Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi
Operasiyalar boglanish koeffisienti va uning miqdoriga qarab ishlab chiqarish turini aniqlash
Download 0.87 Mb.
|
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Xar bir ishlab chiqarish turida ishni potokli yoki potoksiz tashkil qilish usullari.
2. Operasiyalar boglanish koeffisienti va uning miqdoriga qarab ishlab chiqarish turini aniqlash.
Turli texnologik amallar soni O-ni, bir oyga teng rejalashtirilgan davr ichida bajargan yoki bajariluvchi ishchi joylar soni I-ga nisbati amallar bog’lanish koеffisienti Кbk deb ataladi. К bk = O / I j Amallar bog’lanish koеffisienti ishlab chiqarish tipining asosiy tavsiflaridan biridir (GOST 3.1121-84). Yuqoridagi GOST ga binoan: К bk = 1- ommaviy (ko’plab) ishlab chiqarish uchun; 1< К bk< 10 - yirik seriyalab ishlab chiqarish uchun; 10 <К bk<20 -o’rta seriyalab ishlab chiqarish uchun; 20 < Кbk < 40 - mayda seriyalab ishlab chiqarish uchun belgilangan. Yakka ishlab chiqarish uchun belgilanmagan. Yuqoridan aniq bo’ldiki, ishlab chiqarish turiga beshta tipdagi ishlab chiqarishlar kirar еkan: yakka, mayda seriyali, seriyali, yirik seriyali va ommaviy (yalpi). 3. Xar bir ishlab chiqarish turida ishni potokli yoki potoksiz tashkil qilish usullari. Biz yuqorida bayon etganimizdek, asosan ishni tashkil qilish ikkita usuli (patokli va patoksiz) to’g’risida fikr bildirgan edik. Shunga ko’ra bu usullar ishlab chiqarish turiga bevosita bog’liq bo’lib, potoksiz ishni tashkil qilish - yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qo’llanilgan edi. Potokli ishni tashkil qilish usuli esa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo’llaniladi va yana u, quyidagi usullarga: potokli seriyali, yirik-seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar; to’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarish; ommaviy potokli ishlab chiqarishlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy shakli, bu-ommaviy potokli ishlab chiqarish hisoblanadi, ya’ni bu erda asosan texnologik jarayonlar avtomatik liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi. To’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarishda dastgoh va asbob-uskunalar texnologik jarayon marshruti bo’yicha amallarni bajarish ketma-ketligida joylashtiriladi. Amallarni bajarishda, tanavorlarni bitta ishchi joydan boshqa ishchi joyga uzatish uchun turli g’altakli rolgang, sirpanchiq va yumalatuvchi tarnov (lotok), yuk ko’taruvchi kran va boshqa moslama va qurilmalardan foydalaniladi. Xar bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa ishchi joylarniki bilan teng bo’lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda, "zadel" deb ataluvchi tanavorlar zahirasi tashkil etiladi. Ommaviy potokli ishlab chiqarishda ko’pincha pozision avtomatik konveyerlar qo’llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi. Ishlab chiqarish takti deb, - ma’lum vaqt oralig’ida tanavorlar yoki qismlar ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti minut bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish takti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: tich = 60*Fx*m / N, min. Bu erda: Fx - rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; N -shu davr uchun ishlab chiqarish dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 3). Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi Fx, nominal Fn dan yoki asbob-uskunani ta’mirlash uchun kalendar o’lchov vaqt yo’qotishdan kichikdir, va h.k. Fx = Fn* n , soat, bunda n-dastgohlar vaqt yo’qotishi koeffisienti. Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda - 4140 soat va uch smenalab ishlaganda 6210 soat bo’ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt yo’qotish koeffisienti n = 0,98-0,96 ni tashkil qiladi. Potokli ishlab chiqarish ko’proq takomillashgan bo’lib yuqori unumdorlikka ega. Texnologik jarayonlarni loyihalashning boshida ishlab chiqarish turi birinchi bo’lib taxminan bo’lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta amallar bog’lanishi va seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi. 20> Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling