Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi


Amaliy hisoblashlarda donabay vaqt


Download 0.87 Mb.
bet16/53
Sana18.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1556342
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Bog'liq
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas

Amaliy hisoblashlarda donabay vaqt quyidagi soddalashtirilgan formula bo’yicha hisoblanadi
tdb = top [1 + (α + β + γ)/100], (3.5)
bu erda α , β , γ – tegishlicha: tehnik hizmat ko’rsatish, tashkiliy hizmat ko’rsatish va ishchini ehtiyoji uchun sarflanuvchi vaqtlar foyizli ulushlarini operativ vaqt bo’yicha aniqlovchi koeffisientlar. α , β , γ –larning qiymatlari bajariluvchi amallar sharoitlariga bog’liq xolda meyoriy hujjatlardan olinadi. Yig’ish ishlari uchun α = 0 olinadi.
Avtomatik jixozlar qo’llanilganda
tdb = top (1 + α /100).
Seriyalab ishlab chiqarishda har-bitta ishchi joyda tanavorlar partiyasiga (guruhiga) ishlov berish uchun ketgan vaqt hisoblanadi. Buning uchun tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt aniqlanadi.
Tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt ttya, asosan ishchi tomonidan tanavorlar partiyasiga ishlov berishdan avval va vazifani bajarib bo’lgandan keyin sarflanadi.
Tayyorgarlik ishiga: vazifa olish, ish bilan tanishish, dastgohni sozlash, shuningdek keskich asbobni, moslamani o’rnatishlar kiradi va ularga vaqt sarflanadi.
Yakunlovchi ishga: ishning oxirida bajarilgan ishni topshirish, maxsus moslama va asbobni dastgohdan tushirish, dastgohni tartibga keltirish va h.k.lar kiradi.
Ommaviy ishlab chiqarishda bir xildagi amallarning uzoq davr ichida takrorlanaverishi natijasida tayyorlovchi-yakunlovchi vaqtga bo’lgan ehtiyoj qolmaydi.
Donalab ishlab chiqarishda esa, tayyorlovchi - yakunlovchi vaqt donabay vaqt tarkibiga kiritilgan.
Seriyalab ishlab chiqarishda tanavorlar partiyasiga ishlov berish yoki yig’ish uchun sarflanuvchi norma vaqtini quyidagi formula bilan hisoblanadi,
tpart = tdb*n + ttya , min. (3.6)
Bu erda: n - partiyadagi tanavorlar soni.
Bitta detal ustidan bajariluvchi amalga sarflangan donabay va tayyorlovchi - yakunlovchi vaqtlar yig’indisi, donabay - kalkulyasiya vaqtini tashkil etadi, ya’ni
tdbk = tdb + (ttya / n) , min. (3.7)
Norma vaqt asosida bajariluvchi amallar qiymatlari aniqlanadi, dasturni bajarish uchun kerakli bo’lgan dastgohlarning soni hisoblanadi va ekonomik jixatdan qulay bo’lgan tehnologik jarayonlar rejalashtiriladi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling