Mashinasozlik texnalogiyasi
Dastgoh konveyrli avtomatik liniya qismi
Download 334.35 Kb.
|
AICHJA ALI
Dastgoh konveyrli avtomatik liniya qismi
1-tashgich; 2-zagotovka; 3-rolikli konveyr; 4-uzgich; 5-yuklash pozitsiyasi; 6-buriluvchi metal sterjen; 7-10-qisqich; 12-13 – dastgoh. 3.2. ISHLAB CHIQARISH OB’EKTLARINING TASNIFIRobotlar asosidagi yig‘uv ishlab chiqarishni avtomatlashtirish samaradorligi robotlashtirish ob’ektlarini bir xillashtirish va me’yorlashtirish darajasiga bog‘liq. Mexanik ishlab berishda bir xillashtirish va standartlashtirish ob’ektlarining asosi bo‘lib ularning aniq tasnifi – detallarni uzatish yuklovchi qurilmalarni tanlashni engillashtiradi, ushbu qurilmalar hosssalarini maqbullashtirish, robotlashgan texnologik jarayonni yaratishni soddalashtirish, detal konstruksiyasini ishlab chiqaruvchanlik tahlilini qilish imkoniyatini beradi. Tasniflanayotgan jihozlar detal materialining xususiyati va konstruktiv parametrlari bo‘yicha sinflanadi. Yig‘uv tarkibiga kiruvchi asosiy alomatlarga ko‘ra har bir detalni sinflab chiqamiz. Detal turi: “Boshchali val”: aylanma tana formasiga ega; simmetrik; aylanish o‘qiga nisbatan parallel bo‘lgan bir simmetriya o‘qiga ega; detal kichkina; ishlab chiqarish engil. RDB dastgohlar. Sanoatda dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar tabora keng shlatilmoqda. Aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ishchi organlarining belgilangan ishni bajarishini ta’minlovchi buyruqlar ko‘rinishida berilgan dastur bo‘yicha boshqarish metall kesish jihozini dastur yordamida boshqarish deyiladi. Umumiy holda, boshqarish dasturini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanishini boshqarish uchun xarur bo‘lgan dasturlarni tayyorlash, hisoblash va yozish (dastur uzatgichga) tushuniladi. Raqamli dastur yordamida boshqarish tizimi – buyruqlarni avtomatik ravishda o‘qiydi va bajaradi. Raqamli dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar quyidagi afzalliklarga ega: odam dastgohda ishlashlashdan ozod bo‘ladi; mehnat unumdorligi ortadi; jihozlar ish bilan ko‘proq ta’minlanadi; jihozlarning samaradorligi yuqori; dastur yordamida ishlaydigan dastgohlardan avtomatik liniyalar tuzish oson; dastur yordamida boshqarishni joriyo etish sanoat tarmog‘i uchun texnologik dasturlarni tayyorlashni markazlashtirishga imkon beradi; sifat ortadi va brak kamayadi. Dastur yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzligan avtomat liniyalarni elektron hisoblash mashinalariga ulash oson. EHM oldindan tuzilgan dastur bo‘yicha butun liniya ishini tashkil etadi. Qayta sozlash zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EXM jihozlarning ishini o‘zgartiradi. Dastur yordamida boshqarish tizimi murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda qoʼllanilayotgan АLlar turli-xil koʼrinishlarga ega boʼlib, xatto biror bir detalga ishlov berishni xar xil variantlarlardagi АL larda bajarish mumkin. Bu variantlar oʼzining unumdorligi, ishonchliligi, baxosi va ishlab chiqarilgan maxsulotni tannarxini xar-xilligi bilan ajralib turadi. АLlarni asosiy koʼrsatkichlaridan biri uning ish unumdorligidir. Shuning uchun xar xil variantlarni taqqoslash uchun zarur boʼlgan АL larni ish unumdorligini aniqlaydigan formulalarni keltiramiz. 1. Oddiy tuzilishga ega bulgan qatʼiy aloqa asosida bogʼlangan asosiy vaqtlari teng diferentsiatsiyalangan (boʼlingan) АLni kutilayotgan ish unumdorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi. (3.1) bu yerda: ta–teng diferentsiatsiyalangan pozitsiyalardagi asosiy vaqtlar; tc – calt yurishlar uchun sarflangan vaqt; CI -bitta texnologik komplektdagi asboblar boʼyicha yoʼqotishlar; te- dastgoxlar boʼyicha davrdan tashqari yoʼqotilgan vaqt; qmin- minimal pozitsiyalar soni. Bunda xar bir parametr koʼp omilli boʼlib, taxlil vaqtida xammasini xisobga olishga toʼgʼri keladi. Masalan, kesish maromini oshirish, bir tomondan asosiy vaqt (ta) (bazan salt yurish vaqtini (tc)) ozayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan asboblar turgʼunligini kamaytirib asboblar boʼyicha yoʼqotilgan vaqt (tc) ni koʼpayishiga olib keladi. 2. Qatʼiy aloqadagi АLlarda tashish qurilmasi pozitsiyadan-pozitsiyaga (dastgoxdan-dastgoxga) bitta qadamga xamma pozitsiyalarda barobariga oʼtishi munosabati bilan ishlov vaqti eng uzoq davom etadigan pozitsiyadagi ishlov vaqti (tamax) bilan chegaralanadi. U xolda asosiy vaqtlar teng diferentsatsiyalanmagan qatʼiy aloqa asosida bogʼlangan avtomat liniyani ish unumdorligini quyidagicha aniqlanadi. (3.2) 3. Аvtomat liniyalarini toʼplagʼichlar bilan boʼlimlarga boʼlish maʼlum darajada liniya ish unumdorligiga taʼsir etadi. Bunda aloxida dastgox yoki jixozlarni ishdan chiqishi butun liniyaga taʼsir etmaydi. Masalan, АL uchta boʼlimga boʼlinsa, ikkinchi boʼlimdagi biror dastgoxni ishdan chiqishi faqat shu boʼlim ish unumdorligiga taʼsir etadi, chunki boʼlimda dastgoxlar qaʼtiy aloqa asosida bogʼlangan. Bu xolda birinchi boʼlimda ishlov davom etadi (ishlov berilgan detallar toʼplagichda toʼplanaveradi). Uchinchi boʼlimda detalga ishlov berish toʼplagichlar xisobiga davom etaveradi. Shuni xisobiga sikldan tashqari yoʼqotishlarni qisqarishga erishiladi. Аsosiy vaqti teng diferentsatsiyalanmagan boʼlimlarga boʼlingan АL ish unumdorligi: (3.3) bu yerda: n6- boʼlimlar soni; w-ishlayotgan boʼlimlarda toʼplagichlarni toʼlib ketishi yoki boʼshab qolishini xisobga oluvchi koeffitsent. 4. Аgar loyixalanayotgan АLning talab etilgan unumdorligiga operatsiyalarni diferentsatsiyalash xisobiga xam taʼmin etilmasa, liniyani ikkitasi barobariga quyiladi. U xolda R oqimga ega boʼlgan АL xosil bulib uning unumdorligi: (3.4) Yuqoridagi formulalardagi ayrim elementlarni adabiyotlarda keltirilgan maʼlumotlar asosida quyidagicha olish tavsiya etiladi. te=0,25 min; CI=0,12 min; te=0,02 min; shuningdek: n6- boʼlimlar soni 2 ta boʼlsa W=1.1. n6- boʼlimlar soni 3 ta boʼlsa W=1.15. n6- boʼlimlar soni 4 ta boʼlsa W=1.18. Misol tariqasida yuqorida keltirilgan marshrut boʼyicha АL unumdorligini aniqlaymiz va taxlil qilamiz. АL dan talab etilgan unumdorlik Q=420dona/sm (15% gacha ortigʼi bilan Q=483 dona\sm) Liniyani minimal boʼlishi mumkin pozitsiyalar soni q=4 Bunda aloxida pozitsiyalar quyidagicha: Pozitsiya Tokarlik operatsiyasi tа= daq. pozitsiya Frezalash operatsiyasi ta= 3pozitsiya Radial parmalash operatsiyasi ta= Bu variant oddiy variant boʼlib, bitta boʼlim va oqimdan iborat. Grafik ravishda bu liniyani quyidagicha koʼrsatish mumkin. 1.2 Unumdorlikni aniqlaymiz. Bu variantdagi unumdorlik talab etilgandan kamligi uchun (Q>Qtal) 1.4 2-pozitsiyani ikkiga boʼlamiz, u xolda avtomatik liniya quyidagi koʼrinishga keladi. 0.6 1.4 0.04 0.6 1.4 1.4 Bu variant xam talab etilgan unumdorlikni taʼminlamaydi, shu sababli 1 poziyalarni yana bittaga koʼpaytiramiz. Unumdorlikni aniqlaymiz. Bu variant talab etilgan unumdorlikni taʼminlaydi. Bundan tashqari liniyani boʼlimlarga boʼlib pozitsiyalar sonini oʼzgartirmasdan turib unumdorlikni oshirish mumkin. Birinchi boʼlib 4 – pozitsiyali ikkita boʼlimga boʼlsak. Shu kabi qolgan pozitsiyalarni boʼlimlarga boʼlib unumdorlik topiladi. Topilgan xar xil variantdagi liniyalar unumdorligi talab etilgan unumdorlik bilan solishtiriladi. Bu xolda unumdorligi 420 dona\sm dan 483 dona\sm gacha oraliqda boʼlgan liniyalar talab etilgan unumdorlikni taʼmin etadi, qolgan variantlar berilgan talabga toʼla javob bermaydi. Download 334.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling