Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

YOppasiga ishlov berish - tuproqning yuqori qatlamini 12-16 sm 
chuqurlikda yumshatish, begona o‘tlar ildizlarini qirqish va dala yuzasini 


128 
tekislashdan iborat. Bu tadbir CHKU-4A rusumli chizel-kultivatorlar (32-rasm)
bilan amalga oshiriladi.
Dalaga chiqishdan oldin chizel-kultivator kerakli ish organlari va tirmalar 
bilan jihozlanadi hamda agronom tomonidan belgilangan ishlov berish chuqurligi 
va o‘g‘it solish me’yorida sozlanadi. 
Begona o‘tlar bosmagan dalalarga ishlov berishda chizel-kultivator 
yumshatkich panjalar (32-rasm, a), o‘t bosgan dalalarga ishlov berishda esa 
o‘qyoysimon panjalar (32-rasm, b) bilan jihozlanadi.
Erlarga ishlov berish bilan birga o‘g‘itlash ham nazarda tutilgan bo‘lsa, 
oldingi ikki qatorga yumshatkich panjalar, oxirgi uchinchi qatorga esa o‘g‘it 
soshniklari bilan jihozlangan o‘qyoysimon panjalar o‘rnatiladi.

b v g 
a-yumshatgich panja; b-o‘qyoysimon panja; v- o‘g‘itlagich bilan jihozlangan 
o‘qyoysimon panja; g- ishchi qismlarni pog‘onasimon o‘rnatish. 
32-rasm. CHizel-kultivatorni ishchi qismlari va ularni o‘rnatish 
Tuproq yaxshi maydalanishini ta’minlash uchun yumshatkich panjalar 
pog‘onasimon, ya’ni ikkinchi qatordagi panjalar birinchi qatordagilarga, uchinchi 
qatordagi panjalar esa ikkinchi qatordagilarga nisbatan 3 sm. chuqurroqda 
yuradigan etib rostlanadi (32-rasm).
CHizel-kultivatorni belgilangan ishlov berish chuqurligiga sozlash 
gidrotsilindrni tortuvchi vint bo‘ylab ko‘tarish yoki tushirish, belgilangan o‘g‘it 
solish me’yoriga sozlash esa KMX-65 o‘g‘it solish apparati 6 fiksatorini uning 
gardishidagi kerakli tirqishga o‘rnatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


129 
Dalalarni tekislash sug‘oriladigan dehqonchilik madaniyatini oshirish va 
ekinlardan yuqori hosil olishga qaratilgan asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. 
Dalaning notekisligi natijasida ekin nihollarining olaligi hisobiga ekinlar 
hosildorligi pasayib ketadi. Dalani ekish oldidan tekislash keng qamrovli VP-8 va 
MV-6 rusumli mola-tekislagichlar bilan, joriy tekislash ishlari uzun bazali P-2,8
rusumli tekislagichlar bilan bajariladi.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling