Mashinalari va uskunalari
Download 1.14 Mb.
|
Toshlarni maydalash va saralash mashinalari va uskunalari
Chorpoyali kranlardan shahar, fuqaro va sanoat qurilishida og’ir vaznli uskunalarni o’rnatish, qurilish konstruktsiyalarini va detallarini tayyorlaydigan korxonaning omborlarida, hovlisida yuklash tushirish va tashish ishlarini bajarishda, ko’priklar, metro, estakadalar qurishda asosiy o’rnatish ishlarini bajarishda foydalaniladi (4-rasm). Bu kranlarning afzalligi konstruktsiyasining turg’unligidir. Yukni ko’tarish balandligi va ishlash zonasi cheklanganligi uning kamchiligidir.CHorpoyali kranlar ko’p motorli bo’lib, o’zgaruvchan tok bilan ishlaydi. Bu kranlar kran osti yo’llari bilan chegaralangan maydon tashqarisidagi yuklarni qo’zg’atish maqsadida konsolsiz va bir yoki ikki konsolli qilib tayyorlanadi.
rasm. Chorpoyali kran 16 Building construction adhesives, Birkhauser Constructing architecture materials processes structures. Andrea Deplazes. Bauhauz, Berlin, 2007-(204). Asosiy parametrlari: yuk ko’taruvchanlik «Q», kranning qulog’i «Z», yoki koleyasi, yuk aravachasining yo’l uzunligi «Z», ilgakni ko’tarilish balandligi «N», va kranning bazasi «V» bitta relsda o’rnatilgan yuritish aravachalarining sharnirlari o’rtasidagi masofa. Chorpoyali kranlarni montaj- qilish turli usullar bilan bajariladi: Bir yoki ikkita o’zi yurar strelali kranlar yordamida: Bir yoki turtta ko’taruvchi machta yordamida polispast va chig’irlar komplekti bilan: Yerda yig’ib olib, keyin uni ko’tarish 90% ga burish yo’li bilan: Kranni o’z mexanizmlari va tortuvchi polispastlari yordamida ko’tarish. Ko’prik kranlar. Yirik inshootlarning fundamentini qurishda, sanoat binolari qurilmalari va konstruktsiyalarini montaj qilishda hamda ishlab chiqarish jarayonida sanoat binolarida ko’prik kranlardan foydalaniladi. Kran ko’prigi metall konstruktsiyadan iborat bo’lib, rels bo’ylab haraktlanuvchi aravachalarga o’rnatilgan. Konstruktsiyasiga ko’ra ko’prik kranlar bir va ikki balkali bo’ladi (5- rasm). Bir balkali kranlar 10 tonnagacha yuk ko’tarib, tayanchlar orasidagi masofa 5-17m bo’ladi.Katta yuk ko’taruvchi kranlarda ko’prik ko’ngdalang kesimi to’rt burchak yoki tavrdan iborat bo’lgan bo’ylama ikkita balkalardan tayyorlanadi. YUk ko’taruvchanligi 20 tn.dan ortiq bo’lgan kranlarda asosiy va yordamchi yuk ko’tarish mexanizmlari qo’llaniladi. rasm. Ko’prik kran. Kabelli kranlar. Bu kranlar to’g’on, ko’priklar sanoat binolari qurilishida hamda yirik omborlarda qo’llaniladi. Kran minora turidagi ikki tayanchdan iborat (6- rasm). Tayanchlar o’rtasiga kanat tortiladi, kanat bo’ylab esa aravacha polispasti va ilgak osmasi bilan birga harakatlanadi. Kanat qo’zg’almas qilib mahkamlab quyilishi yoki kontr yuk og’irligi bilan taranglab turilishi mumkin. Kabelli kranlarning yuk ko’taruvchanligi va oraliq uzunligi ularning vazifasiga ko’ra har xil bo’ladi. rasm. Kabelli kran Minorali (bashennыy) kranlar- strelasi vertikal minoraning yuqori qismiga mahkamlangan mashina bo’lib, ukonstruktsiyalarni siljitish va montaj qilishda foydalaniladi (7-rasm). Minorali kranning ishchi harakati yukni ko’tarish-tushirish, strela qulochini o’zgartirish, yukni strelani burish va kranni rels bo’ylab harakatlantirishdan iborat. Kranlarning xizmat ko’rsatish maydoninig kattaligi ularan qurilish ishlarida keng foydalanish imkonini beradi. Xizmat ko’rsatish maydonining uzunligi relsli yo’l uzunligi va eni strela qulochining ikkibarobariga teng qilib olinadi. Minarali kranlar quyidagi turlarga bo’linadi: relsli yo’lda xarkatlanuvchi; statsionar; o’zi ko’tariluvchi. Strela qulochining o’zarishi bo’yicha esa ko’tariluvchi strelali va gorizontal balkali strelalilarga bo’linadi. Minara konstruktsiyasi bo’yicha esa minorasi buriladigan va burilmaydigan kranlar ishlab chiqariladi. rasm. Minorali (bashennыy) kran/ Quvur yotqizuvchi kranlar traktor kranlarning modifikatsiyasi hisoblanib, ular zanjirli traktorlarda o’rnatiladi, strelasi yon tomonga joylashgan bo’ladi (8-rasm). Ularning konstruktsiyasi turlicha bo’lib, yuk ko’taruvchanligi 3 -90 t gacha yetadi. Bu turdagi quvur yotqizgichlar handakdarga quvuro’tkazgichlar yotkizish, tozalovchi va izolyatsiyalovchi mashinalarni kuzatib borish, quvur o’tkazgichlarni payvandlash paytida tutib turish. quvurlarni yuklab tushirish ishlari uchun xizmat qiladi. rasm. Quvur yotqizuvchi kran Temir yo’l kranlari deb normal va tor koleyali temir yo’l izlaridan harakatlanish uchun yurish qurilmasi bilan jihozlangan kranlarga aytiladi (9-rasm). Kranlarning yuk ko’tarish imkoniyati 250 t gacha yetib, ular sun’iy inshootlarni tiklashda, bo’g’in yig’ish bazalarida, temir yo’llarni elektrlashtirishda, yuk ortish- tushirishda va boshqa ishlarda keng qo’llanadi. rasm. Temir yo’l krani. Mahalliy temir yo’l strelali kranlari yagona indeksatsiyalash tizimiga ega emas. Ko’pincha quyidagi harflardan iborat indekslar qo’llanadi: KDE va KJDE, shuningdek KDV, MK, SK, TSUMZ kabi indekslar ham ishlatilgan. Bugungi kunda KJS (strelali temir yo’l krani) seriyali strelali temir yo’l kranlari ishlab chiqarilmoqda. Temir yo’l strelali kranlari mexanizmlarining tuzilishi va kinematikasi gusenitsali va dizel-elektr yuritmasi bo’lgan pnevmog’ildirakli shu kabi qurilmalar kinematikasi va tuzilishidan juda kam farq qiladi. YUk ko’tarish imkoniyatiga bog’liq ravishda kranning yurish qismi sifatida qisqartirilgan temir yo’l platformasi qo’llanadi: yuk ko’tarish imkoniyati 10 t gacha bo’lganida – ikki o’qli; yuk ko’tarish imkoniyati 16–25 t bo’lganida – to’rt o’qli (ikkita ikki o’qli aravachada); yuk ko’tarish imkoniyati 25 t dan ortiq bo’lganida – olti o’qli (ikkita uch o’qli aravachada) (10-rasm). rasm. UK-25 rusumli yo’l izini yotqizish krani. Kran temir yo’llarning ishlab turgan liniyalari bo’ylab poyezd tarkibida harakatlanishi uchun uning yurish qismi tormoz asboblari, avtoilashma va Temir yo’llardan texnik foydalanish qoidalariga muvofiq boshqa qurilmalar bilan jihozlanadi. Temir yo’l kranlarining mustaqil harakatlanish tezligi 10 km/s oshmasa ham, biroq uning poyezd tarkibidagi tezligi 100 km/s dan ortib, bu kranlarni katta masofalarga va tez yetkazish imkonini beradi. Koleya enining kichikligi (1520 mm) sababli temir yo’l kranlari u qadar katta ko’ndalang turg’unlikka ega emas va ular yuk ko’tarish imkoniyati 10 t dan ko’proq bo’lgan hollarda autrigerlar (chiqadigan tirgaklar) bilan jihozlanadilar. Qurilish kranlarining o’rtacha bir soatlik foydalanish (ekspluatatsiya) unumdorligi Pe, t/s, tuzatish koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda 1 s ichida ko’tarilgan yuklar massasi bilan aniqlanadi: Pe = G Kg Kv / Tts, (1) bunda: G – kranning yuk ko’tarish imkoniyati, t; Kg – krandan yuk ko’tarish imkoniyati bo’yicha foydalanish koeffitsiyenti; Kv – koeffitsiyent ispolzovaniya krana po vremeni; Tts – tsikl davomliligi, s. Tts = f [ 2(Sp/vp + St/vt + Skr/vkr) + nkr/n ] + tv (2) bunda: f – tsikl operatsiyalarini birga qo’shib olib borish koeffitsiyenti; Sp, St, Skr – mos ravishda ko’tarishda (tushirishda), yuk, yuk aravachasi va kran (strela) tomonidan bosib o’tiladigan yo’l; vp, vt, vkr – mos ravishda yukni ko’tarish (tushirish), yuk aravachasi va kran (strela)ning harakatlanish tezliklari, s; soni;
n – kranning aylanish chastotasi, ayl/s; tv – ko’makchi operatsiyalar (yukni stroplash, o’rnatish, stroplardan bo’shatish va b.) davomliligi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling