Mashinalari va uskunalari


Download 1.14 Mb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1407945
  1   2   3   4
Bog'liq
Toshlarni maydalash va saralash mashinalari va uskunalari


Toshlarni maydalash va saralash mashinalari va uskunalari


Reja:


  1. Kranlar.

  2. Toshlarni maydalash va saralash mashinalari.

  3. Pardozlash ishlari mashina va uskunalar.



    1. Kranlar


Strelali o’zi yurar kranlar qurilish, montaj va yuklash-tushirish ishlarida keng qo’llaniladi. Ularning asosiy afzalligi yuritmasining avtonomligi, o’zini-o’zi mustaqil yurita olishi, bir ob’ektdan boshqasiga tez o’tishi va almashinuvchi ishchi jihozlarining ko’pligidadir.
Strelali o’zi yurar kranlar qurilish maydonlarida yaxshi harakatlanish va manevrchanlikka ega bo’lgan kranlardan hisoblanadi. Bu kranlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish qulay bo’lgani uchun barcha turdagi qurilishlarda, yuklash, tushirish, qurilmani-o’rnatish va tuzatish ishlarida keng qo’llaniladi.
Gusenitsali kranlar. Sanoatda 16, 25, 40, 63, 100, 160, 250 tonna yuklarni ko’tarish qobiliyatiga ega gusenitsali kranlar ishlab chiqariladi (1-rasm). Ular chiqarma tayanchlarsiz ishlaydi va qurilish maydonlarida0.5...1.0 km/soat tezlikbilan harakatlanadi. Guseitsali kranlarning harakatchanligi va og’ir yuk ko’tarish qobiliyati yirik konstruktsiya va texnologik jihozlarni montaj qilishda foydalanish imkonini yaratadi. Burilish platformasiga ishchi jihozlar, kuch qurilmalari, strela va yuk chig’irlari, aylantirish va boshqarish mexanizmlari
o’rnatilgan. Gusenitsali kranlarda mexanik va elektrik yuritmalar qo’llaniladi Yuk ko’tarish qobiliyati 25 tn ortiq bo’lgan og’ir kranlarda dvigatel-generator-dvigatel tizimidan foydalaniladi. Gusenitsali kranlarni bir joydan ikkinchisiga ko’chirish maxsus transport mashinalari yordamida amalga oshiriladi.

1-rasm. Gusenitsali kran.




Pnevmog’ildirakli kranlar 25, 40, 63 va 100 tn yuk ko’taradigan bo’ladi. Kranning barcha mexanizmlari G-D tizimli bo’yicha (generator-dvigatel) individual o’zgarmas tokli yuritmaga ega (2-rasm). Kranning yurish qismi payvandlangan yurish ramasidan iborat bo’lib, yetaklovchi va boshqariluvchi avtomobil tipidagi ko’priklarga hamda chiqarma tayanchlarga tayanadi. Kranning yuk ko’tarish qobilyatiga ko’ra, ko’priklar 2...5 ta bo’lishi mumkin.


2-rasm. Pnevmog’ildirakli teleskopik kran15.
Avtomobil tipidagi maxsus shassilariga o’rnatilgan kranlar. Bu kranlar katta yuk ko’tarish qobiliyati va o’tag’onligi hamda manyovrchaligi bilan qurilish maydonidagi tariroq holda joylashgan ishlarni samarali ravishda amalga oshiradi. Maxsus shassidagi kranlarning yuk ko’tarish qobiliyati 250 tonnagacha va harakat tezligi 70 km/soat gacha boradi. Ularning 3...8 o’qli qilib tayyorlanadi (3-rasm).
Hozirgi avtomobil kranlarini ikkita guruhga bo’lish mumkin:

  1. yuk ko’taruvchanligi 2,5+5t va yuk momenti 75+190 kN, m:

  2. yuk ko’taruvchanligi 6-16t va yuk momenti 210+620 kN, m. bo’lgan kranlar. Bulardan ayrimlari uzunligi turlicha bo’lgan almashtiriladigan strelalar bilan jihozlangan bo’ladi.

Kranlarning havf-hatarsiz ishlashi uchun strelasining uchiga kran ish qismini bir yoki ko’p fazali elektr liniyasiga yaqinlashgandan ogoxlantiruvchi havfli kuchlanishlar avtomatik signalizatori o’rnatilgan.
Bulardan tashqari kranlarni ilgaklarini ko’tarilishi va qo’lochini chegaralovchi hamda og’ish miqdorining chegarasi haqida signal beruvchi qurilmalar bilan ta’minlangan.
YUk ko’taruvchanligi 100 t bo’lgan dizel-elektrik yuritmasiga ega bo’lgan kranning shassisi 5 ta ko’prikdan (most) iborat, ulardan ikkitasi yurituvchi va uchtasi boshqariluvchi hisoblanadi.
Avtomobil kranlarning eng katta kamchiligi, ularning ustuvorlik darajasining nisbatan kamligi xisoblanadi. SHuning uchun ham bu ko’rsatkichni yaxshilash maqsadida mexanik, gidravlik yoki pnevmatik chitsarma tayanchlar qo’llaniladi.



15 Building construction adhesives, Birkhauser Constructing architecture materials processes structures. Andrea Deplazes. Bauhauz, Berlin, 2007-(201-202).


  1. rasm. Avtomobil tipidagi maxsus shassilariga o’rnatilgan kran16.




Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling