Bazalashning asosiy prinsiplari
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini ishlab chiqishda bazalar tanlash, bazalarning о’zini aniqlashni va kerak bо’lsa bazalar almashinuv tartibini о’rnatishni maqsad qilib qо’yadi.
Bazalar tanlashda boshlang’ich berilganlarga: detalning ishchi chizmasi qо’yilgan о’lchamlari bilan, uni tayyorlash uchun qо’yilgan texnik talablar, tanavor kо’rinishi, shuningdek nazarda tutilgan jarayonni avtomatlashtirish darajasi kiradi. Bazalarni tanlashda detalning mexanizmda ishlash sharoiti hisobga olinadi. Asosan bazalar tо’g’risida biz oldingi temalarda misollar bilan batafsil kо’rib chiqqanmiz.
Qabul qilingan bazalash sxemasi moslamaning konstruktiv sxemasini belgilaydi va detal о’lchamlarining aniqligiga va yuzalarning о’zaro joylashuviga ta’sir kо’rsatadi. Ishlov berish aniqligini ushlashda bazalar birligi prinsipiga amal qilinsa yaxshi natija beradi. Bu holda bazalash xatoligi 0 ga teng bо’ladi. Bu prinsipga amal qilish qiyin bо’lsa (masalan, tanavorning turg’unligi etarli bо’lmay о’lchov baza kichik bо’lsa), bazalar bir yuzada yotmasligining zararli ta’sirini kamaytirishga intilib о’rnatuv baza uchun boshqa yuza qabul qilinadi.
Bazalar doimiylik prinsipiga amal qilish detal yuzalarining о’zaro joylashish aniqligini oshiradi. Aylanuvchi yuzalarning yuqori konsentrikligini ta’minlash, kо’p hollarda о’shu bitta tanlangan bazani kо’p marotaba ishlatish natijasida amalga oshiriladi. Bu prinsipi tо’la amal qilish sun’iy bazalar (yordamchi); bobishkalar, platiklar, markaziy teshiklar, о’rnatuv belchalari va boshqa еlementlar yaratishga olib keladi, va shuningdek barcha ishlov berishlar birlamchi tanavor qora yuzasidagi bazada bir о’rnatuvda bajariladi.
Oxirgi hol detallarni chiviqlardan avtomatlarda, kо’p holatli (pozisiyali) va agregat stanoklarida, va shuningdek avtomatik-liniyalarda moslama-sputniklar ishlatishlarda о’ringa еga.
Baza tanlashda ishlov berish aniqligiga va g’adir-budirligiga bо’lgan talablar mazmuni yozilishi kerak, shuningdek tanavor materialida mavjud ichki kuchlanishdan hosil bо’lgan deformasiyani yо’qotish maqsadida qaytadan ishlov berilishi kо’zda tutilishi kerak.
Baza tanlash birlamchi ishlov berish rejasiga bog’liq bо’lib, texnologik jarayon loyihalashning keyingi еtaplarida har bir еlementi bо’yicha aniqlab borish natijasida konkretlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |