23
6.Viloyat sharoitida MTPdan foydalanishning qaysi usullari ko‘proq uchraydi?
2.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKASI ISH QOBILIYATINI
BOSHQARISH ASOSLARI VA ME’YORLARI.
2.1. Qishloq xo‘jalik texnikasi ish qobiliyatini boshqarish asoslari.
Qishloq xo‘jalik texnikasi ish qobiliyati foydalanish sharoitida o‘zgarib
boradi, masalan: joriy ta’mir ish hajmi me’yori yangi mashinada 25% ni
tashkil etsa, hisobdan chiqarilguncha 225%
ga etadi, ya’ni 9 marta oshadi.
SHu davrda sarflangan ehtiyot qismlar narxi 17 martagacha oshadi,
texnikaning tayyorlik koeffitsienti 15 % gacha kamayadi, kunlik bajaradigan
ishi 45% gacha kamayadi va hokazo.
Iste’molchilarni mashina ish qobiliyatining boshlang‘ich qiymatlarigina
emas, balki uning o‘zgarish dinamikasi va
oxir-oqibatdagi qiymatlari
qiziqtiradi. Foydalanish jarayonida oqilona texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash tizimini qo‘llash, ishlab chiqarish,
ishchilar va mexanizatorlar
malakasini oshirish va boshqa tadbirlar hisobiga QXT ish qobiliyatini
boshqarish mumkin.
Masalan: 10-15% buzilish va nosozliklar sifatsiz texnik xizmat ko‘rsatish
va ta’mirlash natijasida sodir bo‘ladi, g‘ildirakning o‘q bo‘ylab
urishi shina
resursini 20% ga kamaytiradi, o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash yonilg‘i sarfini 6 - 8,5% ga kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: