Mashinasozlik tenologiyasi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana30.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1141997
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
Kitob 6511 uzsmart.uz

 
2.Texnologik qisim. 
2.1 Vagon oldi karkazigi payvand konstruksiyasini yig‘ish 
va payvandlash texnologik jarayonini tuzish. 
Payvand konstruksiyasini yig‘ish va payvandlashning texnologik 
jarayoni deganda konstruksiyaning detallarini payvandlashga tayyorlashdan 
boshlab konstruksiyani tayyor holga kelgungacha bo‘lgan jarayonlar 
tushuniladi. 
Payvandlash 
texnologik 
jarayoni 
har 
bir 
yig‘iladigan 
konstruksiya uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘ladi. Bundan kelib chiqib
Vagon oldi karkazi payvand konstruksiyasining ham o‘z payvandlash 
texnologik jarayoni tuziladi.
Sisterna konteyneri vagon oldi karkazigi 
payvand konstruksiyasini 
yig‘ish va payvandlash texnologik jarayonini quyidagicha tuzamiz.
Birinchi navbatda konstruksiya detallari payvandlashga tayyorlanadi. 
Bunda detallar yuzasi jilvirlanib, ortiqcha qirindi va notekisliklardan 
tozalanadi. Detallarni konstruksion jixatdan nuqsoni yo‘qligiga ishonch hosil 
qilinadi. Barcha detallar payvandlashga yaroqli ekanligi tekshiriladi. Vagon
oldi karkazi konstruksiyasida 3 ta detall bo‘lib, bular vint, vstavfa va 
rukoyatkalardir. Bu detallarning barchasi qolibda quyish yo‘li bilan 
olinganligi sababli ularni barchasi asosan quyilgandan keyin qoladigan 
ortiqcha quyma qoldiqlari, begona jismlardan tozalanadi. 
Keyin esa birinchi bo‘lib payvandlanadigan detalni avaldan tayyorlangan 
maxsus payvand moslamalariga o‘rnatiladi va payvandlanadi. Vagon oldi
karkazi payvand konstruksiyasida birinchi bo‘lib Vintning ikki qarama-qarshi 
tomonlariga vstavkalar kirgiziladi va payvandlanadi. 
Bunda oldindan tayyorlangan maxsus payvandlash stolidagi teshikka 
Vintning bir tomoni kirgiziladi, so‘ngra kirgizilgan tarafiga nisbatan ikki yon 
tomoniga vstavkalar kirgiziladi, vstavkalarning payvandlanuvchi yuzalari bir-


biriga mos kelgandan so‘ng esa maxsus qisuvchi moslamalar orqali detallar 
mhkamlanadi. Payvandlangandan so‘ng ichki kuchlanishlar qolib ketmasligi 
uchun maxsus shaybali maxkamlovchi uskunalardan ham foydalaniladi. 
Bunda detal payvandlangandan so‘ng ham chiqarib olish oson kechadi. 
Keyingi bosqichda esa huddi shu uslubda, faqat Vintnig boshqa ikki 
tomonoga vstavkalar kirgizilib payvandlanadi. 
Tayyor holatdagi Vintga kirgizilib payvandlangan vstavkalarga vtulkalar 
payvandlanadi. Vtulkalar maxsus qirqilgan joylari vstavkaning 
payvandlangan nuqtlariga tushiriladi va payvandlanadi. Maxsus 
maxkamlovchi moslamalar yordamida Vint va vstavkalar maxkamlab olinadi. 
Vtulkalarni esa gaykali bo‘shatib-qatiriladigan qurilmalar yordamida 
qimirlamasliklarini ta’munlaganimizdan so‘ng vtulkani vstavkaga 
payvandlaymiz. 


Ikkinchi vtulkani ham shu usulda payvandlaymiz.
Vtulkalar payvandlanib bo‘lgach Vagon oldi karkazi payvan 
konstruksiyasining payvandlash jarayoni o‘z nihoyasiga etadi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling