Mashinasozlik Texnologiyasi" fakulteti "


I. Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 171.48 Kb.
bet2/83
Sana02.01.2022
Hajmi171.48 Kb.
#198726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
2 2 курс иши буйича услубий курсатма

I. Kurs ishining maqsadi va vazifalari
Kurs ishining maqsadi - talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurligini va sifatini belgilash xisoblanadi.

Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

- mustaqil ravishda tanlangan kurs ishi mavzusi boʻyicha mavjud iqtisodiy muammolar moxiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi;

- iqtisodiyot qonun - qoidalarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushohada qilishi;

- milliy istiqlol gʻoyasi va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini singdirish;

- iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar toʻgʻrisida amaliy koʻnikmalarni hosil qilish ;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va ma’ruzalari, Birinchi Prezidentimiz I. Karimov asarlarini, Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan iqtisodiyotga tegishli qonunlarni va Vazirlar Mahkamasi chiqargan me’yoriy hujjatlarni ishda oʻzlashtirishi;

- Internet va statistik ma’lumotlar, hisobotlar va xujjatlarni iqtisodiy tahlil qilish;

- ishlab chiqarish va xizmat kqrsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan yoʻl – yoʻriq, xulosalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqish.

Kurs ishini bajarish jarayoni oʻquv jarayonining ajralmas qismi boʻlgani uchun toʻgʻri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir koʻrsatadi.

Shuning uchun kurs ishini bajarish davomida talaba oʻz mehnatini quyidagi bosqichlar boʻyicha toʻgʻri va samarali taqsimlashi katta axamiyatga ega:

- kurs ishi mavzusini tanlash;

- axborot uslubiy ta’minoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yigʻish va ularni oʻrganish;

- kurs ishi mavzusi rejasini tuzish;

- mavzuga oid turli ma’lumotlar toʻplash va qayta ishlash;

- kurs ishini matnini yozish;

- kurs ishini rasmiylashtirish;

- kurs ishi ximoyasi.

Kurs ishini bajarishda talaba oʻz ustida mustaqil ishlashi bilan bir qatorda kurs ishi raxbarlari bilan zarur boʻlgan xolatlarda maslahatlashishi va tegishli koʻrsatmalar asosida faoliyat koʻrsatishi zarur hisoblanadi.


Download 171.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling