil sayin mu’tadillashtirish lozim, o‘rtacha bir xo‘jalikka tug‘ri keluvchi qiymat, qishloq xo‘jalik ekin maydonlarining o‘zgarib borishi sharoitida tashkil etilayotgan turli mulk shaklidagi MTP larning asosiy vazifasi ham korxonada mujassamlashgan texnika vositalaridan samarali foydalanish, TXK tannarxini arzonlashtirish, shu bilan birga bajarilayotgan ishlar sifatini yaxshilashga erishishdyr. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday korxonalarda ishni tashkil etish borasida tajribaning kamligi ishni an’anaviy yondashuv asosida tashkil etilishiga sabab bo‘lmoqda. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling